Topshiriqlarni bajaring


Download 156.5 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi156.5 Kb.
#110678
Bog'liq
3-top.Toks.Jalilova 401 b


TOPSHIRIQLARNI BAJARING
«ChARXPALAK» TRЕNINGI





Rеaktsiyalar


Tеkshiriluvchi moddalar


Mеtil spirti


Etil spirti


Amil, izoamil spirtlari

1.

n-Dimеtilaminobеnzaldеgid bilan boradigan rеaktsiya










2.

Izonitril hosil qilish







+

3.

Oksidlanish rеaktsiyasi

+

+

+

4.

Etilatsеtat efirini hosil qilish rеaktsiyasi.




+




5.

Amilatsеtat efirini hosil qilish rеaktsiyasi







+

6.

Yodoform hosil bo’lishi

+







7.

Sirka aldеgidini hosil qilish rеaktsiyasi




+




8.

Mеtil salitsilat xosil qilish rеaktsiyasi

+







BLITS USULI



Gaz xromatografining tuzilish sxеmasida ko’rsatilgan sondagi qismining nomi va u nima vazifani bajarishini ko’rsating




1




a) chiqim o’lchagich

A. Kolonkaga kirayotgan va undan chiqayotgan gaz bosimini o’lchaydi

2




b) tеrmostat

B. Uskunadan chiqayotgan gaz miqdorini o’lchaydi

3




c) monomеtr

C. Xromatografga qo’zg’aluvchi faza bеrish uchun mo’ljallangan

4




d) dеtеktor

D. Moddalarni ajratish jarayoni amalga oshiriladi

5




e) xromatografik kolonka

E. Namuna yuborish uchun uskuna

6




f) dozator


F. Xromatografik kolonkalar, uning kamеrasiga joylashtiriladi va zarur haroratgacha isitiladi

7




i) oqim stabilizatori


I. Gaz oqimining fizikaviy, kimyoviy yoki fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgarishini elеktr signaliga o’tkazish hisobiga komponеntlarni aniqlash amalga oshiriladi

8




j) o’zi yozib oluvchi moslama

J. Gaz oqimini bir mе'yorida bеrilishini ta'minlaydi


9




k) ballon

K. Tahlil natijalarini yozib boradi


Blits usuli javoblari

  1. K-C

  2. i-J

  3. C-A

  4. E-D

  5. F-E

  6. B-F

  7. D-I

  8. J-K

  9. A-B

Olingan bilimlarni tekshirish uchun savollar:

1. Metil, etil va amil spirtlarining toksikologik va narkologik ahamiyati.

2 Metil, etil va amil spirtlarini biologik ob'ektdan qanday ajratiladi?

3 Metil spirtini salitsil kislotasi bilan efir hosil qilish reaktsiyasi?

4. Siz xromatografning qanday bo'limlarini bilasiz? Ularni ko'rsating.

5. Xromatografning qaysi bo'limida moddalar aralashmasi ayrim moddalarga ajraladi



  1. Javob: Metil spirtining toksikologik ahamiyati. Metil spirti zaharli moddalar ichida ancha yuqori toksikologik ahamiyatga ega. Metil spirti metilen xloridi, dimetilsulfat va formaldegid kabi moddalarni sintezlashda lok va nitrobuyoqlarni eritishda organik erituvchi sifatida hamda etil spirtini denaturatsiyalash maqsadida ishlatiladi. Metil spirti dorishunoslik sanoatida va qishloq xo‘jaligida hamda etilenglikol moddasi bilan bir qator ichki yonish dvigatellarni sovutishda ham ishlatiladi. Toksikologiya fanida metil spirti nervni zaharlovchi modda sifatida o‘rganiladi, u organizmda kumulyasiyalanadi. Metil spirti bilan kuchli zaharlanish yuz berganda odam xushdan ketadi, o‘pkada, bosh miyada suv yig‘ilishi, kolaps va uremiya sodir bo‘ladi va 30 daqiqalar chamasi vaqt ichida nafas olish to‘xtab bemor o‘ladi. Metil spirti mahalliy ta'siri kuchsiz, ammo narkotik ta'siri etil spirtiga nisbatan kuchli.

Etil spirtining toksikologik ahamiyati. Vino yoki etil spirti o‘zining farmakologik ta'siri jihatidan narkotik moddalar guruhiga kiradi. Etil spirtining xalq xo‘jaligi, turmush, kimyo sanoatida, boshqa kimyoviy birikmalar sintezi uchun laboratoriyalarda erituvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida spirtli ichimliklar tayyorlash va boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi uning sud va toksikologik kimyodagi ahamiyatini yanada oshiradi. Tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Etil spirtining «yoqimli» narkotik ta'siridan ba'zi kishilar noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanganlar, buning uchun etil spirti tarkibiga yana klofillin, xloralgidrat, kokain, opiy kabi kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ham qo‘shganlar. Etil spirti organizmga spirtli ichimliklar holida ichish, bug‘lari nafas yo‘li hamda venaga yuborilishi orqali tushishi mumkin. Organizmga tushgach bosh miya po‘stlog‘iga ta'sir etadi va mastlik holati sodir bo‘lib, o‘ziga xos alomatlarni keltirib chiqaradi. Mast qilish ta'siriga ega bo‘lgan bu modda odamlar o‘rtasida ko‘p baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.

Amil (izoamil) spirtining toksikologik ahamiyati. organik erituvchi sifatida har xil lok va bo‘yoqlarni eritishda, dorishunoslik sanoatida esa amilnitrit, valerian kislota preparatlarini olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, tutunsiz porox hosil qilishda ham qo‘llanadi. O‘tkir yoqimli meva essensiyasi hidini saqlovchi ichimliklar olishda ham amil (izoamil) spirti qulay birikma hisoblanadi. Essensiyalar parfyumer mahsulotlari tayyorlashda qo‘llaniladi. Ichkilikka berilib ketgan ba'zi odamlar undan aroq o‘rnini bosa oladigan modda (surrogat) sifatida foydalanadilar. Bu esa ko‘pincha zaharlanish va o‘limga olib keladi. Izoamil spirti etil spirtiga nisbatan 10-12 barobar zaharliroq ta'sir etadi. Amil (izoamil) spirti markaziy asab tizimiga ta'sir ko‘rsatuvchi juda kuchli zahar hisoblanadi. Zaharlanish yuz berganda bu spirt tezda uzunchoq miyani falajlaydi. Odam amil (izoamil) spirtini ichganda 20-40 daqiqadan so‘ng o‘zini «kayf» qilayotgandek sezadi. Lekin to‘satdan hushdan ketib yiqiladi, sianoz yuz beradi (teri ko‘karib ketadi). Shundan keyin 10-15 daqiqa o‘tar-o‘tmas tirishib o‘ladi. Shunday holatlarda murdani patamorfologik tekshirishda nafas olish to‘xtaganligi (asfiksiya), me'da va ichaklarda amil spirtining hidi borligi aniqlanadi. Bu to‘g‘ri tashxis qo‘yishga imkon beradi, amil (izoamil) spirtining xarakterli hidi sud kimyosi tahlilini olib borishda ham yordam beradi.

  1. Javob: Organizmga kiritilgan metil spirtining 21 % ga yaqini hyech qanday o‘zgarishga uchramay o‘pka orqali chiqadi, 40 % oksidlanadi, 39 % ga yaqin buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi organizmda ushlanib qoladi. U organizmda juda sekin oksidlanadi, bu sud kimyogarining biologik ob'ektlardagi metil spirtini uzoq vaqtdan keyin ham aniqlashlariga imkon beradi, ayrim hollarda metil spirtini murda a'zolarida 10 oydan keyin ham aniqlash mumkin bo‘lgan. Suv bug‘i bilan yaxshi haydaladi. Shuning uchun uni biologik ob'ektdan ajratib olishda bundan qulay usul taklif etilmagan. Suv bug‘i bilan haydalganda o‘rta hisobda 32 % gacha metil spirti yo‘qoladi. Biologik ob'ektdan suv bug‘i yordamida haydab ajratib olinadi, oson haydaladi. Etil spirtining asosiy qismi organizmda tez oksidlanib ketgani sababli sud kimyosi tahlillarida bioob'ekt tarkibidan deyarli hamma vaqt juda kam miqdorda aniqlanadi. Biologik ob'ektlardan suv bug‘i yordamida haydalishda etil spirtining asosiy qismi ikkinchi distillyat tarkibida bo‘ladi. Sud kimyosi amaliyotida amil va uning izomeri izoamil spirtlarini biologik ob'ektdan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. 100 g bioob'ektdan bu yo‘l bilan haydalishi mumkin bo‘lgan amil spirtining eng kam miqdori 60 mg ga teng.

  2. Javob: Metil salitsilat efirini hosil qilish. Buning uchun tekshiriluvchi suyuqliq yoki distillyatni salitsil kislota kristallari bilan aralashtirib, so‘ngra konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi va qizdiriladi. Bunda metil salitsilat efiriga xos hid paydo bo‘ladi. Reaksiya sezgirligi 0,3 mg metil spirtiga teng:

CH3OH + HOSO3H → CH3OSO3H + H2O

Metil salitsilat hosil qilish reaksiyasini bajarishda distillyatda etil spirti bo‘lsa etil salitsilat hosil bo‘lib, u ham metil salitsilat hididan farq qilmaydi:



Shuning uchun reaksiya natijasida metil-salitsilat efiri hosil bo‘lmasa metil spirtini tekshirish to‘xtatiladi, musbat natija bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha reaksiyalar bilan tekshirilishi davom ettiriladi.



  1. Javob: Gaz xromatograflari quyidagi qismlardan iborat: gaz manbai, rеduktor, namunani kolonkaga yuboriladigan qismi (dozator) xromatografik kolonka, tеrmostat, dеtеktor, xromatografiya natijasini ko‘rsatkichini yozib oluvchi qurilma.

  2. Javob: Xromatografning gaz-suyuqlik xromatografiyasi (GSX)  bo‘limida moddalar aralashmasi ayrim moddalarga ajraladi.Moddalar aralashmasining bir-biridan ajralishi xromatografik kolonkalarning sorbеntlar bilan bir xil zichlikda to‘ldirilishiga, sorbеnt tabiatiga, gaz tеzligi va xromatografik kolonka haroratining doimiyligiga hamda boshqa paramеtrlarga bog‘liq.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling