Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
DEMOSFEN.
Qadimgi Yunonistonning Buyuk notiqlaridan biri Demosfendir. Unga Ritorikasohasidagi faoliyatida sharaf keltirgan narsa ulkan siyosiy nutqlaridir. Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydi. Unda jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va diksiyasi yomon bo‘lgan, kifti asabiy ravishda titrab turgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Demosfen ovozini o‘stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlardi va to‘lqin shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga Yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon bergan. ARASTU. Arastu Ritorikanazariyasi – «Ritorika» asarini yaratdi. Bu asar uch qismdan iborat:1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar taxlili.2. Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat.3. Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usulari. Arastuning fikricha ritorika fanining birinchi asoschisi Empidokl bo‘lgan. Lekin uning bu sohadagi ishi bizgacha umuman etib kelmagan. Empedoklning Shogirdi Koraks ritorika haqida Yangi ish yozgan bo‘lib, u ham bizgacha etib kelmagan. Eng muhimi Koraks chiroyli nutqni «Ishontiruvchi 146 xizmtkor» deb ta’riflaydi. Notiqlik san’atining rivojlana borishi uning prinsip va usullarini kashf etishga ham urinishga olib keldi. Natijada chiroyli so‘zlash nazariyasi – ritorika maydonga kela boshladi. SITSERON. Sitseron Rim notiqlariing yalovbardoridir. Sitseron mukammal bilim oldi va notiqlik san’atining muhim maktabini bitirdi. Sitseron ijodida ikki an’ana asosiy rol o‘ynadi. Bulardan biri, grek so‘z ustalari maktabi keng bilim maydoni bo‘lsa, ikkinchisi, eski Rim notiqlari tajribasi, birinchi navbatda Katon tajribasi edi. Sitseronning notiqlik san’atidagi muvoffaqiyatida uning tabiiy qobiliyati – ta’sirchanlik, hayotiy idrok, chuqur sezgirlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. KAYKOVUS. Kaykovusning Sharq pedagogikasi tarixida g‘oyat qimmatli asarlar qatorida turuvchi «Qobusnoma»sida ham notiqlik sharxlari uchun alohida bob ajratilganligi bu san’atga bo‘lgan, uning san’atkoriga bo‘lgan qiziqishning orta borganligini ko‘rsatadi. «Qobusnoma»ning «Suhandonlik bilan baland martabaga ega bo‘lish haqida» deb nomlangan ettinchi bobida va hunarni egallashga bag‘ishlangan oltinchi bobida notiqlik sirlariga doir o‘gitlar bildiriladiki, bu fikrlar o‘sha davrda ham hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling