Tortkol-Ellikqala shevasida. YusupovaG
U M U M I Y X U L O S A L A R
Download 264.78 Kb. Pdf ko'rish
|
tortkol-ellikqala shevasida oz va ozlashgan leksik qatlam
U M U M I Y X U L O S A L A R
To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasi vakillarining asosiy aholisi o‘zbeklardan tarkib topgan. Ular o‘zbeklarning xo‘jajabr, o‘n olti, kөkkөz, sarang kabi urug‘larga mansub. Oqboshli nomli Dehqon fermer xo‘jaligi (DFX)da tabaqchi, maqsim, tuyachi, do‘sanboy, tojik kabi urug‘ vakillari yashab keladi. Shuningdek, Yonboshqal’a nomli DFX hududida o‘zbek va qozoq xalqlari, Miskin, Sariqqamish, Obojon Durdiev, Turkmanko‘l, Qozoqlik (DFX) da turkman, qoraqalpoq va o‘zbeklar, Qoraxonboy, Sho‘raxon (DFX)da o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq xalqlari vakillari aralash yashaydilar. O‘zbek tili To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasi aholisining nutqi o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga mansub bo‘lib, shevada ishlatiladigan so‘zlarning deyarlik ko‘p qismi qarindosh tillar, ya’ni qoraqalpoq, qozoq va turkman tillari bilan mushtarak so‘zlardir. Chunki sheva vakillari o‘z kundalik hayotida qoraqalpoq, qozoq, turkmanlar bilan bir necha asrlardan beri birga yashab keladilar Umumturkiy leksik qatlamni tashkil etgan so‘zlarning ba’zilari o‘zbek adabiy tilidan ham ma’no, ham shakl nuqtai nazardan farq qilishi mumkin. Ayrim so‘z va terminlar esa To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasidagina keng ishlatiladi. So‘z o‘zlashtirish bir tildan ikkinchi tilga so‘z qabul qilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Bunday so‘zlar bir tomondan ma’lum tilning so‘zlashuv tilidan olinsa, ikkinchi tomondan bevosita shu tilning o‘zidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zlashtiriladi. Chetdan o‘zlashtirilgan so‘zlar barcha xalq tili yoki shevalarida bir xil bo‘lavermaydi. Biror shahar yoki qishloqda xalq xo‘jaligining qaysi bir sohasi tormoq otgan bo‘lsa, o‘sha sohada chetdan o‘zlashtirilgan so‘zlar salmoqli o‘rin tutadi. Ayniqsa, Mustaqillik sharofati bilan Mustaqil davlatlar hamkorligi xalqlari tillaridan, shuningdek, evropa, Osiyo tillaridan ko‘plab so‘z va atamalar kirib shevalar leksikasini boyitdi. Bozor iqtisodiyoti savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, ma’naviyat, ta’lim, ishlab chiqarishning barcha sohalariga, meditsinaga oid so‘zlar hisobiga boyib bormoqda.
50
O‘zbek xalqining tojik xalqi bilan aloqasi qadimdan asrlar bo‘yi davom etib keldi. Bunga bir necha tarixiy asoslar va sabablar bor: 1. Arablar istilosigacha bo‘lgan qadimgi tojik tili yoki so‘g‘diy tiliga yaqin bo‘lgan til bilan munosabat davri. 2. Arablar istilosidan keyingi tojik va o‘zbek tillari munosabati davri. Bu ikki xalqning turmush sharoiti bir xil va ular umumiy territoriyaga ega bo‘lganligi sababli hayotning turli sohalarida hamkorlik qilib keladilar. Bu hamkorlik tojik va o‘zbek xalqlarining tillarida fonetika, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishida o‘z aksini topdi.
Masalab, chөpkəri termini fors-tojik tilida cho‘b va kor morfemalarining birikuvidan tuzilgan bo‘lib, cho‘b-yog‘och, kor- hunar, kasb ma’nolarini anglatadi. Demak, cho‘bkori –sinchli imorat quruvchi usta, cho‘bkori – yog‘ochdan qilingan imorat demakdir. (FZT.1. 551, II.561) Binokorlikdagi ruscha o‘zlashmalar, terminlar mavzu jihatdan g‘oyatda rang- barangdir. Binokorlik terminlarining leksik- semantik xususiyatlari yuzasidan xulosa sifatidagi qaydlar: 1. Xalqning jonli so‘zlashuv tilida mavjud bo‘lib, lug‘atlarda qayd qilinmagan
Download 264.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling