Strategik qaror maqsadga erishishda jiddiy axamitga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqarish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
*xususiylashtirish jarayonilarini chuqurlashtirish;
* raqobatchilik muxitini shakllantirish;
* chuqur tarkibiy o‘azgarishlarga erishish.
*kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‘aoladi.
Taktik qarorda maqsadga erishining vosita va usullari batafsil ishlab chiqiladi. Bu erda so‘z faqat joriy, tezkor qarorlar to‘g‘risida borayapti. Bunday qaoorlarga quyidagillar misol bo‘laoladi:
*korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish;
*kadrlar masalasini echish va xokazo.
Mazkur qarorlar yuqori va o‘rta bo‘g‘indagi rahbarlar tomonidan uzog‘i bilan bir yilda ikki yilgacha bo‘lgan muddat uchun qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, nonushta vaqti, ish xaqini to‘lash muddatlari va xokazo. Umumiy qarorlar turkumiga kiradi.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga ta’luqli bo‘lib xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Streotip qarorlar odatda rahbar faoliyati qat’iy ravishda yo‘riqnomalar, me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xollarda qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan keskin masalalar bo‘yicha qabul qilinadi, lekin o‘zgarishlar asosag muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga ijrochilarga taaluqli bo‘lib, umumiy tizim esa avvalgicha qolaveradigan vaziyatda qabul qilinadi. Bunday gap aslini olshagda xo‘jalik ob’ekti ishlashining mavjud mexanizmini saqlab qolish xaqida boradi.
Raxbar streotip qarorlarni odatda ancha tez, ko‘p tayyorgarlik ko‘rmasdan turib qabul qiladi.
Xodimlarni qabul qilish va ishdan bo‘shatish, korxonani faoliyatini risoladigidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar o‘z tavsifiga ko‘ra novatorlarcha, mazmuniga ko‘ra istiqbolli bo‘lgan qarorlardir. Bunday qarorlar ilk bor vujudga keladi. Bunday qaorlar mavjud vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o‘rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanini, maxsus hisob-kitoblarning bajarilishini jalb qiladi.
Tashabbusli qarorlar erkin xarakatga asolanib qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |