Topshiriq. Nazariy savollarga javob


-TOPSHIRIQ. She’rni adabiy tahlil qolipi namunasi bo`yicha tahlil qiling


Download 46.9 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi46.9 Kb.
#1417467
1   2   3   4
Bog'liq
29-bilet

2-TOPSHIRIQ. She’rni adabiy tahlil qolipi namunasi bo`yicha tahlil qiling:


  1. Hajmi (misralar yoki betlar soni).

  2. Mavzusi.

  3. Ilgari surilgan g`oyalar.

  4. Badiiy san’atlar.

  5. She’riy asar qofiyalar tizimini aniqlash.



Shukur Sa’dulla
Bahor
Keldi bahor, gul bahor Erib bitdi oppoq qor. Uchib keldi qushlarjon, Daraxtlar taqdi marjon.

Suvlar oqar shildirab, Yulduz boqar mildirab, Chumolilar yayrashar, Sho‘h bulbullar sayrashar.


Endi ilk sof navbahor, Chunki bizda gulbahor.


Bog‘da qizil lolalar Terib oling bolalar.

Tog‘ bag‘rida qo‘zilar, Ma’rab o‘tga cho‘zilar. Tolbargak taqib qizlar Chuchmomalarni izlar.


Quyosh nurlarin sochdi, Atirgul g‘uncha ochdi.


Yuring chiqaylik, bog‘lar Bizni kutar o‘rtoqlar.

JAVOB:




    1. Hajmi: 20 misra, 5 band.




    1. Mavzusi: Tabiat, Bahor tabiati.




    1. Ilgri surilgan g`oyalar: Tabiatda uyg`onish fasli boshlanganligi, bahor faslining intiqib kutilganligi , tabiatdagi o`zgarishlar aks ettirilgan. Shoir bu she`rda bahor tabiatining go`zalliligini, undan zavq olish g`oyalarini ilgari surgan. Dalalar bog`lar, daraxtlar gullar bilan bezanganini, quyoshning iliq nurlariyu, suvlarning shildirab oqishini go`zal misralar bilan ifodalagan.




    1. Badiiy san`atlar:Tashxis, tanosub




    1. She`riy asar qofiyalar tizimini aniqlash: barmoq vaznida yozilgan misralardan iborat.


  1. TOPSHIRIQ. PIRLS – baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qiling va test tuzing.


Hikmatli boylik”
Hikoyada ikki kishi sayohat qilib yurib, bir g’orga duch kelishgani, g’orning ichida kumush eshikli xonada bir sandiq kumush tanga, tilla eshikli xonadan ham bir sandiq tilla tanga topishibdi. Har ikkala sayohatchi cho’ntaklarini va qo’ynilarini tilla tangaga to’ldirib olishibdi. Ketmoqchi bo’lib turishganida yog’och eshikli xonani ham ko’rib qolibdilar. Bu xonada yog’och sandiq ichida to’la kitoblarni ko’rib, birinchi sayohatchi: “Kitoblarni bunchalik ichkariga yashirishning nima hojati bor edi? Bu sandiq g’orning og’zida tursa ham bo’lar edi” deb orqasiga qaytibdi. Ikkinchi sayohatchi esa: “Bu sandiqning ichkariga yashirilishining bir hikmati bo’lsa kerak”, deb tillalarni to’kib, kitoblardan ko’targanicha olibdi. Sherigi uning qilgan ishidan kulib, har ikkalasi o’z yo’lida davom etibdi.
Oradan yillar o’tib, tilla olib kelgan odam boy-badavlat bo’lib ketibdi. Kitob olgan odamning esa bolalari kitoblarni o’qib, elga tanilgan olimlar bo’lib yetishibdi. Bu paytda esa ikki sayohatchi keksayib qolgan, tilla olib kelgan odamning bolalari otasining boyligini talashib, bir-birlari bilan urushib, har tomonga tarqab, otasini ham unutishibdi. Kitob olib kelgan odamning bolalari esa otasiga minnatdorchilik bildirib, uni qarigan chog’ida parvarish qilishibdi.
JAVOB: PIRLS- 4-sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash. Bu xalqaro baholash tizimi hisoblanadi. Biz matnni o`qib tushunishni 1-sinfdan boshlab o`rgatib kelamiz. Bu esa o`uvchilarni tushunib ongli o`qishga o`rgatadi. Biz buni o`qish darslarida va sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarida qo`llasak bo`ladi.
PIRLS TEST

    1. Sayohatchilar 1sandiq tillani qayerdan topib olishdi? a)g`orga yetmasdan.

      1. g`ordan.




      1. g`or ichidagi tilla eshikdan.

    1. kitoblar qaysi sandiqdan topildi? a)tilla sandiqdan.

      1. yog`och sandiqdan.

      2. kumush sandiqdan.

    2. Kimning bolalari olim dono bo1lib yetishibdi?

  1. tilla olgan kishining bolalari.

  2. kumush olgan kishining bolalari.

  3. kitob olgan kishining bolalari.

    1. Xikoya nima haqida ekan?

  1. kitob haqida.

  2. boylik haqida.

  3. sayohat haqida.

    1. demak inson oqil dono bo`lib voyaga yetishi uchun nima kerak ekan? a)pul, tanga.

  1. kitob, ilm.

  2. tilla, kumush.

  1. Download 46.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling