Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari


Download 2.21 Mb.
bet27/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari; ya’ni:

  • mablag‘larning doiraviy oborotini amalga oshirish;

  • maxsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish;

  • marketing xizmatini uyushtirish;

  • foyda olishni ta’minlash va x.k.

  • boshqarishning sotsial funktsiyalari, ya’ni:

  • mexnat sharoitini yaxshilash,

  • xodimlarning uy-joyga extiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy extiyojlarni qondirish;

  • moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash;

  • ijtimoiy ximoyani ta’minlash va x.k.

  • boshqarishning ma’naviy - ma’rifiy funktsiyalari, ya’ni:

  • xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mexr-shafqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruxida tarbiyalash;

  • xodimlarni Vatanga muxabbat, insonparvarlik ruxida tarbiyalash, xalollikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va x.k.

  • boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, ya’ni:

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish;

  • barcha bo‘g‘in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti, xuquq berish va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlarni belgilash;

  • boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va x.k.

Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlardan, komponentlardan iborat bo‘lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun xam boshqarish jarayonida ularning birortasi xam e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishning funktsiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan xududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. ¥ar bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektorga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman xududida joylashganligidan maxalliy ishlab chiqarish - xududiy kompleksiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya xam xududiy, xam tarmoq manfaatini ko‘zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo‘lgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Busiz tarmoq “yo‘qoladi” , yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqa masalalarni xal etish qiyin bo‘ladi.
Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning xududiy funktsiyalari xam zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat xududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni o‘rnatilishini ta’minlaydi. ¥ududiy funktsiyalar idorachilik g‘ovlarini yo‘qotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovardda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.
Qayd qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning o‘ziga xos aniq funktsiyalari xam bor.
Boshqarishning o‘ziga xos aniq funktsiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga konkret biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmuasi tushuniladi.
Tegishli funktsiyalarning to‘la-to‘kis va sifatli bajarilishi uchun ishlab chiqarishning muntazam yoki umumiy rahbarlari-direktor (rais), uning o‘rinbosarlari, bo‘g‘in va bo‘limlar boshlig‘i, brigadir, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari rahbarlari-kadrlar bo‘limi boshlig‘i, reja-iqtisod bo‘limi boshlig‘i va boshqalar mas’uldirlar. ¡uyida korxona (firma, jamoa xo‘jaligi)ni boshqarishning o‘ziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz)1.

Boshqarishning o‘ziga xos aniq funktsiyalari



Korxona.

Direktor, rais.

  • xukumat qarorlariini korxona faoliya-tiga izchillik bilan tatbiq qilishni ta’minlash;

  • davlat buyudjeti, buyurtmachilar, etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarilishiga javob berish;

  • korxona faoliyatini tashkil qilish, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilish va x.k.

Reja-iqtisod bo‘limi.

Direktor (rais)ning iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini.

  • joriy va istiqboldagi rejalar loyixasini tayyorlash;

  • biznes - rejani tuzish;

  • moddiy va mexnat xarajatlari normativlarni ishlab chiqish;

  • texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taxlil qilish;

  • ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot tayyorlash va x.k.

Konstruk-torlik bo‘limi.

Bosh muxandis

  • yangi konstruktsiyadagi buyumlarni yaratish;

  • eski buyumlarni modernizatsiya qilish;

  • maxsulotning texnika estetikasiga, ishlab chiqishning iqtisodiy texnolo-giyasi xamda xavfsizlik texnikasi ta-lablariga mos kelishini ta’minlash;

  • yangi buyumlarni sinab ko‘rishda qatnashish va x.k.

Standartlsh tirish bo‘limi.

Bosh injener

  • standartlashtirish va normalashtirish ishlarini rejalashtirish va bajarish;

  • xujjatlashtirish texnikasini va yangi maxsulotni nazorat qilish;

  • yangi va amaldagi standart va texnik shart-sharoitlarni ishlab chiqish va x.k.

Mexnatni tashkil qilish va ish xaqi bo‘limi

Diretor (rais)ning iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini

  • mexnat qonunlariga rioya qilishni nazorat qilish;

  • ish xaqi fondini sariflashni taxlil qilish;

  • mexnatni normalash ishini uyushtirish va uni amalga oshirish;

  • tarif stavkasi va koeffitsientlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash;

  • xodimlar mexnatini tashkil etishni takomillashtirib borish va x.k.

Mexnatni muxofaza qilish bo‘limi

Bosh muxandis

  • mexnatni muxofaza qilish va xavfsizlik yuzasidan xavfsiz va sog‘lom mexnat sharoitlarini yaratish;

  • mexnatni muxofaza qilish soxasidagi tadbirlarning bajarilishi, qonunlar, yo‘riqnomalar, qoida va normalarga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish va x.k.

Kadrlar bo‘limi

Bosh injener

  • korxonani ma’lum kasb va mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchi va xizmatchi kadrlar bilan ta’minlash;

  • ishlab chiqarish ta’limi va malaka oshirishni uyushtirish;

  • kadrlar qo‘nimsizligini o‘rganish;

  • mexnat intizomining xolati va ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishni nazorat qilish va x.k.

Moddiy texnika ta’minoti va sotish bo‘limi

Direktor (rais) ning umumiy masalalar bo‘yicha muovini

  • moddiy resurslarga bo‘lgan talabni rejalashtirish;

  • korxonani materiallar, texnika yoqilg‘i va xokazolar bilan ta’minlashni uyushtirish;

  • shartnomalarni tuzish;

  • ombor xo‘jaligini uyushtirish va x.k.

Buxgalteriya bo‘limi

Bosh buxgalter

  • pul mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishni nazorat qilish;

  • hisobga olish va hisobot tuzishni uyushtirish;

  • buxgalteriya balanslarini tuzish;

  • xodimlarga ish xaqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitob qilish;

  • moliyaviy faoliyatni tashkil qilish;

  • byudjet, bank, etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan hisob-kitob olib borish va x.k.

Ishlab chiqarishni operativ boshqarish bo‘limi

Direktor (rais)ning ishlab chiqarish bo‘yicha muovini

  • korxona, tsex, uchastkalar uchun ishlab chiqarish bo‘yicha kalendar grafiklar tuzish;

  • ishlab chiqarishining borishini operativ ravishda tartibga solish;

  • korxonaning bir maromda ishlashini ta’minlash;

  • korxona va tsexlarga xizmat qiluvchi bo‘limlar ishini muvofiqlashtirish va x.k.

Maxsulot sifatini nazorat qilish bo‘limi

Direktor (rais)

  • tayyor maxsulot sifatini nazorat qilish;

  • korxonaga keltiriladigan xom-ashyo va materiallar­ning sifatini nazorat qilish;

  • kontrol o‘lchov asboblari xolatini tekshirish;

  • maxsulotni attestatsiyadan o‘tkazishga taqdim etish va x.k.

Ta’mirlash va energiya bilan ta’minlash bo‘limi

Bosh mexanik va bosh energetik

  • korxonani barcha energiya turlari bilan ta’minlash;

  • ishlab chiqarish binolarini isitish;

  • ventelyatsiya ishini yo‘lga qo‘yish;

  • binolar va inshoatlarni ta’mirlashni, saqlanishlarni ta’minlash;







  • jixozlarning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish va x.k.

Transport xo‘jalik bo‘limi

Direktor (rais)ning umumiy ishlar bo‘yicha muovini

  • yuklarni tashish, ortish va tushirishni, bu soxadagi ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtiri­shni uyushtirish;

  • transport vositalari uchun qulay marshrutlar va grafiklar tuzib chiqish va x.k.

Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi

Direktor (rais)ning umumiy ishlar bo‘yicha muovini

  • korxonaga qarashli binolar va xududning yaxshi xolatini saqlash;

  • korxona bo‘limlarining mebel, in-ventar, kantselyariya tovarlari bilan ta’minlash;

  • xududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish va x.k.

Axborot hisoblash markazi

Bosh muxandis

  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini loyixalash va uyushtirish;

  • axborot oqimini takomillashtirish;

  • zamonaviy kompyuterlardan foydalanishni ta’minlash va x.k.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling