Topshiriq mumtoz qofiya haqida ixcham umumiy ma'lumot bering
Navoiyning qofiyadan foydalanish mahoratini tahlil eting
Download 22.49 Kb.
|
01.кофия
4.Navoiyning qofiyadan foydalanish mahoratini tahlil eting.
Alisher Navoiy mumtoz Sharq adabiyotining vakili sifatida o‘z davrida mavjud nazariy qarashlarni chuqur o‘rgandi va ayni paytda uning ijodiy merosi ham adabiyot nazariyasining yanada taraqqiy topishiga, boyishiga zamin bo‘lib xizmat qildiki, bu holat bevosita uning qofiya san’atlari va turlaridan foydalanish mahoratida ham yaqqol namoyon bo'ladi.She’riyatga ham ilm, ham san’at, ham xalq ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida munosabatda bo‘lgan mutafakkir shoir qofiya tizimiga muhim yangiliklar kiritdi va shu amaliy harakatlari bilan turkiy adabiyotni mumtozlik darajasiga ko‘tara bildi. Navoiy she’riyatida qo‘llanilgan qofiya tizimida ustoz ijodkorlar tomonidan amalga oshmagan quyidagi jihatlar ko'zga tashlanadi:Alisher Navoiy davrigacha bo‘lgan turkiy she’riyatning qofiya tizimi fors-tojik she’riyati tufayli an’anaviylik kasb etgan qofiyadosh so‘zlar asosida shakllangan. Navoiy bu an’anani ijodiy o‘zlashtirib, forsiy qofiyadosh so‘zlar tizimiga turkiy qofiyadosh so‘zlarni shu qadar mahorat bilan singdirganki, iisli forscha bo‘lgan so'zlar ham turkcha jarang va ohang kasb etadi. Masalan, arg‘uvon, jon, ravon, zamon kabi arabiy va forsiy qofiyadosh so‘zlar tarkibiga qon, yig‘labon, yomon kabio‘zbekcha qofiyadosh so‘zlar qo‘shilgani tufayli she’r aytish imkoniyatlari yanada kengaygan. Arab tilida kesim gapning boshida keladi. Forsiy va turkiy tillarda esa, kesim xulosalovchi qism sifatida odatda gapning oxirida kelishini bilamiz. Fors tilida qofiyadosh fe’llar tizimi juda kamligi sababli, fors shoirlari she’rda fe’lni o'rtaroqqa olishga majbur bo‘ladilar. Shu sababli, fors she’riyatining grammatik tuzilishi tilning grammatik qoliplaridan farqlanadi. Turkiy tilda qofiyadosh fe’llar turkumi ko'pligini nozik anglagan Navoiy ko'pincha shunday uslubni tanlaydiki, she’rning nasriy bayoni bilan asl matnning o‘rtasida deyarli farq qolmaydi: Qaro ko'zum , kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. Ko‘rinib turganidek, baytda gapning grammatik tuzilishi o'zgarmagan. Bu narsa turkiy tilning qofiya tizimidagi imkoniyatlari fors tiliga nisbatan ancha kengligini ko‘rsatadi.Navoiy turkiy qofiya tizimidagi erkinlik haqida “Muhokamat ul-lug‘atayn” jumladan shunday deydi: “Yana bir misol: terki, termak ma’nisi biladur. Terki, andin daqiqdur, uldurki, sortlar ani «araq» va «хау» derlar. Terki, boridin ariqdur, o‘q ma’nisi biladur. Va bu nav’ alfoz ko‘p, uch harakat bila vaz’ qilibdurlarki, holo shoe’dur. Va necha hurufqd iborat vus’ati uchun, balki qofiya suhulati uchun bir-biriga shirkat beribdurlar. Ul jumladin biri, «alif» bila «ho» orasida munosabat va mushorakat beribdurlarki, bir lafzni ham oxiri alif lafz bila qofiya qilsa bo‘lur. Andoqki, «aro» lafzin «saro» va «daro» bila qofiya qilsa bo‘lur, «sara» va «dara» bila ham qofiya qilsa bo‘lur. Yana bir misol: andoqki, «yado» lafzin «sado» bila qofiya qilsa bo‘lur, «boda» bila ham qilsa bo‘lur. Va «vov» bila «zamma» orasida ham ul nav’ shirkatdur. Andoqki, «erur» lafzin «hur», «dur» lafzi bila qofiya qilsa bo‘lur, «g‘urur» va «zarur» lafzi bila ham joyizdur. Va «уо» bila «kasra» orasida dag‘i bu nav’dur, andoqki, «og‘ir» va «bog'ir» alfozin «sodir» va «qodir» alfozi bila qofiya qilsa bo'lur, «ta’xir» va «tag‘yir» alfozi bila ham bo‘lurki, forsiy alfozda bu suhulatlar yo‘qtur” .Salaflar ijodida bo‘lgani kabi Alisher Navoiy she’riyatida ham qofiya asarning g‘oyasi va umumiy ohangini belgilovchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling