Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Marketingda reklama tushunchasi va reklama vositalari


Download 2.21 Mb.
bet185/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

2.Marketingda reklama tushunchasi va reklama vositalari.
Reklama funktsiyasi nimadan iborat? Shunisi ma’lumki uning asosiy vazifasi tovar sotilishiga erishish. Biroq, reklama uni ko‘rganlarda shu zahoti tovarni sotib olish xohishini hosil qilishi yoki qila olishi shart emas Tovar sotilishining birdan ko‘tarilishi (hatto uni hisoblash mumkin bo‘lsa)ga erishish reklama samaradorligining to‘liq kreteriyasi hisoblanmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, ko‘p hollarda reklama ta’sirining umumiy samarasi uzoq muddatli bo‘ladi. Shunday qilib, biz qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona ish bu kutish: reklama kompaniyasi oxir oqibatda istalgan natijani olib keladimi yoki yo‘qmi.
Biroq, agarda uzoq kelajakda reklama biror natija berishi kerak bo‘lsa, u yaqin kelajakda ham o‘z samarasini tovar sotilishi hajmining o‘sishi shaklida ko‘rsatishi lozim. Reklama samaradorligiga qaysidir manoda hamma tomonlama baho berish niyatida bo‘lsak unda biz bu jaryonni miqdoriy ifodalashimiz lozim bo‘ladi.
Tovarga nisbatan e’tiborsiz iste’molchilar birdaniga o‘z xaridiga qayt’iy ishongan xaridorga aylanmaydi. Bunda ular xaridni amalga oshirishga sekin asta yaqinlashib eng yuqori o‘rinda tabiiy xarid turgan pog‘onani bosib o‘tadilar.
Bu pog‘ona etti bosqichdan iborat. Reklamani insonlarni ma’lum ketma-ketlikdagi qadamlarni bosib o‘tishga undovchi qandaydir kuch sifatida ko‘rib chiqish mumkin:

  1. «Pog‘ona» yonida – tovar yoki xizmat haqida tushunchaga ham ega bo‘lmagan potentsial xaridor.

  2. Xaridga yaqin, biroq sotib olishdan hali ancha olis tovar haqida biladigan xaridorlar.

  3. Bu mahsulot nimani taklif etishi lozimligini biladigan potentsial xaridorlar.

  4. Yanada yaqin pog‘onada mahsulot yoqadigan potentsial xaridorlar turadi.

  5. Keyingi qadam: mahsulotning yoqishidan insonlarning ularning aynan birini ma’qul ko‘rishini hosil bo‘lishi.

  6. Mahsulotni ma’qul ko‘rish va uni sotib olish aqlli ish deb hisoblaydigan xaridorlar ya’nada yuqori pog‘onada turadi.

  7. Va nihoyat so‘nggi qadam qo‘yiladi va xarid amalga oshiriladi.

(Pog‘ona buylab harakat)ning harakteristikasini olishga reklama samaradorligi baholarini o‘rganish orqali o‘rganish mumkin.
Turli bosqichlar orasidagi masofa bir xil bo‘lishi shart emas. Ayrim hollarda mahsulot haqida bilish bilan uni ma’qul ko‘rish orasida juda qisqa masofa bo‘lgan. Ayrim hollarda teskarisi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ba’zan xaridor bir paytning o‘zida bir necha bosqichlarda bo‘lishi mumkin.
Quyidagi misolni ko‘rib chikamiz. Agar individni aniq bir tovarni olish bo‘yicha qanchalik ko‘p psixologik yoki iqtisodiy majburiyatlar bog‘lab tursa, uning bosqichlardan o‘tishi shuncha ko‘p vaqt talab etadi va har bir qadam shuncha muhim bo‘ladi va aksincha majburiyatlar qancha engil bo‘lsa ayrim iste’molchilarning birdaniga yuqori bosqichga ko‘tarilishlari oson kechadi.
Impulsiv xarid tovar haqida bilishsiz, xabarsiz, uni ma’qul ko‘rishsiz yoki tovarga ishonchsiz amalga oshirilishi mumkin. Boshqa tomondan sanoat tovarlar, tova yoki iste’molchi uchun zarur buyumlar ma’lum bir baholashlar va o‘ylovlardan so‘nggina xarid qilinadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling