Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда


Download 343.21 Kb.
bet21/24
Sana17.06.2023
Hajmi343.21 Kb.
#1538826
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
tormiz

31.Tormozlarni poezdda boshqarish?

Poezd stansiyadan jo‘natilganda vagon xo‘jaligining ishchilari uni yurib turganida ko‘rikdan o‘tkazadi va vagon tormozlarining barchasi qo‘yib yuborilganmi yo‘qmi va harakat xavfsizligiga ziyon yetkazuvchi buzilishning tarkibda borligini tekshiradilar; lokomotiv brigadasi kabinadan turib poezd harakatining normalligiga va to‘xtashni talab qiluvchi signallarning yo‘qliligiga ishonch hosil qiladilar.
Yo‘l yurilganda tormozlar harakatini baxolash uchun, mashinachi belgilangan joyda 50 - 60 km/soat kam bo‘lmagan tezlikda tormozlash bosqichini amalga oshiradi va yuksiz vagonlardan tashkil topgan tarkibli yuk poezdlarida tezlikni 4-6 km/soatga kamaytiradi, yoki yuklanganli tarkibni 10 km/soatga, shuningdek yo‘lovchi poezdla­rida, tormozlar qo‘yib yuborilgandan so‘ng. Tezlikni sekinlatish mahalliy instruksiyada belgilangan masofada oshirilmay bajarilishi kerak.
Agar yo‘lovchi poezdida 10 sek, yuk esa 20 - 30 sek ichida tormozlashning samarasi bo‘lmasa, poezdni to‘xtatish uchun barcha choralar ko‘riladi.
Mo‘ljali bo‘lmagan joylarda tekshirish bajarilsa, tormozlarning harakati tormozlash boshlangandan 10 km/soatga vaqt bo‘yicha tezlikni pasaytirish bilan baholanadi. Bu vaqt quyidagilardan ko‘p bo‘lmasligi kerak: 200 o‘qqacha bo‘lgan poezdlarda maydonlarda va 0,002 22 qiyaliklarida; 200 o‘qqacha bo‘lgan poezdlarda 0,002 dan 0,00425 gacha qiyaliklarda va 200 o‘qdan ko‘p 400 o‘qqacha bo‘lganlarida 40 sek. Bunday tekshiruvda natija kam miqdorda masofani tekshirishga ko‘ra, tormozlashning boshlang‘ich tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yo‘lda harakatlanganda tormozlar harakatini tekshiruvi to‘la yoki qisqartirilgan ishlatib ko‘rishdan, tormoz tarmog‘ining zichligini tekshirilgandan va birinchi beshta vagonlarning avtotormozlari harakatlanganidan, 0,008 kiyalikdan kam bo‘lmagan tepalikdan tushishligi bo‘lgan stansiya va boshi berk stansiyalarga kirishdan avval ba’zi vagonlarning avtotormozlari o‘chirilishidan keyin, shu­ningdek elektropnevmatik tormozdan avtomatik tormozga o‘tilgandan keyin bajariladi.
Poezd harakati tezligini to‘g‘irlash va uni to‘xtatish uchun mashinachi bosqichli, to‘la xizmatchi, shuningdek rekuperativ va reostatli tormozlarni qo‘llaydi. Agar poezdning bundan keyingi harakatiga xavf tug‘ilsa yoki poezdning harakati insonlar hayoti uchun havf tug‘dirsa, shuningdek boshqa zarur hollarda tez to‘xtatish bajariladi. Bunda mashinachi mashinachi krani ushlagichini tez to‘xtatish holatiga, yordamchi mashinachi kranini - lokomotivni to‘la to‘xtatish holatiga o‘tkazadi, qum idishni ishga tushiradi va tortishni o‘chiradi.
Yo‘lovchi poezlarida va yuk poezddarining avtotormozlarini tekislilik bosqichiga yoqishda faqat to‘la qo‘yib yuborish, tog‘li bosqichda bosqichli qo‘yib yuborish ehtimoli ham mavjud.
Poezdni eng kam bo‘ylama kuchlar, tormozlashni qo‘llash va vagonlar g‘ilidirak juftlarini saqlashni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kam energiya sarflash tormozlash jarayonida mashinachidan ba’zi tormozlashni boshqarish umumiy qoidalarini bajarishni talab qiladi.
Poezdni tekis ko‘rinishli yo‘l bo‘ylab minimal tebranishli tezlikda yurgazish lozim. Tormozni qo‘llashda xar qanday ortiqcha tezlikni kamaytirilishi keyinchalik uni oshirish bilan lokomotiv torgash kuchini qo‘llashda, enargiyaning sezilarli sarflanishini keltirib chiqaradi va tormoz kolodkalarining yemirilishini oshiradi.
Qo‘yib yuborish boshlangan vaqtida tezlikni eng yuqori tezlikdan pasaytirishning quyidagi kattaliklari tavsiya etiladi: 0,006 -0,008 qiyalikdagi tushishda - 10 km/soatga; 0,008 - 0,012 - 15÷20 km/soatga; 0,012 - 0,018 - 25÷30 km/soatga.
Lokomotiv svetoforida sariq chiroqning yonishi va yuklangan yuk poezdi 90 - 100 km/soat bilan harakatlanganda, o‘rnatilgan cheklanishlarga rioya shartlariga ko‘ra tezlikni kamaytirish maqsadida tormoz magistralida 0,9 - 0,10 MPa razryadkasi bilan tormozlarni harakatga tushiriladi. Harakat tezligi kam va blok - maydonlar uzunligi katta bo‘lsa, poezdni yo‘nalishi tezligini va tormoz uskunalarini svetofordan tegishli samarali masofada inobatga olgan holda tormozlashni boshlash lozim. Bunda tormoz magistralini poezdlar yuksiz bo‘lganda 0,05 - 0,06 MPa ga va yuklanganda 0,08 - 0,09 MPa ga razryadlash lozim.
Cho‘zillgan 0,018 qiyalikdan tikkaroq bo‘lgan tepaliklarda poezdlar tormozlar bosqichli qo‘yib yuborishga ega bo‘lgan tormozlarda tog‘li bosqichiga yoqilgan havotaqsimlagichlar bilan harakatlanadi va to‘la qo‘yib yuborish tormozlashdan avvalgi zaryadli bosimni tiklashda sodir bo‘ladi. Bu bilan tormozlarning yuqori uzluksizligi ta’minlanadi.
Kam yuklangan va yuksiz vagonlarni poezdning bosh qismiga o‘rnatilganligidan siqilishining xavfi tufayli, elektr tormozlash kuchini chegaralash zarur. Egrilik radiusi 300 m uchun bir lokomotiv yoki birlashgan lokomotivlar guruhi uchun bu kuch 500 kN dan oshmasligi kerak.
Elektropnevmatik tormozi bo‘lgan yo‘lovchi poezdlarini yurgizishda tormoz magistralini razryadkalamay mashinachi krani ushlagichini perekrisha holatiga magistraldan iste’moli bilan tormozlashni bajaradilar, bu esa tormozning yuqori uzluksizligini ta’minlaydi.
Taqiqlovchi signallarga, stansiyalarga va to‘xtash platformalariga yaqinlashganda, tormozlashni magisgralda razryadkalash bilan ba­jaradilar va mashinachi krani ushlagichini iste’molsiz perekrisha holatiga o‘rnatadilar. Bu EPT sistemasida tormozlashdan avval nosozlik hosil bo‘lgan bo‘lsa, tormozlashni ta’minlaydi. Agar buzilish perekrisha holatida sodir bo‘lsa, u holda magistraldagi bosim pasayishi tormozlashni avtomatik tormozga yanada tez o‘tishini ta’minlaydi, chunki magistraldagi va g‘amlama rezervuardagi bosim tenglashtirilgan.
Elektropnevmatik tormozi bo‘lgan poezdlarda mashinachilar tezlikni to‘g‘irlash va to‘xtatishni yuqori aniqlikda taminlashga yo‘l quyuvchi bosqichli qo‘yib yuborishdan foydalanadilar.




  1. Download 343.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling