Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
Ritorika

 
MUHOKAMA - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, 
ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma 
tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga 
tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli hajmdagi diologlari, monologlari asosida 
yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan 
foydalaniladi. 
 
MUNOZARA- biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini 
anglatadi. Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga 
intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga 
hayajonli, tinglovchilarni qiziktiradigan va muhokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. 
Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning 
shaxsiga tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. 
 
MIMIKA - Inson yuzini qalb ko‘zgusi deb atash mumkin. Mimika, Ya’ni yuz 
muShaklarining harakati kishining ichki ruhiy holatini aks ettirib, u qanday hislarni 
boshidan kechirayotgani haqida to‘g‘ri axborot beradi.
MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish (obrashenie) - insondan ko‘p narsani 
talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar 


140 
majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay 
paytda, suhbatdosh bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. 
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki o‘z
maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida 
aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar 
o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er–xotin o‘rtasidagi, do‘stlar yoki mansabdor 
shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan 
so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular 
–rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz. 
XUSHFE’LLIK. Ushbu axloqiy hatti-harakat me’yoriylik nuqtai-nazaridan 
g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar 
muomala madaniyatining Yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, 
shirinsuxan inson o‘zining har bir muvoffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, 
alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi. 
Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham 
ko‘tarinki kayfiyat, tarli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi 
hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat 
qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling