Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVLONO RIYOZIY.
- HUSAYN VOIZ KOSHIFIY.
XO‘JA MUAYYAD MEHNAGIY. U o‘z zamonavining alloma notiqlaridan
biri bo‘lib, dunyoqarashi jihatidan oddiy mehnat ahliga juda Yaqin bo‘lgan. U, mavlono Navoiyning shohidlik berishicha, bir qabristonning bechoraxol shayxi bo‘lgan. E’tirof etishlaricha, Mehnagiyning voizligi uning donishmandligidan kam bo‘lmagan. MAVLONO RIYOZIY. U behad azobu-uqubatlar bilan g‘ariblikda, ta’qibu malomatlar iskanjasida umr kechirgan. Bu xol uning voizlik san’atida ham o‘z aksini topgan. Hayotning achchiq-chuchuklarini boshidan kechirgan Riyoziy ham voizgina bo‘lib qolmay olim, murabbiy va shoirlik darajalariga ham erishgan. Murosasiz kurash va dahanaki janglar, hujum va mudofaalar girdobida chiniqqan Riyoziyning nutqlari jo‘shqinligi, jasoratliligi, o‘tkirligi bilan ajralib turgan. O‘sha davrning mashhur notiqlaridan biri Mavlono Riyoziyning notiqlik faoliyatida nutqni harakat bilan, mimika bilan qo‘shib olib borish ustun bo‘lgan. Navoiying yozishicha, “Va’z aytib, minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdi xol qilur”. 148 HUSAYN VOIZ KOSHIFIY. U taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzovor shaxrining Bayxaki kentida tug‘ilgan. Yoshligidanoq voizlik – so‘z san’ati bilan mukammal shug‘ullanadi. Natijada Sabzavorda o‘zi yosh bo‘lsada ko‘zga ko‘ringan voiz bo‘lib taniladi. Uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy ham olim, shoir, yozuvchi, islom dinining targ‘ibotchisi sifatida butun Xuroson muzofatida mashhur bo‘lgan. Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan. Aytishlaricha, uning bunday so‘z san’atidagi mahoratini Navoiy bilan birga Sulton Husayn Bayqaro ham Yuksak baxolagan va ular o‘z asarlarini axoli o‘rtasida rasmiy ijro etish lozim bo‘lgan paytlarda, bu ishga Husayn Voizni munosib ko‘rganlar. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling