Topshiriqlari. Annotatsiya terminlarning tasniflanishi va tavsifi turli olimlarning nuqtayi nazari boyicha


Download 64.7 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi64.7 Kb.
#1504365
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ADU ATKI O\'zbek tili 1


ADU ATKI “ At” 2 GURUH TALABASI Muxtorov Islombekning O’ZBEK TILINI SOHADA
QO’LLANISH FANIDAN MUSTAQIL ISH
TOPSHIRIQLARI.
ANNOTATSIYA
Terminlarning tasniflanishi va tavsifi turli olimlarning nuqtayi nazari boyicha
o’rganilgan. Har bir sohaning o’z terminlarining tasnifi mavjud bo’lib, metallurgiya
sohasiga oid terminlarning tasniflanishi ifodalangan. Og’ir metallar metallurgiyasi
terminlari turlarga ajratilgan. Metallarning tasnifi va tavsifiga ko’ra, ular ishlab
chiqarilishi va ishlatilishida bir guruhdan boshqasiga o’tadi.
Kalit so’zlar: metallurgiya, terminlarning tasnifi, metall, og’ir metallurgiya,
metallurgiya terminlari, oltin, kumush, mis,bronza
Fan va texnika taraqqiyoti, turli sohalarning ravnaq topib borayotgani terminologiyaga ham katta vazifalar yuklamoqda. Unda o’rganilishi va tadqiq etilishi kerak bo’lgan ko’plab soha terminlarini tasniflash va turlarga ajratish vazifasi dolzarbligicha qolmoqda. Terminologiyada o’z ifodasini topgan tushunchalarni tasniflash imkoniyati va zaruriyati terminologik leksikaning umumxalq tiliga nisbatan farqli xususiyati sifatida ko’rib chiqiladi. Chunki terminlar ilmiy konsepsiya bilan bog’liq, ularda ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar hamda nazariy va amaliy natijalari o’z ifodasini topadi. Terminlar maxsus kasbiy sohalardagi kommunikatsiya, u yoki bu kasbiy sohada yuzaga kelayotgan xodisalar, konsepsiyalar, fenomenlarni tavsiflash vositasi sanaladi. Bu tabiiy ravishda Vatanimiz, xorijiy olimlarni terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish va tizimlashtirish uchun urinishlariga olib keladi. Terminlarni maxsus sohalar bo’yicha tasniflash va tavsiflash muhim ahamiyatga ega: u ilm-fan, ijtimoiy sohalarning ma’lum davrdagi tadrijiy rivojlanish darajasini aks ettiradi.[1-2] Masalan, “metallurgiya” so’zi “ kon” “pirometallurgiya”, “rudalar bilan ishlash”, “quymakorlik” va boshqa sohalarda qo’llanganda o’ziga xoslik kasb etadi va maxsus soha terminiga aylanadi.
Мendeleyev davriy
sistemasida keltirilgan hamma
metallarni ikkita katta
guruhga bo‘lish mumkin: qоra (ferrous) va rangli (nonferrous) metallar.[6]
Qоra metallarga: temir-iron, marganes-manganese, vanadiy-vanadium, xromchromium va shu metallar asоsida оlingan har хil quymalar va qotishmalar-alloy kiradi.
Qоlgan hamma metallar ranglidir. Xususiyatlariga ko‘ra rangli metallarni o‘zi bir necha
nim guruhlarga bo‘linadi:
1. Og‘ir rangli metallar – heavy metals: mis-copper, qo‘rg‘oshin-lead, kadmiycadmium, nikel-nickel, kobalt-cobalt, rux-zinc;
2. Nodir (qimmatbaho) metallar – unique metals: oltin-gold, kumush-silver,
platina-platinum, osmiy-osmium, iridiy-iridium, ruteniy-ruthenium, rodiy-rhodium,
palladiy-palladium;
3. Noyob rangli metallar-rare metals:
a) Yengil metallar - litiy-lithium, natriy-natrium, kaliy-potassium, kalsiycalcium, aluminiy-aluminum, magniy-magnium, titan-titanium;
b) Qiyin eruvchi metallar – volfram-tungsten, molibden-molybdenum);
d) Tarqoq metallar (galley-gallium, indiy-indium, talliy-thallium, germaniygermanium, selen-selenium, tellur-tellurium, reniy-rhenium);
e) Kamyob yer metallari (skandiy-scandium, ittriy-yttrium, lantan-lanthanum va
lantanoidlar);
f) Radioaktiv metallar (uran-uranium, tooriy-thorium, poloniy-polonium, radiyradium, plutoniy-plutonium).[7]
Mis- copper termini lotin tilidan “cyprium aes”-cyprus metal so’zidan kirib kelgan bo’lib, eski ingliz tilida “copor,coper” deb atalgan. Cyprus so’zi Kipr shahrini bildiradi va u yerda mis qazib olingan. Lotin tilida “aes” “cash,coin,debt,wages” ya’ni tanga, pul, qarz leksemalari bilan ifodalanadi. 1580-yildan “a copper coin”, 1660-yildan “a vessel made of copper”, sifat holatida “of or resembling copper” 1570-yildan, fe’l shaklida “to cover with copper” terminlari 1520-yillardan boshlab muomalaga kirdi. Misga quyidagicha defenitsiya beriladi:”copper- a red-brown metal, the chemical element of atomic number 29”. Mis – qizil-jigarrang metal bo’lib, davriy jadvaldagi 21- raqamli elementdir. []
Kumush - silver termini esa ingliz tiliga nemis tilidagi silber so’zidan kirib kelgan bo’lib, lotin tilida “argentums” elementar belgisi Agni lotin tilidan olgan, hind-yevropa tillaridan “shiny, white” ma’nosida keladi. Qadimiy ingliz tilida seolfor “silver;money” deb ishlatila boshlangan.15-asrdan rang nomi sifatida ishlatila boshlanib, “silvertongued, silver age” so’z birikmalari grek va rim shoirlari tomonidan foydalanildi. “Silver -a lustrous, white,metallic element,atomic number 47, symbol Ag” ya’ni “Kumush yorqin, oq rangli metal hisoblanib, elementlar davriy jadvalidagi 47- elementdir.
Gold - oltin so’zi nemis tilidagi gulƥa (ma’nosi oltin) so’zidan kirib kelgan bo’lib, qadimiy ingliz tilida geolu-yellow deb yuritilgan. Lotin tilida aurum deyilib, belgisi Au hisoblanadi.[] Oltin davrlar osha boylik va qudrat belgisi sanalgan. Afsonalarga ko’ra, 1-bo’lib oltinni pul birligi sifatida qirol Krezus eramizdan avvalgi 6-asrda ishlata boshlagan. Geolog Devid Bressenning ta’rifiga ko’ra, gold so’zi hind-yevropa tilidagi “ghel” ya’ni “yellow” so’zidan kirib kelgan.[] Demak, “ghel” so’zi ildiz vazifasini o’tab, nemis tiliga “gulƥa” holida, ingliz tiliga nemis tili orqali geolu bo’lib kirib kelgan
Metal - metal termini metallurgiya sohasi asosiy termini hisoblanib, grek tilidan kirib kelgan. Grekchada metallon-mine (qazimoq) ma’nosini anglatib, lotin tiliga metallum, fransuz tilida metal bo’lib, o’rta asr ingliz tiliga metal tarzida kirib keldi. ”A metal is a material that, when freshly prepared, polished, or fractured, shows a lustrous appearance, and conducts electricity and heat relatively well” - “Metall- sof tayyor holda uchrovchi, bo’yoqdor, yaltiroq ko’rinishli, issiqlik va tokni yaxshi o’tkazuvchan xomashyodir”.
Bronze - bronza fors tilidagi birinj-brass (jez) so’zidan italyan tiliga bronzo, undan fransuz tiliga bronze, bronzer holida ingliz tiliga 17-asr o’rtalaridan bronze sifatida o’zlashgan termin hisoblanadi. “Bronze - an alloy of copper and tin and sometimes ther elements” ya’ni, mis va qalay qorishmasi bronza deyiladi
Temir - iron so’zi Anglo-sakson so’z “iron” yoki “iren” so’zlaridan kelib chiqqan. “Right so as whil that Iren is hoot men sholden smyte. (Choucer, 1386)” Kimyoviy belgisi Fe lotin tilidan ferrum-metal olingan.
Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Stomatologiya (yun. "stomatos" — ogʻiz va "logos" - fan, taʼlimot) — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuz-jagʻ tizimi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chiqaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi. Farmatsevt (yun. pharmakentes — dori tayyorlovchi) — oliy (provizor) yoki oʻrta (provizor yordamchisi) farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis. F.lar farmatsevtika intlari, tibbiyot instituti hamda tibbiyot kollejining farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. F. dorixona, nazoratanalitik va sud kimyosi lab.larida, farmatsevtika zavodlarida faoliyat koʻrsatadi.

Download 64.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling