Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet41/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Kontsortsium - bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyixalar, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni ximoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir. U ko‘ptomonlama qo‘shma korxona, moliyaviy operatsiyalarni xamkorlikda amalga oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir.
Kontsortsiumning o‘ziga xos xususiyati - bu mustaqil yuridik sherik bo‘lgan xar bir ishtirokchi - korxona bilan bitim tuzilishdadir. Boshqaruvni markazlashtirish xam kontsortsiumga xos xususiyat. Kontsortsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Kontsortsiumlar yuridik shaxslar tomonidan va bitimlarga asoslanib tashkil qilingan kontsortsiumlarga bo‘linada.
Kontsortsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali soxalar bo‘yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so‘ng konsartsium o‘z faoliyatini to‘xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Xolding kompaniyasi - bu eng avvalo moliyaviy jamg‘arma bo‘lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlar jamiyatlari “aktsiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir.
1996 yil boshida Respublikamizda “O`zqishloqmashxolding” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati - Xolding kompaniyasi tashkil etildi.
Bu kompaniyani tuzishdan maqsad qishloq xo‘jaligi mashinasozligida maqsadli markazlashgan boshqaruv tizimini yaratish va shu asosida O`zbekistonning ish soxada tutgan o‘rnini qo‘ldan bermaslik, dexqonlarni zarur texnika bilan to‘la ta’minlash uchun tarmoqni yuksaltiri va bunday texnikani xorijdan mmkin qadar kamroq keltirishga erishishdir. Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikasining jaxon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirib, uni eksport qilishga erishishdir.
Bugungi kunda Respublikamizda:

  • “O`zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsionerlik temir yo‘l kompaniyasi (14.11.1994);

  • “Kumush tola” aktsionerlik kompaniyasi (3.02.1995)

  • “Xonatlas” aktsionerlik kompaniyasi (03.02.1995)kabilar faoliyat ko‘rsatishmoqda (10-12 ilovalarga qarang).


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling