27.483 yuk havotaqsimlagichining vazifasi va tuzilishi? Shartli №270-005 va №483 havotaqsimlagichlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish Magistral temir yo‘llarning yuk tashiydigan harakatlanuvchi tarkibi asosan shartli №270-005 va №483-000 havotaqsimlagichlari bilan jihozlangan. Bu tipdagi havotaqsimlagichlar tipaj qatori bazasida yaratilgan, ya’ni umumiy va turlicha, ammo bir-birining o‘rnini bosadigan uzellarga ega (5.1-rasm). Shartli №270 va №483 havotaqsimlagichlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Havotaqsimlagichlar komplektiga quyidagi uzellar kiradi: yuk rejimlarini o‘zgartiradigan ikki kamerali rezervuar, tekislik va tog‘ rejimlarini o‘zgartiradigan magistral qism va chiqarish klapaniga ega bo‘lgan asosiy qism. Yuk havotaqsimlagichlari konstruksiyasi va ishlashining to‘liqroq bayonini [1 – 8] ishlardan topishingiz mumkin. Shartli shartli №270-005 va №483 havotaqsimlagichlarning xossalariii o‘rganish Shartli №270 va №483 havotaqsimlagichlarning xossalari. Shartli №270-005-1 havotaqsimlagichining afzalli tomoni konstruksiyasining oddiyligidadir. Ularda faqat rezina zichlovchi elementlar (diafragmalar, manjetlar, klapanlar) qo‘llanib, ishqalanib moslashadigan metall detallari (zolotniklar, halqalar, plunjer juftliklari) yo‘q, shu sababli ularni tayyorlash va ta’mirlash osonroq. Bu kabi havotaqsimlagichlar og‘irligi 6 ming tonnagacha bo‘lgan yuk poezdlarida foydalanishda qoniqarli ishonchlilik namoyish etdilar. Biroq, ana shu havotaqsimlagichlarida quyidagi kamchiliklar ham mavjud: - perekrisha holatida tormozlarning o‘z-o‘zidan qo‘yib yuborish imkoniyati (ehtimoli); - tormoz to‘lqinining etarli bo‘lmagan tezlik bilan tarqalishi; - og‘irligi 6 ming tonnadan ortiq bo‘lgan poezdlarda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bo‘ylama zo‘riqish(kuch)lar. Shartli №483 havotaqsimlagichlarda bu kamchiliklar asosan bartaraf etilgan. Ular poezd tormoz berishida eng qisqa tormoz yo‘li va eng kichik bo‘ylama kuchlarni ta’minlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |