Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet84/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Korxonani boshqarish-bu xo‘jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va sotsial natijalarga erishishni ko‘zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o‘zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo‘nalishida tartibli ta’sir ko‘rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish, hoh u korxona darajasida, hoh u mamalkat miqyosida bo‘lsin o‘zining boshqariluvchisi (ob’ekti) va boshqaruvchisi (sub’ekti)ga ega bo‘ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob’ekti ko‘p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib u:
*moddiy va texnikaviy tayorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);
*tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish va hokazo);
*xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta’mirlash, tashish va hokazo);
*mahsulot ishlab chiqirshning bevosita jarayoni va uni sostishni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub’ekti - bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo‘lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o‘tkazadi. Boshqarish ob’ektlari bo‘lmasa, uning sub’ektlari ham bo‘lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan, korxona bo‘g‘inida sub’ekt bo‘lib shu korxonaning direktori va unga bqysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanadi. Ob’ekt bo‘lib esa shu korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi.
Tsex bo‘g‘inida sub’ekt bo‘lib tsex boshlig‘i va unga bqysenuvchi barcha boshqaruv apparati hisoblansa, boshqariladigan ob’ektni esa barcha tsexlar tashkil qiladi.
Uchastka bo‘g‘inida boshqariluvchi ob’ektga ishchilarning ish joylari kiradi. Boshqaruv sub’ekti bo‘lib uchastka boshliqlari hisoblanadi.
Ish joylarida ham boshqarish mavjud bo‘lib, u boshqa ko‘rinishda amalga oshiriladi. Bunday boshqarish mehnat vositalarini, ya’ni buyumni boshqarish deyiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling