Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
-rasm. Raqobatchilarni turkumlash belgilari
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4-rasm. Firmaning mikromuhitida ta’sir kqrsatuvchi asosiy kuchlar
3.3-rasm. Raqobatchilarni turkumlash belgilari
Har bir bozor o’z xususiyatiga va mijozlarining turli-tuman ehtiyojlariga ega. Shu jihatdan, tashkilot mijozlar kqlamini va tarkibini o’zgartirishi natijasida tovarni ishlab chiqarish hajmi, quvvati, sotish intensivligi, foyda me’yori turlicha bqladi. Demak, tashkilot o’z oldiga keng imkoniyatli mijozlar bozorini shakllantirish vazifasini qqymog’i lozim. Raqobatchilar alohida qrganishni talab qiladi. Ular o’z navbatida, istak bqyicha, safdosh tovar bqyicha, tovar turi bqyicha va tovar markasi bqyicha turkumlanadi. Firma faoliyati mikromuhitining asosiy omillari. Har qanday firmaning faoliyat kqrsatishidan asosiy maqsad bu foyda olishdir. Marketing boshqaruv tizimining asosiy vazifasi maqsadli bozorlar nuqtai nazaridan jozibali bqlgan tovarlar ishlab chiqarishni ta’minlash hisoblanadi. Biroq marketing rahbariyatining muvaffaqiyatga erishuvi firmaning boshqa bqlinmalari faoliyatiga, shuningdek, vositachilar, raqobatchilar va turli muloqot doiralarining hatti-harkatlariga ham bog’liq bqladi. Firmaning mikromuhiti doirasida amal qiluvchi kuchlar 3.4-rasmda aks ettirilgan. Marketing bqyicha boshqaruvchilar faqat maqsadli bozor ehtiyojlari bilangina cheklanib qolishlari mumkin emas. Ular mikromuhitning boshqa barcha omillarini ham hisobga olishlari zarur. Bu omillarning ta’siri va rolini AQShdagi yirik velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bqlgan "Shvinn baysikl kompani" firmasi misolida kqrib chiqamiz. 3.4-rasm. Firmaning mikromuhitida ta’sir kqrsatuvchi asosiy kuchlar Marketing rejalarini ishlab chiqishda firmaning marketing bqlimi rahbarlari firmaning boshqa bqlimlari, xususan, oliy rahbariyat, moliya bqlimi, ITTKI bqlimi, moddiy-texnika ta’minoti bqlimi, ishlab chiqarish va buxgalteriya manfaatlarini hisobga olishi zarur. Marketing rejalarini ishlab chiquvchilar uchun aynan shu guruhlar firmaning mikromuhitini tashkil qiladi. Ta’minotchilar. Ta’minotchilar bu kompaniya va uning raqobatchilarini muayyan turdagi tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bqlgan moddiy resurslar bilan ta’minlovchi firmalar va alohida shaxslardir. Velosiped ishlab chiqarish uchun "Shvinn" firmasi, masalan, pqlat, alyuminiy, shina va boshqa materiallarni xarid qilishi lozim. Bundan tashqari, undan faoliyatni davom ettirish uchun zarur bqlgan ishchi kuchi, asbob-uskunalar, yoqilg’i, elektr energiyasi va hokazolarni sotib olish talab qilinadi. Ta’minotchilar muhitidagi hodisalar firmaning marketing faoliyatiga sezilarli ta’sir kqrsatishi mumkin. Marketing bqyicha boshqaruvchilar ta’minot predmetlari narxini kuzatib borishlari lozim, chunki xarid qilinuvchi materiallar narxining qsishi chiqarilayotgan mahsulotning ham narxini oshirishni talab qiladi. U yoki bu materiallarning etishmasligi, ish tashlashlar yoki boshqa hodisalar ta’minotning muntazamligini buzishi va tayyor mahsulotni buyurtmachilarga jqnatish grafigiga amal qilmaslikka olib kelishi mumkin. Qisqa muddatli sotuv imkoniyatlari qqldan chiqariladi, uzoq muddatli rejada esa mijozlarning firmaga bqlgan ishonchi yqqotiladi. Marketing vositachilari. Marketing vositachilari bu kompaniyaga uning tovarlarini mijozlar orasida ilgari surish, tarqartish va sotishga kqmaklashuvchi kompaniyalardir. Ular qatoriga savdo vositachilari, tovarni ilgari surish bqyicha mutaxassis-firmalar, marketing xizmatlari kqrsatish bqyicha agentliklar va moliya-kredit muassasalarini kiritish mumkin. Savdo vositachilari kompaniyaga mijozlarni izlab topish vaG’yoki ularga bevosita tovarni sotishga yordamlashuvchi firmalar hisoblanadi. "Shvinn" firmasiga savdo vositachilari nimaga kerak? Bu savolga javob shuki, savdo vositachilari buyurtmachilar uchun tovarni qulay paytda, qulay joyda va kam xarajatlar bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim eta oladi. Biroq savdo vositachilarini tanlab olish va ular bilan ishlashni tashkil qilish oddiy vazifa emas. Hozirgi kunda ishlab chiqaruvchi kqp sonli mayda mustaqil vositachilar bilan emas, balki yirik va muntazam qsib boruvchi vositachi tashkilotlar bilan ish olib bormoqda. O’z tovarining dqkon peshtaxtasidan munosib qrin egallashi uchun ishlab chiqaruvchilarning kqp ter tqkishlariga tqg’ri kelmoqda. Bundan tashqari, savdo vositachilarini talab olishga juda ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki tovarni ilgari surishning bir kanalidan foydalanib, boshqalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bqlib qolish mumkin. Tovarni ilgari surish bqyicha mutaxassis-firmalar kompaniyaga mahsulotlar zahirasini yaratish va ularni ishlab chiqarish joyidan sotish joyigacha olib borishga kqmaklashadi. Omborlar bu tovarlarni bir joyda tqplash va navbatdagi joyga jqnatish uchun saqlab turishni ta’minlovchi korxonalardir. Transport firmalari qatoriga temir yql, avtotransport tashuvlari, aviatransport, dengiz yuk transporti va yukni bir joydan boshqa joyga tashishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar kiradi. Marketing xizmatlari kqrsatish bqyicha agentliklar –marketing tadqiqotlari firmalari, reklama agentliklari, reklama vositalari va konsalting firmalari - kompaniyaga o’z tovarlarini mos keluvchi bozorlarga aniqroq yqnaltirishga imkon beradi. Kompaniya bu tashkilotlar xizmatidan foydalanishi yoki hama ishni mustaqil bajarishi haqida qaror qabul qilishi lozim. Moliya-kredit muassasalari tarkibiga banklar, kredit kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari va firmalarga bitimlarni moliyalashtirish yoki tovarlarni xarid qilish va sotishdagi tavakkalchilikni sug’urtalashda kqmaklashuvchi boshqa tashkilotlarni kiritish mumkin. Aksariyat kompaniya va mijozlar o’z bitim va kelishuvlarini moliyalashtirishda moliya-kredit muassasalari yordamiga muhtojlik sezadi. Kredit bahosining qsishi yoki kredit muddatining qisqarishi kompaniyaning marketing faoliyati samaradorligiga jiddiy ta’sir kqrsatishga qodir. Mijozlar. Firma o’z mijozlarini batafsil va sinchiklab qrganib chiqishi zarur. U besh turdagi mijozlar bozorida ishtirok etishi mumkin bqlib, ularning barchasi 3.5-rasmda aks ettirilgan. 3.5-rasm. Mijozlar bozorining asosiy turlari16 1.Iste’molchi bozori – tovar va xizmatlari shaxsiy iste’mol uchun sotib oluvchi alohida shaxslar va uy xqjaliklari. 2.Tovar va xizmatlarni ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun xarid qiluvchi ishlab chiqaruvchi-tashkilotlar bozori. 3. Tovar va xizmatlarnikelgusida foyda olish maqsadida qayta sotish uchun xarid qiluvchi oraliq sotuvchi-tashkilotlar bozori. 4. Tovar va xizmatlarni kommunal xizmatlar sohasida foydalanish yoki ularga muhtojlik sezayotganlar taqdim etish uchun xarid qiluvchi davlat muassasalari bozori. 5.Xalqaro bozor. Raqobatchilar. Har bir firma o’z faoliyati davomida turli raqobatchilarga duch keladi. Aytaylik, "Shvinn" firmasining marketing bqyicha vitse-prezidenti barcha raqobatchilarni aniqlamoqchi. Buning eng yaxshi usuli odamlarning velosipedni sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining qay tarzda rqy berishini aniqlash uchun tadqiqot qtkazishlir. Firma faoliyati makromuhitining asosiy omillari. Firma va uning ta’minotchilari, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar va muloqot doiralari keng qamrovli makromuhit omillari doirasida faoliyat kqrsatadi. Bu omillar «nazorat qilib bqlmaydigan» omillar bqlib, firma ularni diqqat bilan kuzati borishi lozim. Demografik muhit. Demografiya aholini uning zichligi, soni va boshqa kqrsatkichlari nuqtai nazaridan qrganuvchi fandir. Marketing bilan shug’ullanuvchilar uchun demografik muhit juda katta qiziqish uyg’otadi, chunki bozorlar odamlardan tarkib topadi. Eng asosiy demografik tendentsiyalarga qisqacha tqtalib qtamiz. Jahon demografik portlashi. Dunyo aholisi juda tez sur’atlar bilan qsib bormoqda. 1981 yilda aholi soni 4,5 mlrd. kishini tashkil etgan bqlsa, hozirga kelib bu kqrsatkich 6,5 mlrd.dan oshib ketgan. Demografik portlash ko’plab mamlakatlar va jamoatchilik tashkilotlari orasida tashvish uyg’otgan. Birinchidan, aholining bunday sur’atlarda qsishi natijasida sayyoramizdagi kqngildagidek turmush tarzini ta’minlash uchun resurslar etmay qolishi mumkin. Ikkinchidan, aholi sonining qsishi asosan iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatalrda rqy bermoqda. Iqtisodiy muhit. Odamlarning o’zidan tashqari bozor uchun ularning xarid layoqati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xarid layoqatining umumiy darajasi joriy daromad darajasi, narx, jamg’armalar va kredit olish imkoniyatlariga bog’liq bqladi. Xarid layoqatiga iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik darajasining qsishi, kredit olishning qiyinligi katta ta’sir kqrsatadi. Tabiiy muhit. Qtgan asrning 60-yilarida jamoatchilik orasida rivojlangan mamlakatlarda sanoat faoliti atrof-muhitni ifloslantirishidan xavotir paydo bqla boshladi. "Unsiz bahor" kitobida Reychel Karson suv, tuproq va hovaga sanoat faoliyati tramoqlari tomonidan etkazilayotgan zarar haqida so’zlab berdi. Atrof-muhitdagi o’zgarishlar firmalar ishlab chiqarayotgan va bozorga taklif qilayotgan tovarlarda ham o’z aksini topmoqda. Energiyaning qimmatlashuvi. Kelajakda iqtisodiy rivojlanish oldidagi eng jiddiy muammo qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan biri – neft bilan bog’liqdir. Sanoati rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti kqp jihatdan neft ta’minotiga bog’liq, lekin neftning qrnini bosuvchi yoqilg’i topilmas ekan, u siyosat va iqtisodiyotda etakchi rol qynab qolaveradi. Fan-texnika muhiti. Odamlar taqdirini belgilab beruvchi eng dramatik kuch texnik va amaliy fan hisoblanadi. Fan-texnika majmui penitsillin, ochiq yurakda operatsiya, homiladorlikning oldini oluvchi vositalar kabi fan yutuqlarini hadya etish bilan birga vodorod bombasi kabi ommaviy qirg’in qurollarini ham yaratdi. Cheksiz imkoniyatlarning paydo bqlishi. Bizning kunlarga kelib olimlar juda ko’plab olamshumul yangiliklar va kashfiyotlar ixtiro qilmoqda. Biotexnologiya, elektronika, robot-texnika va materialshunoslik sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirga pytda olimlar bir qator tovar va xizmatlar ustida ish olbi borayotgan bqlib, ularning ayrimlari quyida sanab qtiladi: quyosh energiyasidan amalda foydalanish; saraton kasalligini davolash vositlari; ruhiy xastaliklarga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalar; qpka va jigar xastaliklariga qarshi kurash vositalari; dengiz suvini chuchuklashtirish vositalari; tijorat maqsadlarida foydalanish uchun kqp marta foydalaniluvchi kosmik texnika; ovqat tayyorlash va uy tozalashni biluvchi uy robotlari; semirib ketishga olib kelmaydigan mazali oziq-ovqatlar; elektromobillar; og’riqsizlantirish uchun elektron uskunalar. Siyosiy muhit. Marketing qarorlariga siyosiy muhitda rqy berayotgan turli hodisalar ham sezilarli ta’sir kqrsatadi. Bu muhit huquqiy qoidalar, davlat muassasalari va jamoatchilik guruhlaridan tarkib topadi. Madaniy muhit. Odamlar muayyan jamiyatda voyaga etadilar va u odamlarning dunyoqarashi va xulq-atvorining shakllanishiga ta’sir kqrsatadi. O’zlari bilmagan holda odamlar ularning o’zlariga bqlgan munosabati va bir-bir bilan muloqotlarini belgilab beruvchi dunyoqarashni qabul qiladilar. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling