Topshiriqlari. Annotatsiya terminlarning tasniflanishi va tavsifi turli olimlarning nuqtayi nazari boyicha


Download 64.7 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi64.7 Kb.
#1504365
1   2   3   4   5
Bog'liq
ADU ATKI O\'zbek tili 1

Farmakologiya boʻlimlari:

* Farmatsiya

* Umumiy Farmakologiya

* Xususiy Farmakologiya



  • Farmatsiya — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayerlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiyamaliy faoliyatlar majmui.

  • Umumiy farmakologiya- dorilarning organizm bilan oʻzaro taʼsirini, umumiy qonuniyatlarini, farmakokinetika; farmakodinamika chuqurroq oʻrganadi.

  • Xususiy farmakologiya — dorilarning alohida, konkret guruhlari va boʻlimlarining kinetika va dinamikasini oʻrganadi

Farmakologiyaning asosiy maqsadi turli oʻtkir va surunkali kasalliklar, xastaliklarning oldini olish, davolash, zaruriy chora tadbirlar koʻrish uchun turli xil yangi dori moddalarini kashf qilish, ularning taʼsirini o‘rganib, amaliy tibbiyotga tatbiq etishdan iboratdir. ibbiyot olamida farmakologiya alohida ahamiyatga ega: bir tomonda, tibbiyotning asosiy nazariy fanlari — fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo bo‘lsa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar— terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi.Farmakologiyadagi nazariy bilimlar amaliy tibbiyotda qo‘llaniladi.
Dehqonchilik - 1) oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchshshk, polizchshshk, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoklarga boʻlinadi.
Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan navlar (duragaylar)ni tanlash, almashlab ekishla eng yaxshi oʻtmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va oʻgʻitlarni qoʻllash; urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qoʻllash); hosilni yigʻib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yigʻib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani oʻsimlik qoldiklaridan tozalash, hosil yigʻib olingandan keyin yerni haydash); yigʻib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqa.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.
Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab Dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli boʻlgan moʻʼtadil mintaqalarda turgʻun Dehqonchilik, qurgʻoqchilik hududlarida sugʻorma Dehqonchilik, nam subtropik va tropiklarda 2—3 marta hosil yetishtiriladigan yil boʻyi Dehqonchilik paydo boʻlgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi. Shim. yarim sharda Dehqonchilikning quyidagi turlari paydo boʻlgan: turgʻun Dehqonchilik (tuproq-iqlim sharoitlari turli xil asosiy ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish imkonini beradigan hududlarda); qurgʻoqchil Dehqonchilik (ob-havo sharoitlari, atm yogʻinlari beqaror boʻlgan dashtlarda); lalmi Dehqonchilik (qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish faqat atm yogʻinlariga bogʻliqboʻlgan, sugʻorilmaydigan yerlarda); sugʻorma Dehqonchilik (choʻl, chala choʻl quruq dasht hududlarda); togʻ Dehqonchilik (tuprogʻi kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori boʻlgan togʻli hududlarda); qutb Dehqonchilik (Chekka Shimol mintaqasida).
Dehqonchilik tosh davrining soʻnggi bosqichi (neolit)da paydo boʻldi. Tuproqni yum-shatishda ishlatilgan dastlabki qurol-yogʻoch yoki tosh poynakli yogʻoch soʻqa hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berish qurollari (soʻqa, omoch, ketmon, plug) va ot-ulov kuchlari (ot, hoʻkiz, traktor, elektr tortish qurilmalari)ning takomillashib borishiga qarab haydalma Dehqonchilik paydo boʻldi va rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi natijasida Dehqonchilik usullari ham oʻzgarib, asta-sekin ekstensiv shakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga koʻpaytirish) intensiv shakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi oʻsishini turli omillar — mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, agrotexnika va boshqa hisobiga taʼminlash) oʻtib, takomillashib bordi.
Hoz, davrda jahonda Dehqonchilik qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln. ga ni tashkil qiladi. Jahon Dehqonchilikda bugdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, mevalar, uzum eng koʻp ekiladi.
Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan. Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma Avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Oʻzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy Avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Avtomobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi.

O'zbekiston tarixi


O‘zbek millati haqli ravishda sayyoramizdagi eng qadimgilardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyati sivilizatsiyalar avvalida shakllana boshlagan va ming yillar davomida jiddiy o‘zgarishlarga duch kelgan.O‘zbekiston hududi O‘rta Osiyoning qoq markazida, Sirdaryo va Amudaryoning o‘rtasida joylashgan. Ajablanarlisi shundaki, cho‘lning o‘rtasidagi voha har doim jasur va shuhratparast savdogarlarni, jangchilarni, sarguzashtlarni va sayohatchilarni o‘ziga jalb qilgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda bu erda Ahamoniylar yoki, boshqacha qilib aytganda, Fors davlati gullab-yashnagan. Keyin yunonistonlik qo‘mondon Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) hududga bostirib kirib, ellinistik davr boshlanganida hokimiyat qulagan. Bu davrda savdo rivojlanadi, yirik shaharlar qad ko‘taradi, Yunon-Baqtriya podsholigi hukmronlik qila boshlagan.Miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida Yunon-Baqtriya podsholigi parchalanib, tarixda yangi bir davr boshlanadi, ya’ni ko‘chmanchi kushonlar qabilasi asos solgan Kushon davlati tashkil etiladi. Bu davrda savdo, odamlar harakati va millatlararo aloqalar rivojlana boshlaydi.Shaharlarning qulay hududiy joylashuvi tufayli Buyuk ipak yo‘li bugungi O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab Andijon, Qo‘qon, Rishton, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi yirik savdo shaharlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.Keyin Parfiya, Kang‘, Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi kabi davlatlar gullab-yashnadi. VII asrda bu hudud arablar tomonidan bosib olinib, u Movarounnahr deb nomlandi.XII asrda Chingizxonning bosqini yuz berdi va Chag‘atoy ulusi shakllandi. Ammo bu hududning gullab-yashnashi o‘n to‘rtinchi asrda, Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida amalga oshdi. U Samarqandni poytaxtga, iqtisodiy va madaniy markazga aylantirdi. Keyin Samarqand ko‘chmanchi Dasht-i qipchoq qabilalari tomonidan bosib olinib, yangi Shayboniylar sulolasi davlati tashkil etildi. VI asrdan XIX asr o‘rtalariga qadar Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligi hukmronlik qildi.XIX asrning 60-yillarida hududga chor Rossiyasi bostirib kirishi natijasida Turkiston general-gubernatorligi tuzildi. 1917-yilda O‘zbekiston Sovet Respublikasiga aylandi. Shu davrda ko‘plab respublikalardan turli millatlarning ommaviy ravishda ko‘chishi ro‘y berdi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Respublika BMTga a’zo bo‘ldi, demokratik boshqaruv shakli va bozor iqtisodiyoti rivojlana boshladi.
O‘zining boy tarixi, ko‘p sonli turli millat va elatlarning ushbu hudud orqali o‘tishi tufayli, O‘zbekiston o‘zida Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarini jamladi, boy madaniyat va millatlararo totuvlikka ega mamlakatga aylandi.
Bajardi: Muxtorov Islombek
Download 64.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling