Topshiriq. Nazariy savollarga javob


Download 46.9 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi46.9 Kb.
#1417467
1   2   3   4
Bog'liq
29-bilet

GULLIVERNING SAYOHATLARI- Jonatan Sviftning shox asari. Bu roman satiriko- fantastic janrida yozilgan. Asarning to’liq nomi “ Lemyuel Gulliverning jaxondagi bir necha olis mamkalatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari”. Roman 1726-1727-yillarda, Londonda birinchi marta nashr qilingan. Asar to’rt qismdan iborat.
Ushbu asar “Gulliverning sayohatlari” romani yozuvchi nomini butun dunyoga mashxur qildi. Adib yetuk, teran badiiy asarida o’zi yashagan davrda keng tarqalgan ijtimoiy- siyosiy illatlar ustidan qattiq kuladi, yuqori tabaqaga mansub kishilar- rasmiy amaldor hayoti va turmushidagi mavjud nuqsonlar boshqa idora tartiblarida keng
tarqalgan hushomadgo’ylik, laganbardorliik, bilimsizlik, o’zga xalqlarni mensimaslik, bosqinchilik urushlarini avj olish kabi noxush kamchiliklarni shavqatsiz fosh etadi.
Sviftning achchiq hajviyasi kimlarga qaratilganligi aqli raso zamondoshlari o’z vaqtida juda tez ilg’ab olgan edilar. Mazkur asar dunyodagi barcha xalqalr tillariga tarjima qilingan. Ko’pgina ijodkorlar uni bolalar uchun qayta hikoya qilib berganlar.
1-qism. Kema shifokori, Lamuel Gulliver, “Lilliputiya” davltiga tushib qoladi. U yerda odamlardan o’ ikki marta kichkina bo’lgan odamchalar yashaydi. Ular Gulliverni asga oladilar. Keyinchalik u lilliputlarga itoat qilishga so’z beradi va Lilliputiya shoxi uni ozod qiladi.
Lilliputlar Gulliverni hushmuomilalik bilan qabul qiladilar. Unga yashashg joy beradilar va ovqat bilan ta’minlab turadilar. Uning kattaligi uchun, unga “Tog’Odam” ismini beradilar. Asta sekin Gulliver davlat hayoti bilan tanishadi. Ularning hayoti, yevropaliklar hayotidan umuman boshqacha tuzilgan bo’ladi. U Lilliputiyada ikki partiya mavjudligini va biri ikkinchisidan har hil balandlikdagi poshna kiyishi farqlanishini bilib oladi. Ular orasida doim shavqatsiz baxslar kelib chiqaveradi.
Oradan oz vaqt o’tib Lilliputiya va Vlefusk davlatlari o’rtasida jang boshlanadi. Urushga sabab, pishgan tuxumni qaysi tarafidan (uchli tarafidanmi yoki tekis tarafidan) sindirga ma’qulroqligi haqida baxs bo’ladi. Gulliver Lilliputiya davlatining g’alaba qozonishiga yordam beradi. Vlefusk qiroli Gulliverni o’z davlatiga taklif qiladi. U
taklifni qabul qiladi. Guliver Lilliputiyaning qahramoni hisoblanadi, unga “Nardak” unvoni (mamlakatdagi eng baland unvon) beriladi.
Lekin keyinchalik Lilliputiyada uning dushmanlari paydo bo’ladi. Ular Guliverni hiyonatlikda ayblaydilar. Gulliverni birinchi ko’r qilib, keyin ovqatini kamaytirib ochdan o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin, Gulliverning do’stlari uni vaqtida
ogohlantiradilar va Gulliver Vlefuskga qochishga majbur bo’ladi. U yerda qayiq topib oladi, uni ta’mirlaydi va Vlefuskni tark etadi. Yo’lida kemani uchratadi va Angliyaga qaytib keladi. Gulliver uyiga kichkina qo’ychalar olib keladi.

    1. qism. Brobdingnegga sayohat. Gulliver devqomat odamlar davlatiga tushib qoladi. Uni bo’yi 22-metr bo’lgan femer topib oladi. Dev Gulliverni vatandoshlariga ko’rsatadi va shu orqali pul ishlaydi. Gulliver buni haqoratomuzlik deb biladi. Keyinchalik Brobdingnegning qirolichasi Gulliverni sotib oladi. Qirolicha unga o’yinchoqdek munosabatda bo’ladi. Gulliver uchun maxsus quti yasaladi. Sayohatlarga Gulliverni

shu qutida olib yuradilar. Kichik, lekin havfli sarguzashtlar orasida u qirol bilan yevropa siyosatini mulohaza qiladi. Bu yerda, huddi 1-qismdagidek, jamiyat hulq- atvorlari satiric ravishda tasvirlanadi. Faqat lilliputlar niqobi ostida emas, qirolning nutqida. Safarlarning birida, Gulliverning qutisini ulkan burgut olib ketadi va dengizga tashlab yuboradi. Gulliverni dengizchilar qutqaradilar va uyga qaytaradilar.

    1. qism. Laputa, Balnibarbi, Laggnegg, Glabbdobdrib va yaponiyaga sayohat. Gulliver Laputa nomli uchar orolga tushib qoladi. Bu orol Balnibarbi davlatining poytaxti. Gulliver davlatning qit’a qismiga tushadi. U yerda barcha ziyoli odamlar haddan tashqari matematika va musiqa bilan band bo’lganlari uchun, boshqa hech narsaga e’tibor bermaydilar. Qit’ada “projektorlar akademiyasi” mavjud. U yerda har xil ilmiy bo’lmagan, kulgili tashabbuslar hayotga tadbiq qilinadi. Davlat xokimiyati esa bularni qo’llab quvvatlaydi. Shu sabali Davlatning rivoji past darajada bo’ladi.

Kitobning bu qismida, muallif yashagan vaqtda mavjud bo’lgan, chayqovchilikga asoslangan nazariyalarga o’yuvchi satira mavjud. Gulliver, kemasi kelguncha, Glabbdobdribga sayohat qiladi. U yerda o’lganlarning soyalarini chaqira oladigan afsungarlar bilan tanishadi va buyuk ilm arboblari bilan suhbat quradi. U o’zining
zamondoshlari va ajdodlarini taqqoslaydi. Bundan keyin Gulliver Laggnegg davlatiga keladi. Bu yerda struldburglar- abadiy yashaydigan, o’lmas odamlarni ko’radi. Ular doimiy, mazmunsiz, azob va kassaliklarga to’la hayotga mahkum bo’ladilar.
Hikoyaning oxirida Gulliver Yaponiyaga yo’l oladi. Svift yashagan Zamonda Yaponiya yevropa uchun deyarli yopiq edi (yevropaliklardan faqat gollandiyaliklar Yaponiyaga kira olgan) u yerdan Gulliver vataniga qaytib ketadi.

    1. qism. Guigngnmlar davlatiga sayohat. Gulliver aqlli va xushkor otlar- Guigngnmlar davlatiga tushib qoladi. Bu davlatda jirkanch yexurlar- odamlar ham yashaydi. Yexurlarning xulq-atvorlari misolida odamlarning nuqsonlari ko’rsatilgan. Guigngnmlar Gulliverni yexurlarga o’xshatadilar, lekin ularga qaraganda aqliy va madaniy rivoji balandroqligini ta’ n oladilar. Hikoyaning oxirida Gulliver bu utopiyadan haydaladi va u Angliyaga, o’z oilasiga qaytib keladi.

Download 46.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling