Geometrik va proyeksion chizmachilik darslarida interaktiv metodlarnng amaliy tatbiqi.
Pedagogik texnologiyaga ko‘plab olimlarning bergan ta’riflari bilan ko‘pchilik
tanishgan. Biz ulardan xulosa qilib YuNESKO tomonidan olg‘a surilgan fikrni
keltirib o‘tamiz.
Unda shunday deyilgan:
“Pedagogik texnologiya
– bu ta’lim shakllarini
jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha
jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari
vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir”. Pedagogik
texnologiya o‘quv jarayoni (ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati bilan), uning
tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko‘p darajada bog‘langan.
Pedagogik texnologiya – pedagogning o‘quv faoliyatida hamda o‘qishdan tashqari
faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidir.
Interfaol ta’lim
(inglizcha- “interact”, ruscha - “interaktiv”; “inter” – o‘zaro, “act”
– harakat qilmoq) – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Geometrik va proyeksion chizmachilik darslarida interaktiv metodlarnng amaliy tatbiqi.
“Qarorlar shajarasi” metodining amaliy tatbig‘i.
Ushbu metodni amalga oshirish sxemasiga asosan proyeksion chizmachilikdagi asosiy katta
mavzular bo‘yicha tahlillar amalga oshiriladi. Quyida detalning qanday yaqqol tasvirini bajarish
samarali bo‘lishi “Qarorlar shajarasi” metodi misolida ko‘rsatilgan.
Masalan, 1-jadvalda “Detalning qanday yaqqol tasvirini bajarish samarali bo‘ladi” degan
savolga “Izometrik proyeksiyasini”, “Frontal dimetrik proyeksiyasini”, “Texnik rasmini” degan
javoblarning afzallik va kamchilik tomonlari talabalar tomonidan tahlil qilinadi va so‘ngra
umumiy qarorga kelinadi.
Bunday muammolarni proyeksion chizmachilikdagi ko‘plab mavzular bo‘yicha ham tahlil
qilish mumkin. Masalan, 2-jadvalda “Detal yaqqol tasviriga asosan uning orthogonal
proyeksiyasida qanday qirqim tadbiq qilish to‘g‘ri bo‘ladi” degan savol muhokamaga
qo‘yilgan.
Chizmachilik fanidagi “Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish usullari”, “Lekalo egri chiziqlarini
yasash usullari”, ko‘rinishlar mavzusiga oid “A” va “E” tizimlarning o‘zaro tahlili, “Qirqim
turlari”, “Kesim turlari”, “Aksonometrik proyeksiyalar” va hokazo mavzularni ham ushbu
interfaol metod yordamida o‘rgatish o‘zining ijobiy samarasini berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |