Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Boshqarishning asosiy funktsiyalarining moxiyati va mazmuni
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun
- Boshqarish funktsiyalari
6Boshqarishning asosiy funktsiyalarining moxiyati va mazmuni.
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib, chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida: loyixalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funktsiyalar paydo bo‘ladi. Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, maxsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; mexnat normalari, materillari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funktsiyalar paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: ishlab chiqarish vositalari, texnika; xom ashyo; energiya; taransport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin: kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish; mexnatni tashkil qilish; ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi. Ko‘rib turibmizki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo‘layapti. Zero: Funktsiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir qilish yo‘nalishlarini aks ettiradi. Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o‘zi xam bo‘lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning ko‘lamini va mazmunini aniqlash-boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyixalash uchun muxim asos bo‘lib hisoblanadi. Boshqarish funktsiyalari - ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muxim belgilar bo‘yicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Boshqaruv funktsiyalarining moxiyati, klassifikatsiyasi va mazmunini o‘rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun o‘ta muximdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik berishadi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; rag‘batlantirish (motivlashtirish). Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida va xamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi. Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag‘batlantirish barcha funktsiyalar jarayonida o‘z aksini topadi. Bu funktsiyalar boshqaruvning xamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‘ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning xamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini xam bo‘yiga (vertikal tomondan), xam eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi. Boshqarish funktsiyasini turkumlashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo‘yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g‘arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo‘lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish; marketingni boshqarish; moliyaviy boshqarish; sifatni boshqarish; mexnatni boshqarish; xodimlarni boshqarish; innovatsiyani boshqarish va xokazo. Bunday xolda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va soxalari aloxida ajralib turadi. Boshqarishning yuqoridagi sanab o‘tilgan asosiy funktsiyalari ularning ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi o‘rni o‘ta muxim va zarur bo‘lganligi tufayli yanada batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funktsiyalar quyidagicha bo‘ladi: Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling