Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Marketing muhitining makro va mikro muhitlarga turkumlanishi va uning ahamiyati
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
3.2. Marketing muhitining makro va mikro muhitlarga turkumlanishi va uning ahamiyati
Marketing muhiti tashkilot doirasidagi va keng ta’sir doirasidagi belgisiga kqra mikro va makromuhitlarga bqlinadi. Mikromuhit tarkibiga tashkilot tomonidan o’z imkoniyatlari va mavjud salohiyati vositasida ta’sir etuvchi sub’ektlar va kuchlar kiradi. Jumladan, ta’minotchilar, raqobatchilar, mijozlar va xaridorlar, marketing bqyicha vositachilar (agar ular tashkilotga bevosita maslahatlar berayotgan bqlsa), muloqotdagi jamoa – mikromuhit elementlari hisoblanadi. Ushbu mikromuhit elementlari va makromuhitni tashkil etuvchi kuchlar olimlar tomonidan turlicha turkumlanadi. Masalan, D.Evans va B.Berman fikrlariga kqra, marketing amalga oshirilayotgan muhitni firma rahbariyati va marketing mutaxassislari tomonidan nazorat etiladigan va nazorat etilmaydigan omillar guruhiga bqlib qrganish maqsadga muvofiq. Ushbu yondoshishni D.Evans va B.Berman firma rahbariyati va marketing mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan Amaliy hatti-harakatlarda, boshqarish sohasidagi chora va tadbirlarda deb asoslaydilar va baholaydilar. Bizning fikrimizcha, ushbu ilmiy yondoshishi va amaliy tahlil ijobiy jihatlarga ega va u izlanishning asosiy mezoni sifatida marketingni tashkil etish va boshqarish vazifalarini birlamchi qilib qqyadi. Marketingni makro va mikromuhitlarga turkumlab qrganish klassik tarzda bo’lib, u tashqi o’zgarishlar ko’lamini o’ta tartibli tizimga solib qrganish va inobatga olish imkonini beradi. Marketing faoliyatini amalga oshirishda tashkilotning barcha funktsional bqlinmalari (buxgalteriya, moliya, ishlab chiqarish, sotish, marketing, ilmiy-tadqiqot va hokazo) etakchi ahamiyat kasb etadi. Bqlinmalarning tashkiliy tuzilishi, bqysunishi esa tashkilotning boshqarish tuzilishidan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlab qtish joizki, marketing maqsadlari va vazifalari bevosita boshqarish tizimining shakllanishini belgilashi lozim, aksincha emas. Shu nuqtai nazardan, marketing faoliyatining shakllanishi va mikromuhitda tasir etuvchi kuchlar ta’sirini e’tiborga olish zarur hisoblanadi. Tashkilot makromuhitini qrganish ta’minotchilardan boshlanadi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashiklot. Uyushma, shaxslar yig’indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta’minlaydi, muayyan tovar ishlab chiqarish va xizmat kqrsatish uchun sezilarli ta’sir qtkazadi. Ta’minotchilarni qrganish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tashkilot uchun ta’minotchi bo’lgan firma, uning raqobatchisi uchun ham ta’minotchidir. Ta’minotchi ham o’z faoliyatida erkin bqlib, uning talablar va ehtiyojlarini tabiiyki, nazarda tutish lozim. Masalan, A – firmaning ta’minotchisiga nisbatan munosabatini olaylik. Etkazib berilgan tovar uchun pul tqlovlarining kechiktirilish, shartnoma kelishuvlarining tez-tez buzib turilishi, nafaqat undan mahrum bqlish xavfini, balki barcha ta’minotchilar qrtasida ushbu A – firmasiga nisbatan salbiy mulohazalar vujudga kelishiga sabab bqladi. Eng kqngilsiz oqibat sifatida esa, qayd etilgan ta’minotchini A – firmaning Raqobatchisi manfaatlarida xizmat qilishi va uning doimiy ta’minotchisiga aylanishini misol qilish mumkin. Marketing bqyicha vositalar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlariga etkazish. Sotish, aloqa qrnatish bqyicha yordam kqrsatuvchilardir. Ular jumlasiga savdo vositachilari (dilerlar, distribyuterlar, savdo markazlari va hokazo), tovar etkazib berish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar (transport xizmati kqrsatuvchi tashkilolar, portlar, aeroportlar, omborlarga ega bqlgan tashkilotlar vash u kabi tovar harakatini ta’minlovchilar, vositailar), kredit-moliya muassasalari (banklar, sug’urta kompaniyalari va hokazo) kiradi. Mijozlar va xaridorlarni qrganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga bqlib qrganish keng tarqalgan. Tashkilot o’z mahsulotlarini quyidagi mijozlar bozorida sotishi mumkin: iste’mol bozorida, ya’ni bevosita uy xqjaliklari ehtiyojlarin qondirish uchun; ishlab chiqaruvchilar bozorida, ya’ni tashkilot mahsulotidan foydalanib, boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etiladigan bozorda; davlat muassasalari bozorida, ya’ni davlat buyurtmalari asosida bajariladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlar bozorida; ulgurji bozorda; xalqaro bozorda. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling