Тоshkent – 2022 Mavzu: Geometrik va proyeksion chizmachilik darslarida interaktiv


Download 40.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.12.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1779514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
\'Ochiq dars taqdimoti

Pedagogik texnologiya -
o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha
aniqlovchi tizimli kategoriya.
Ko‘pgina
mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, ta’lim-tarbiya
tizimini rivojlantirishda, o‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga
erishmoqdalar.
Har qanday fan o‘qituvchisi nafaqat o‘zi dars beradigan fandan yetuk mutaxassis
bo‘lishi, balki uni qanday o‘qitish yuzasidan ham metodik bilim, ko‘nikma va
malakaga
ega
bo‘lishi lozim. Bunda o‘qituvchi bugungi kunda o‘qitishda
foydalanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning mazmun-
mohiyatini, ulardan darslarda o‘rinli va samarali foydalanishni o‘zlashtirgan bo‘lishi
talab etiladi.


Geometrik va proyeksion chizmachilik darslarida interaktiv metodlarnng amaliy tatbiqi.
Pedagog avvalo, metodika, metod, usul, uslub, pedagogik texnologiya, interfaol
metod kabi terminlarning mohiyatini bilishi kerak bo‘ladi.
Metodika –
yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, biror ishni bajarish, amalga
oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi. O‘qitish usullari
haqidagi ta’limot.
Metod -
yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish,
tadqiq qilish usuli.
Usul -
arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, asosiy qoidalar, qonunlar, qabul qilingan
tartib degan ma’nolarni beradi. Binchidan biror narsani yuzaga chiqarish, amalga
oshirish yo‘li, harakat tarzi, xili, tartibi, yo‘l. Ikkinchidan, biror ish, mashg‘ulot
kabilarga xos bo‘lgan, unda qo‘llanuvchi asosiy xatti-harakat, yo‘l.
Uslub 
arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, tartib, tartib-usul, usul, yo‘sin, shakl
degan ma’nolarni beradi.
(Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 2 жилд, 582-бет. 2006-2008.)



Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling