Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
-mavzu. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boshqaruv qarorlarining moxiyati va ularga quyiladigan talablar Qaror
- Qaror qabul qilish
7-mavzu. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish
1.Boshqaruv qarorlarning mohiyati va ularga quyiladigan talablar. 2.Boshqaruv qarorlarning unsurlari. Boshqaruv qarorlarning turkumlanishi. 3.Strategik va taktik qarorlar, stereotip va tashabbusli qarorlar, qaror qabul qilishda kollegial va konsensus tamoyillari, qaror qabul qilishda “ringi” usulining mohiyati. 1. Boshqaruv qarorlarining moxiyati va ularga quyiladigan talablar Qaror- bu bajarilishi mumkin bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlabb olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror-bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga kelish yoki qanday bo‘lmasin bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni xar birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa-ming-minglabini qabul qilamiz. Masalan, kimki jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, tamomnomadan qaysi bir turdagi ovqatni tanlash, manzilga etib olishda qaysi bir turdagi transportni tanlash, qaysi bir kasbni tanlash va x.k. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud xolatining, bo‘lishi lozim bo‘lgan xolat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Msalan, davlat tomonidan qat’iy belgilab quyilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funktsiyasini bajaraolmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirishga qaror qilinadi. Qaror qabul qilish imkoniyati bir necha muqobil (alternativa) paydo bo‘lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "etti o‘lchab bir kes" tamoyiliga rioya qilish lozim. Puxta o‘ylab ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi misoldan ko‘rish mumkin. Toshkent- Jizzax katta yo‘lini qayta sozlash uchun bir necha marta qaror qabul qilingan va davlatning yuz minglab so‘m mablag‘i bexuda sarflangan. Ilgari yo‘lning o‘rtasida bordyurli ajratish polasasi bor edi. Shundan keyin ma’lum massofada bordyurlarni olib tashlashga va asfaltlashga qaror qabul qilndi, bunga yuz minglab mablag‘ sarflandi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin bordyurlar qayta tiklanib yo‘l ikkiga ajratildi va bu ishga yana yuz minglab pul sarf bo‘ldi. Yana bir oz o‘tgach, o‘ylama-netmay yo‘l o‘rtasini buzib, bir necha o‘nlab kilometrmasofada balandligi bir metorli beton devf o‘rnatildi. Unga xam yuz minglab mablag‘ sarflandi. Shunday qilib, asoslanmagn bu qaorlar xalq xo‘jaligiga millionlab zarar keltirgan Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qaror- bu butun boshqaruv binosining poydevori hisoblanadi. Qarorlar qabul qilish menejerning firki-zikirini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan bir qator qarorlar qabul qiladi. Ba’zi xaollarda u bu ishni o‘zi yakka boshchilik bilan, boshqa xollarda o‘z yordamchilari bilan, yana uchinchi xollarda ekspertlar va jamoatchilikni jalb, qilib turib uddalaydi. Boshquruvga oid xar qanday qaror samarli bo‘lsagina, ana shu xoldagina u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Shunday qilib: Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarlar qabul qiladigan qarorlarning axamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodchilarning firkiga ko‘ra, tsex (bo‘lim) boshlig‘i qabul qiladigan bitta oqilona qaror taxminan bir ishchining besh-olti oylik mexnatiga foyda keltirar ekan. Oqilona qarorni qabul qilish bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir: *qaror qabul qilish jarayonida axbrotning to‘laligi va uning sifati; *qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; *qaror qabul qilashda tashkiliy masalalarning oqilona echilishi darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassilarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajsi, ularni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajsi va xokazo). Qarorni to‘g‘ri tanlash uchun muayyan tamoyillarga tayanish va qarorlarga bo‘lgan talabalarni hisobga olish, aniq qaror qabul qilish maqsadini butun xalq xo‘jaligini maqsadiga muvofiqlashtirish mexnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlari bilan mos kelishini oldindan belgilash, mexnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur. Qayd qilinganlarni umumiylashtirib aytganda boshqaruv qarorlari quyilagi talablarga javob berishi kerak (6.1-jadval) 6.1-jadval. Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Ma’lum, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi xolatning bo‘lishi lozim bo‘lgan xolatga mos tushmasligi natijasida sodio bo‘ladi. Ana shu erning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: *nima qilish kerak (masalan, ist’molchilarning yana qanday yangi extiyojlarini qondirish kerak, yoki eski extiyojni qanday sifat ko‘rsatkichlari bilan yaxshilash lozim). * qaysi vositalarni qo‘llash kerak (qanday texnologiyani qo‘llash lozim). *ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada bo‘lishi kerak; *qanday miqdorda, bo‘lishi kerak; *kim javobgar bo‘lishi kerak; *kimga va qaysi baxoda sotish lozim; *bu ishlab chiqarish xizmat investorga va damiyatga nima beradi; *qaysi muddatlarda bajarilishi kerak. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling