Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Nutqning ta’sirchanligi. Nutqning yuzaga chiqishida aniq bir maqsad - 
tinglovchi ongiga ta’sir etish vazifa qilib qo‘yiladi. Shuning uchun ham ta’sirchanlik 
nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosak 
og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. Shu bilan birga uning tinglovchi tomonidan 
qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhimdir. Omma tushina 



oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo‘yiladigan asosiy 
shartlardan hisoblanali.
Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida notiqni o‘zini qanday tuta 
bilishi, imo -ishoralari, hatto qiyinishi ham asosiy omillardan biridir. Samimiylik, 
xushmuomalali, odoblilik, tinglovchilarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning 
kishilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi. 
Til madaniyati va nutq madaniyati 
Kishilarda madaniy nutq malakasini shakillantirish ya’ni adabiy til, umuman til 
mezonlariga, mavjud qoidalarga to‘la amal qilgan holda nutq tuzish malakasini 
shakillantirish notiqlik san’atining asosiy vazifasidir. 
Shu bilan birga, yaxshi nutqni baxolash va targ‘ib qilish ham uning vazifasi 
doirasiga kiradi, chunki ana shu nutq va uning sifati, belgilari namuna sifatida olinadi 
va kishilarda ana shunday nutqqa havas uyg‘otadi, ularning nutq odobi shakillantiradi. 
Nutqning adabiy til bilan munosabati bu fanning asosiy masalasidir. Chunki namunali 
nutqning barcha xususiyatlari (to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, tushunarlilik kabilar) nutqning 
adabiy til bilan munosabati natijasi sifatida yuzaga keladi. 
Ritorika – amaliy jixatdan nutqning hilma-hil muamolarini tadqiq qiluvchi 
fan. Tilshunoslikning mustaqil soxasi sifatida chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari
sirlari, til me’yorlari, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashishi mumkin 
bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning qurilishlari, nutqning talaffuziga 
doir muamolar yuzasidan baxs yuritadi. 
Ritorika asoslari fan sifatida o‘z tekshirish ob’ekti va vazifalariga ega. Uning 
tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning komunikativ 
(aloqa uchun kerakli) fazilatidir.
Adabiy til va uning me’yorlari, ulardan foydalanish haqidagi qoidalar barcha 
uchun majburiy yagonadir. Ularni xar kim o‘zicha, o‘zi bilganicha o‘zgartirib 
qo‘llashi mumkin emas. Adabiy til ikki hil ko‘rinishga ega:
1.yozma adabiy til;
2.og‘zaki adabiy til.


10 
Adabiy tilning bu shakllari nutqiy faoliyat nuqtai nazaridan: yozma nutq va 
og‘zaki nutq deb ham yuritiladi. Nutqning ikkala shakli ham yagona adabiy til 
me’yorlariga tayanib ish ko‘radi. Nutq madaniyati soxasidagi yozma nutq madaniyati
doirasiga ilmiy nutq, rasmiy nutq, publistik nutq, qisman badiiy nutq, shuningdek
radio va televidenie uchun tuzilgan yozma matnlar turi kiradi. 
Og‘zaki nutq dastlab ikki tipga ajratiladi: 1.Oddiy so‘zlashuv nutqi; 2. Adabiy 
so‘zlashuv nutqi. Oddiy so‘zlashuv nutqi o‘zbek tilida tabiiy xolda mavjud bo‘lgan 
og‘zaki nutq ko‘rinishlaridan iborat. Ularga turli o‘zbek Sheva va laxjalari tili, ya’ni 
dialektik nutq ko‘rinishlari,
Shevachilik unsurlari tasirida bo‘lgan kundalik 
so‘zlashuvning boshqa ko‘rinishlari va b. 
Oddiy so‘zlashuv nutqining til bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Shuning 
uchun oddiy so‘zlashuvdan biz talqin qilayotgan nutq madaniyati talab qilinmaydi. 
Oddiy so‘zlashuv oldiga qo‘yiluvchi nutqiy talablar aniq laxja va shevalarning tabiiy 
me’yorlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Adabiy so‘zlashuv nutqi – adabiy til madaniyatiga, ya’ni adabiy til me’yorlariga 
amal qilgan xolda gapirishdir. Adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan 
ancha qiyinchilik bilan erishiladigan jarayondir. Buning sabablari: 
1. Og‘zaki nutqda shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi; 
2. Og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi. 
3. Og‘zaki nutqning o‘ziga hos grammatik tuzilishi, qurilish tartIbn mavjud. 
(Nutqda gap bo‘laklarini tushirib qolishi, qisqarib ketishi, o‘rin almashishi, 
aksincha keraksiz unsurlarning, takrorlarning bo‘lishi va b.) M: Qo‘limga 
qilvoring. Anavi, manavi, masalan, shunday qilib, anaqa, manaqa. 
1. Og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi. 
2. Og‘zaki nutqningg yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyati nutq 
so‘zlanayotgan vaziyatga, so‘zlovchi nutqiy a’zolarining sog‘lomligiga bog‘liq; 
Og‘zaki nutqning quyidagi vazifasiy ko‘rinishlari mavjud: 
1. Kundalik so‘zlashuv nutqi 
2. Lektorlar nutqi 
3. Radio va televidenie nutqi. 


11 
4. Saxna nutqi. 
Ritorika nazariyasida til me’yori markaziy tushunchalardandir. Til 
madaniyatining asosiy tekshirish obekti adabiy til me’yorlari, ushbu me’yordagi 
ikkilanishlarni bartaraf etish kerak. Til me’yori tushunchasi murakkab 
muammolardan bo‘lib, ko‘p o‘lchovli, ko‘p rejali, ya’ni obektiv-tarixiy, madaniy-
sotsiologik va sof lingvistik hodisadir. 
Tilni ifodalashni boshqa usullari ham bor. Ulardan eng mashxuri - bu yozuvdir.
Yozuv avval axborotni saqlash vositasi edi va shu mavqeda u qadimgi davlatlar va 
tamaddunlarning ma’muriy maqsadlariga xizmat qildi. Hujjatlarda o‘tmish haqidagi 
axborot saqlanadi. Ular yordamida bugungi kun voqealari to‘g‘risida ham 
ma’lumotlar olish mumkin. Yozuv – xatni qog‘ozga yoki boshqa materialga 
ko‘chirishgina emas, balki o‘z-o‘zidan qiziq hodisa bo‘lib, yozma hujjatlar va matnlar 
ba’zi jixatlardan og‘zaki nutqdan mutlako farq qiluvchi xususiyatlarga ega. 
Nutqning ta’siri xar qachon so‘zlar ifodalangan muayyan matn bilan cheklanadi.
G‘oyalar va tajribani avloddan-avlodga yozuvning yordamisiz erishib bo‘lmaydi. 
Matnlar asrlar davomida yashashi mumkin. Masalan Ijil matnlari g‘arbning keyingi 
ikki ming yillikdagi tarixini muhim qismini tashkil qiladi. Yunonistonning Buyuk 
dramaturglarining bizgacha etib kelgan asarlarini o‘qib hayratlanamiz. 
Xar bir davr adabiy tilining o‘z me’yorlari bo‘ladi, ba’zi bir hodisalar uzoq 
davrlar me’yor sifatida qo‘llanib kelishi mumkin. Alisher Navoiy ijod qilgan XV-
asr o‘zbek adabiy tilining tarakqiy etish davri hisoblanadi. 
Shuni alohida aytish kerakki, notiqlik faqat chiroyli so‘zlarni qo‘llay 
olishdangina iborat emas, balki notiq so‘zning ta’siri, uning ijtimoiy ahamiyatiga 
ham katta e’tibor berishi kerak. Zero, notiqning saviyasi, iqtidori, salohiyati va 
insoniyligi u so‘zlagan matnning nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi bilan 
belgilanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Ritorika – shaxsning til imkoniyatlarini 
yuqsaltirish, til madaniyatini shakillantirish, fikrlash doirasini kengaytirish va ulardan 
nutq sharoitiga mos moxirona foydalana olishga xizmat qiladi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling