Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


-rasm. Tashkilot mikromuhitida ta’sir etuvchi kuchlar


Download 2.21 Mb.
bet138/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

3.1-rasm. Tashkilot mikromuhitida ta’sir etuvchi kuchlar14

Marketing tadqiqotlarida tashkilot yoki korxona faoliyat yuritayotgan tashqi muhit omillarini qrganish, ularni nazarda tutish zarur bqladi. Marketing muhitini qrganishda uni yalpi muhit omillariga nisbatan farqini anglamoq lozim. Masalan, menejment va biznesini tashkil etishga oid masalalarni hal etishda tashqi muhit omillari turlicha tartibda va yqnalishda qrganiladi. Tashkilot marketing muhitini qrganish esa eng avvalo, marketing faoliyatini tashkil etish va marketing maqsadlarini amalga oshirish vazifasini ustivor qilib qqyadi.


Marketing muhiti – tashkilotdan tashqari holda faol ta’sir qtkazadigan sub’ektlar va kuchlar yig’indisi bqlib, bozor ishtirokchilari va xaridorlar bilan bqladigan barcha munosabatlarga va ularning shakllanishiga ta’sir qtkazadi.
Marketing faoliyatini boshqarish jarayoni korxonaga uning ichkarisida ham, tashqaridan ham ta’sir kqrsatuvchi elementlar yig’indisiga bog’liqdir. Ushbu elementlar yig’indisi «korxonaning marketing muhiti» deb nomlanib, uni tashqi va ichki muhitga ajratish mumkin. Tashqi muhit bu – tashkilot va uning marketing bqlimi tomonidan boshqarib bqlmaydigan elementlardir. Ichki muhit esa tashkilotning o’zida, xususan, marketing bqlimi tomonidan nazorat qilinuvchi elementlarni qamrab oladi.
Tashqi muhitni maqsadli xaridorlar, ta’minotchilar, raqobatchilar, vositachilar va maqsadli doiradan iborat bqlgan mikromuhit hamda iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy, ekologik va siyosiy-huquqiy omillardan iborat bqlgan makromuhitga taqsimlash mumkin.
Bozorda iste’molchi sifatida yakuniy iste’molchilar – yakka holdagi shaxslar, oilalar, uy xqjaliklari va ist’molchi-tashkilotlar – ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari namoyon bqladi.
Ta’minotchilar bu korxonani ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun zarur bqlgan moddiy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlab turuvchi firma va alohida shaxslardir.
Marketing muhiti ta’minotchilarga nisbatan uzoq va qisqa muddatli, yakka holdagi va ommaviy bqlishi mumkin. Ta’minotchilarni tanlab olish murakkab va juda mas’uliyatli vazifa, chunki ishlab chiqarishning ritmikligi, firmaning rentabelligi va nufuzi kqp jihatdan aynan shunga bog’liq bqladi.
Ta’minotchilarga qqyiluvchi asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • ta’minot jadvaliga aniq rioya qilish;

  • sifat standartlariga rioya qilish;

  • talablarning o’zgarishiga tezkorlik bilan javob qaytarish;

  • texnik hujjatlarning detalli bayon qilinishi;

  • narx siyosatining barqarorligi va moslashuvchanligi;

  • ochiqlik (hududiy va kommunikatsion).

Ta’minotchilarga nisbatan marketing talablari umumiqtisodiy vaziyat va bozor kon’yunkturasiga qarab o’zgarib turishi mumkin.
Vositachilar bu tanlab olingan bozorda korxonaning tijorat faoliyatini qqllab-quvvatlovchi firma va alohida shaxslardir. Marketing vositachilari strukturasi savdo vositachilari, transport kompaniyalari, moliya-kredit muassasalari, reklama va konsalting firmalaridan tarkib topgan.
Marketing vositachilariga murojaat qilishga undovchi sabablar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan vujudga kelib turishi mumkin. Umuman olganda vositachilar mahsulotning samarali taqsimlanishi va sotilishiga xizmat qiladi.
Raqobatchilar firmalar va alohida shaxslardan iborat bqlib, ularning faoliyati boshqa korxonaga xavf tug’dirishi mumkin. Firma bozorda uning faoliyatiga kuchli ta’sir kqrsatishi mumkin bqlgan turli raqobatchilarga duch keladi. Marketing nuqtai nazaridan raqobatchilar tqrt turda bqladi:

  • istak-raqobatchilar;

  • qxshash tovarli raqobatchilar;

  • tovar turlari bqyicha raqobatchilar;

  • tovar predmetlari bqyicha raqobatchilar (raqobatchi markalar).

Bu raqobatchilar qrtasidagi farqlar quyidagi sxemada aks ettirilgan (3.2-rasm).



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling