Toʻrtkoʻl tumani 5- son umumtalim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ashirova manzuraning
O`tilgan darsni takrorlash. *10daqiqa*
Download 163.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqDars ishlanma Oʻqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu bayoni. *15daqiqa*
- IV.Mustahkamlash. *8 daqiqa*
- V.Dars yakuni
O`tilgan darsni takrorlash. *10daqiqa*
Kitob mavzusi ogzaki hikoya qilinadi. O'qituvchi o'quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida kitob, ilm haqida suhbat o'tkazadi. Podsho nima uchun darg'azab bo'libdi? Matndan donishmandning javobini toping va o'qing. Podshoning savoliga siz nima deb javob bergan i bo'lardingiz? Yangi mavzuni o'rganishga o'quvchilarni tayyorlash. Suhbat:O`qituvchi: - Bugun biz sizlar bilan buyuk bobomiz mir Alisher Navoiy hazratlari haqida suhbat yuritamiz. O`qituvchi tomondan o`quvchilar e`tiboriga quyidagicha savollar beriladi: - Buyuk bobokalonlarimiz qatori Alisher Navoiy nomini kop tilga olamiz. Xosh, Alisher Navoiy kim bolganlar? ( Alisher Navoiy buyuk shoir, gazal mulkining sultoni, davlat arbobi bolganlar. - Alisher Navoiy qachon va qayerda tugilgan? - ( Ular 1441 yil, 9- fevralda Hirot shahrida dunyoga kelganlar. - Bobomiz haqida nimalarni bilasiz? ( Alisherning otasi Giyosiddin Kichkina temuriylar saroyida xizmat qilgan. Onasi shahzodalar enagasi bolgan. Alisher yoshligidan zukko bola bolgan. U yosh chogidanoq ozbek adabiyoti va tilini, fors- tojik, arab tili va adabiyotini chuqur organgan. Alisher 15 yoshidayoq shoir sifatida shuhrat qozondi.) - Xamsa asariga kiruvchi dostonlarni sanay olasizmi? ( Hayratul abror, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Sabbai sayyor va Saddi Iskandariy) Oquvchilardan Navoiy yozgan hikmatli sozlardan, ruboiylardan soraladi. - Yaxshilikni bilmasang, borib yaxshilarga qoshil. - Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqami ketgumdir oxir. - Aytar sozni ayt, Aytmas sozdan qayt. - Chin soz motabar, yaxshi soz muxtasar. - Haq yolida kim senga bir harf oqitmish ranj ila, Aylamak bolmas ado oning haqqin yuz ganj ila. III. Yangi mavzu bayoni. *15daqiqa* Alisher bu katta bog' hovlining har bir burchagini tomosha qilib uzoq yurdi. Daraxtlarning novdalariga osilgan rangdor qafaslardagi to'ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichra tinimsiz sakrashlarini, sayrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qarab yuradigan maxsus xizmatkorga ergashib, unga bitmas-tuganmas savollar berdi. Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda Husayn paydo bo'ldi. Lining boshida kichkina ipak salla, ustida yangi baxmal to'n, oyoqlarida zarhal etik, kamariga oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayn osmonga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi. Qullar, kanizlar oyog'iga o'ralib ne qilib yurursen? deb so'radi qah-qahlab Husayn. Qushlarni sayr eturmen, bir-biridan ko'rkam... deb javob berdi Alisherf. Shahzoda Husayn va Alisher ko'chaga otildilar. Katta maydonda yigitlar o'q uzish mashqi ila mashg'ul edilar. Beklar, mirshablar ko'p edi. Bolalar qiziqib tomosha qildilar. Bir tomonda ikki fil lopillab, qaydandir katta-katta xarilarni tashib kelardi. Fillar ustida o'ltirgan bo'z yaktakli ikki oriq chol o'zaro tinmay gaplashib, ba'zan kulib qo'yar edi. Sovut kiygan, ot mingan yigitlar bir qo'llarida yoy, bir qo'llari bilan o'q uzardilar. Ular bir marraga yetganda darhol qilich-qalqon tutib qilichbozlikka kirishar, shovqin-suron ko'tarar, chuvvos-hayqiriq bilan maydon o'rtasida yig'ilib qolar edilar. Maydon chetida bir to'da beklar «Yaxshi-yaxshi!», «Balli!», «Durust!», «Ofarin!» deb ularni rag'batlantirib turardilar.; Jasur yigitlar-a! dedi Husayn kattalardek salmoq-lanib, Xudo xohlasa, men qilichboz bo'lurmen, ko'zimga ko'ringan yovning kallasini sapchadek uzurmen. Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlaming qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xayol bilan band edi. Qara, kabutarlar raqsini ko'r! Alisherning yengini tortdi osmonga qarab Husaynl.. Kabutarlar farishtalarga o'xshaydi-ya! dedi o'ylanib Alisher. Men xo'b sevadurmen kabutarlarni, tomoshadan charchashni bilmaydurmen, ishqim baland... Shu tobda Husayn oldida beo'xshov o'ralgan katta sallali, ko'zlari hiylakor, o'ttizlardan oshgan bir yigit, qo'llari ko'ksida, ta'zim ila to'xtadi: Shahzoda, kech bo'ldi, ruxsat bersalar ketaylik. Shahzoda, xayr, yaxshi borsinlar, dedi Alisher ham hayajonda. Uchi tutashib ketgan chinorlar xiyobonida ikki otliq ko'zdan g'oyib bo'lgach, Alisher asta yurib, ichkariga kirdi. Bazm avjida edi. IV.Mustahkamlash. *8 daqiqa* 1.Matndan Alisherning tashqi ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping va ovoz chiqarib o'qing. 2.Alisher bilan Husayn bog'da nimalarni tomosha qilishdi? 3.Ularning suhbatiga qarab har ikkisining nimaga qiziqishini ayting. 4.Ikkinchi qism o'qilayotganda siz o'zingizda o'zgarish sezdingizmi? Nima uchun? Hikoyani qayta oqittiraman. V.Dars yakuni. Oʻquvchilar bilimini baholash. *6 daqiqa* VI.Uyga vazifa: *2daqiqa* Matnni oqish va sozlab berishga tayyorgarlik korish. Download 163.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling