Topshiriq mumtoz qofiya haqida ixcham umumiy ma'lumot bering


Navoiy ijodida uchrovchi qofiyaning tuzilishiga ko'ra turlari(mutlaq va muqayyad)ni misollar bilan tahlil eting


Download 22.49 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi22.49 Kb.
#199507
1   2   3   4
Bog'liq
01.кофия

3.Navoiy ijodida uchrovchi qofiyaning tuzilishiga ko'ra turlari(mutlaq va muqayyad)ni misollar bilan tahlil eting.

Qofiya raviy harfi bilan tugallansa, muqayyad qofiya deb, raviydan keyin ham davom etsa, mutlaq qofiya deb ataladi. Misollar bilan ko’ramiz:

Mutlaq qofiyaning bir turi bo’lgan, Vasili mujarrad mutlaq qofiya raviydan keyin vasl harfining kelishi orqali yasaladi.



Necha yilda qilmadi ko‘nglumga ishqi shiddati,

Ulcha qildi xasta jong‘a necha kunluk furqati -

(“Navodir ush-shabob” , 587-g‘azal)

baytida “shiddati”, “furqati” so‘zlari qofiya, “t” - raviy, undan oldin turgan “a” harfi - tavjih, raviydan keyin turgan cho‘ziq “i” unlisi vasl hisoblanadi.
Muqayyad qofiyaning tarkibiga kiruvchi Mujarrad muqayyad qofiyaning ikkinchi turida raviy undosh bilan yakunlanib, undan oldin qisqa unli keladi. Bunda qisqa

unli tavjih deb yuritiladi. Masalan:



Yor holidin menga vahkim xabar yo'q tur bu kun,

Bu jihatd in aql-u hushumdin asar yo'q tur bu kun.

(“Favoyid ul-kibar” , 485-g‘azal)



Bunda “xabar” va “asar” so‘zlari qofiyadosh bo‘lib, “r” undoshi raviy, undan oldingi “a” qisqa unlisi tavjih hisoblanadi. Qofiya raviy harfi bilan yakunlanyapti va shu orqali mujarrad muqayyad qofiya vujudga kelyapti.

Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling