Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUROJAAT QILISH
SALOMLASHISH ODOBI - Salomlashish insonning insonga bildirgan
hurmati, odamlarning o‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir – biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan udum bo‘lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Assalomu-alaykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak. Salomlashish kishilar orasidagi o‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishida ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda Yoki xayrlashganda aytiladigan “Assalomu alaykum”,”salomatmisiz”,“omonmisiz”, ”yaxshimisiz”, “salomat bo‘ling” deyiladi. Bu so‘zlarda,insonlarning bir-biriga hurmat extiromi, hayrixoxlik izhori bilan birga bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor. MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish - insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Murojaat qilish har - hil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdash bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, o‘z maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar 144 o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er -xotin o‘rtasidagi, do‘stlar Yoki mansabdor shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling