Torch infeksiyaga
Download 55 Kb.
|
TORCH infeksiyaga
TORCH infeksiyaga Ba'zida homiladorlik yaxshi kechadi, chaqaloq vaqtida tug'iladi va hammasi yaxshidek ko'rinadi-yu, keyin bir necha kun o'tgach bola ahvoli yomonlashishni boshlaydi. Shunda bola tug'ilayotganida onasidan TORCH infeksiyani yuqtirib olgan bo'lishi mumkinligi tekshiriladi. TORCH infeksiyaga qaysi infeksiyalar kiradi: • Toksoplazma • Sifilis, OITS, Varicella • Rubella(qizilcha) • Sitomegalovirus • Gerpes Bola qanday qilib bola TORCH infeksiya bilan tug'lishi mumkin? Homila bachadonda rivojlanayotgan payti u infeksiyalarga bardoshli bo'la olmaydi. Onaning qonida mavjud bo'lgan TORCH infeksiya bolaga qon bilan o'tadi. Buning natijasida homila nobud bo'lishi, nuqsonlik yoki chala (muddatidan oldin) tug'ilishi yoki o'zi TORCH infeksiyaga chalinib tug'ilishi mumkin. TOKSOPLAZMOZ bolada qanday namoyon bo'ladi? Ushbu virusga chalingan chaqaloq tug'ilganida hech qanday alomat ko'rsatmaydi. Bir necha yildan so'ng u quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin: • Ko'rlik • Gidrosefaliya (miyada suyuqlik yig'lishi) • Miyadagi patologik o'zgarishlar (tutqanoq, rivojlanishda ortda qolish, aqliy zaiflik). Homila RUBELLA virusiga chalinsa, u qanday namoyon bo'ladi? Homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bemor bilan to'qnashsa, darhol shifokorga bu haqda aytishi lozim. Chunki unga maxsus kuzatuv talab etiladi. Rubella infeksiyasi rivojlanayotgan homilada jiddiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Rubella infeskiyasi homilada tug'ilganidan so'ng quyidagicha namoyon bo'ladi: • Ko'zda katarakta • Aqliy va jismoniy rivojlanishda ortda qolish • Jigar kattalashuvi • Qon quyilishi SITOMEGALOVIRUSning yangi tug'ilgan chaqaloqqa ta'siri qanday? Tug'ilish jarayonida sitomegalovirus orttirgan bolada u keyinchalik epilepsiya, eshitish muammolari va aqliy zaiflik rivojlanishida namoyon bo'lishi mumkin. Chaqaloqlarda GERPES qanday namoyon bo'ladi? Agar homilador ayol homiladorlikning ohirgi davrida va tug'ilgan chaqaloq hayotining birinchi yilida suvchechak (vetryanka) bilan kasallanmagan bo'lsa, u holda Gerpes virusinining rivojlanish imkoniyati bo'lmaydi. Gerpes chaqaloqlarda deyrali kuzatilmaydi. SIFILISga chalingan chaqaloqda qanday alomatlar bo'ladi? Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda: • Asabiylik • Og'iz va jinsiy a'zolar atrofida toshmalar • Burundan rangsiz suyuqlik oqishi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda VARICELLA alomatlari qanday? Varicellaning onadan homilaga yuqish ehtimoli juda past. Yuqqan holda u quyidagicha namoyon bo'ladi: • Teri yo'g'onlashgan yoki qizargan • Qo'l oyoqlar deformasiyalangan • Miyada patologiyalar • Mikrosefaliya (boshning tanaga nisbatan sezilarli darajada kichikligi) • Ko'zda katarakta • Aqliy zaiflik. OITSga chalingan onadan tug'ilgan bolada kasallik qanday namoyon bo'ladi? Ko'pincha onasi OITSga chalingan chaqaloqda tekshiruvlar boshida virus mavjud emasligini ko'rsatadi. Lekin buni haqiqiy ko'rsatkich deb qabul qilish mumkin emas. Bolaga keyinchalik bir necha bor qayta tekshiruvlar o'tkazish talab etiladi. OITS bir necha yillar davomida alomatsiz kechgani bilan, organizmga jiddiy zarar yetkazib boradi. Bolada virus rivojlanayotganining alomatlari quyidagicha bo'lishi mumkin: • Jismoniy rivojlanishda ortda qolish • Qorin shishi (kattalashgan jigar tufayli) • Limfalarning shishi • Notartib diarreya • Pnevmoniya • Og'izda zambrug'lar rivojlanishi. TORCH infeksiyasi bilan tug'ilgan chaqaloqda infeksiyani tez aniqlash oson emas. Chunki ularning ko'pi birinchidan alomatsiz kechadi, ikkinchidan yuqoridagi alomatlar boshqa kaslliklarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Faqat maxsus testlar amalga oshirilmaguncha TORCH infeksiya mavjudligini aniqlab bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi miqyosida oxirgi payt TORCH infeksiya keng tarqalganini inobatga olgan holda, homiladorlikka tayyorlanayotgan har bir ayol urug'lanishdan oldin o'zida TORCH infeksiya yo'qligini tekshiritirib olishi zarur. Agar mavjud bo'lsa, undan tuzalmaguncha homilador bo'lmasligi kerak. Undan tahsqari erkak ham bunga ma'sul bo'lib, homilador bo'lishni rejalashtirgan yoki homilador bo'lgan ayoliga TORCH infeksiyasini yuqtirib qo'ymasligi kerak. Buning uchun u ham tekshirilisha va davolanishi talab etiladi. Aks holda, bo'lajak homila nobud bo'lishi yoki nuqson bilan dunyoga kelishi ehtimoli yuqori bo'ladi. TORCH infeksiya asosan jinsiy yo'l bilan o'tadigan infeksiyadir. Palapartish jinsiy aloqalar ushbu infeksiya rivojlanishiga olib keladi. Ayolga infeksiya eridan jinsiy yo'l bilan yuqadi. TORCH infeksiyalari nima ? TORCH infeksiyalari bu toksoplazmoz, qizilcha, gerpes va sitomegalovirus kiradi. Homiladorlikdan avval va Homiladorlik davrida yana xlamidiya, ureaplazma, brutsellyoz xam tekshiriladi. Lekin ular TORCH infeksiya emas. TORCH infeksiya ayol va erkakda xam bo‘lishi mumkin. Erkaklarda TORCH infeksiya spermarivojdanishiga taxsir qilib, sperma ko‘rsatkichlarini buzadi, ular farzand ko‘rish ehtimoli ancha pasaytirish mumkin. Ayollarda TORCH infeksiya homila tushib qolishi, tug‘ma nuqsonli bola tug‘ilishi va ko‘p asoratlarga sabab bo‘ladi. ODDIY GЕRPЕS 1/2 tipi Photo: medcentr-diana-spb.ru Oddiy gerpes bilan homiladorlik davrida birlamchi infeksiyalanishi quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin: • homiladorlik buzilishi: suv ko‘payib ketishi, homiladorlik to‘xtatilishi, homila tushib qolishi • homila patologiyasi: qorin ichi infeksiyasi,o‘z o‘zidan abort, o‘lik bola tug‘ilishi • Chaqaloq patologiyasi: tug‘ma gerpes, chala tug‘ilish, tug‘ilganda tana vazni pastligi Gerpes bilan og‘rish birlamchi epizodida infeksining homilaga o‘tish xavfi 50%, infeksiya qaytalanganda yoki belgisiz kechganda 0-4%. TOKSOPLAZMOZ Ayollarning 10 -12 % toksopazmoz bilan homiladorlik davrida infeksiya yuqtirib olishadi. Infeksiyaning homilaga o‘tish xavfi 30-40 % . Agar infeksiya yuqishi homiladorlik I va II trimestrlarida ro‘y bersa o‘z o‘zidan abort yoki vaqtidan erta tug‘ilish xavfi 10-15 %. Bunda tug‘ma toksoplazmoz xavfi 15-25% bo‘ladi va chaqaloqlar og‘ir xolatlari (fetopatiyalar) masalan kalla kichik bo‘lib qolishi (mikrotsefaliya), gidrotsefaliya, xorioretinit,gepatosplenomegaliya, trombotsitopeniya kuzatiladi. Agar yuqish homiladorlik III trimestrida ro‘y bersa tug‘ma toksoplazmoz xavfi 90 %gacha. Lekin bunda kasallik aksari xollarda belgilarsiz kechadi Toksoplazmozda xam asoratlar gerpesdagiga o‘xshaydi. SITOMЕGALOVIRUS Xomilador ayollarning 1 – 4 % sitomegalovirusni homiladorlik vaqtida yuqtirib oladilar. Shu ayollarning 33% da homilaning infeksiya yuqtirishi va zararlanishi kuzatiladi.Homiladorlikda infeksiya yuqishi 12 haftagacha sodir bo‘lsa bola tashlash va tug‘ma nuqsonlarga sabab bo‘ladi : • Gidro yoki atsefaliya, • Serebral falaj • Ko‘z va eshitish a’zolari shikastlanishi O‘QING: Qachon o‘g‘il bolani kestirish (xatna qildirish) lozim? Infeksiya yuqishi homiladorlik 12 haftasidan keyin sodir bo‘lsa sitomegaliyaning tarqalgan shakli – jigar shikastlanishi (gepatit), o‘pka kasalligi (pnevmoniya), ko‘z shikastlanishi (retinitga) olib keladi. QIZILCHA Qizilcha virusi homiladorlikning 16 haftasigacha yuqishida odatda quyidagi holat bo‘ladi: • homilani qorinda halok bo‘lishi • Kallada o‘zgarish: makro va mikrotsefaliya • Gregg uchligi: ko‘z shikastlanishi + karilik (eshitmaslik) + yurak qon tomir tizimi rivojlanishi nuqsonlari. Qizilcha virusi homiladorlikning 16 haftasidan keyin yuqqanida tug‘ma nuqsonlar xavfi sezilarli pasayadi. TAVSIYA: Farzand ko‘rish va homiladorlik silliq va muammosiz kechishida o‘z vaqtida tekshirishlar , shu qatorda TORCH infeksiyaga tekshirish o‘tkazilishi homila va ayol salomatligi va kelajagi uchun hayotiy muhum. Arzimagan bir tekshirish sizni kelajakdagi ko‘p tashvish va g‘am anduxdan saqlab qolishi mumkin. Med360.uz Tibbiy portal MENU
• Home
• Kasalliklar • TORCH-infektsiyalar TORCH-infektsiyalar — homiladorlikka ta’siri, tahlillar, davolash va oldini olish TORCH-infektsiyalar — har qanday yosh va jinsdagi odamlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, ammo faqat homiladorlik uchun tayyorgarlik ko’rayotgan va homilador ayollarga, homila va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan qo’llaniladigan atama. Bu guruh infektsiyalar quyidagi kasalliklarni o’z ichiga oladi: • T — toksoplazmoz; • O — other (boshqa infektsiyalar); • R — rubella (qizilcha); • C — citomegalovirus (sitomegalovirus infektsiyasi); • H — herpes simplex virus (oddiy gerpes virusi) Homiladorlik paytida TORCH guruhining har qanday infektsiyasi bilan birlamchi infektsiyalanish xavfli sanaladi, shuning uchun bu infektsiyalarga antitanalar mavjudligini aniqlashga qaratilgan qon tahlilini homiladorlikdan oldin topshirish maqsadga muvofiqdir. TORCH infektsiya nima Yuqorida ta’kidlanganidek, TORCH bu Jinsiy quvvat siri! Olimlar lol qolishdi. Ohirigacha ko'ring! EROS SPIRIT •
• Toksoplazmoz Hujayra ichida yashovchi obligat protozoy parazit. Parazitning yakuniy xo’jayini mushuklar va mushuksimonlar oilasining boshqa vakillari sanaladi. Bundan tashqari, 3 соатлик жинсий алока учун восита! EROS SPIRIT •
Toksoplazmoz homila uchun jiddiy Пулатдек олат сири. Охиригача укинг! Eros Spirit SHARH QOLDIRISH E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan. Sharh
Ism *
E-mail * Ism va e-mailni eslab qolish. Telegram kanalimizga qo'shiling va eng so'nggi yangiliklardan birinchilardan xabardor bo'ling! A'zo bo'lish BO’LIMLAR •
• Homilaning ona qornida nobud bo’lishi; • Gidrosefaliya; • Mikrosefaliya; • Ensefalit; • Intrakranial kalsifikatsiya; • Xorioretinit; • Ko’rlik; • Tutqanoq; • Psixomotor yoki aqliy zaiflik. Sitomegalovirus (CMV) Dunyodagi eng keng tarqalgan infektsiyalardan biri, gerpes oilasining eng yashirin viruslaridan sanaladi. Sitomegalovirus bilan birlamchi infektsiyalanish homilador ayollar uchun xavflidir, chunki infektsiya rivojlanayotgan embrionga ham o’tishi mumkin. Agar ayol ancha vaqt oldin yuqtirib olgan bo’lib, infektsiya xuruj olmasa, virusning bo’lajak chaqaloqqa yuqishi ehtimoli juda past. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda sitomegalovirus infektsiyasining belgilari quyidagilar: • Markaziy asab tizimi shikastlanishi; • Sariq kasallik; • Trombositopeniya; • Bronxit; • Mononukleoz; • Psixomotor va aqliy zaifliklar; • Progressiv karlik. Qizilcha Sog’lom odamga bemordan ko’pincha havo tomchilari orqali yuqadigan yuqumli virusli kasallik. Qizilcha deyarli zararsiz bo’lgan «bolalar» infektsiyasi sanalib, qoida tariqasida, bu hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Biroq agar homilador ona qizilcha yuqtirib olsa, bu zararsiz infektsiya homilaning nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning dastlabki bosqichida qizilcha virusi ko’pincha homilaning asab to’qimalari, ko’z to’qimalariga va yuragiga ta’sir qiladi. Birinchi trimestrda homilador ayollarda qizilcha aniqlanishi — bu abort uchun ko’rsatma sanaladi. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling