Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullari. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli shakllari
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
3. Boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullari. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli shakllari.
Tashkiliy ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida aloxida o‘rin tutadi. Bu usullarga: *boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; *xar bir boshqaruv bo‘yinining funktsiyalarning belgilash; *kadrlarni to‘g‘ri tanlash; *buyruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish; *topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi. Tashkiliy ma’muriy usullar yuqori organlar xokimiyatiga va quyi organlarning bo‘yisinishiga asoslnanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqadilar, shuningdek bo‘ysinuvchi organlarga farmoyishlar beradi. Shu yil bilan tashkiliy usullar boshqarish tizimidagi ichki va o‘rtasida ongli aloqalarning tarkibi topishiga yordam beradi. Bu metodlar boshqarish funktsiyalari bajarilishining: *tashkiliy barqarorligini; *intizomliligini; *muvofiqliligini; *uzluksizligini ta’min etadi. Tashkiliy ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o‘zaro bog‘lanib ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini xarakterlaydi. Shu bilan birga, ma’muriy yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv metodi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo‘yadi, muayyan xuqiqiy doiralarini belgilaydi. £z moxiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqarish bozorga xos tartibga solish xarakatiga to‘sqinlik qiladi. Biroq rivojlangan bozor sharoitida xam boshqarishning ma’muriy usullarni o‘z axamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan foydalanadi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan xamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to‘sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopolchi kompaniyalar, faoliyatini direktiv yo‘sinda boshqaradi. Ma’muriy usullardan: *ist’emolchilarning xuquqlarni ximoya qilish; *atrof-muxitni muxofaza qilish; *xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarni chiqarib tashlashni ta’qiqlash; *odamlar sog‘lig‘iga zararli maxsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi soxalarida faol foydalaniladi. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari ikki shaklda: *tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari; *farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo‘ladi. Tashkiliy uslublarning bu ikkala shakli birgalikda qo‘llaniladi, bir-birini to‘ldiradi va rivojlantiradi. Xar ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqrish sharoitlarini hisobga olingan xolda optimal bo‘lishi kerak. Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya’ni: *ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; *ichki tartib-qoidalarini o‘rnatish; *boshariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rasida optimallik va oqilona nisbatni qrnatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Farmoyish berish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va organlarining soz(uyg‘un) ishlashini kunda tezkor ta’minlab tushishdan iborat bo‘lib, unga ksatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki og‘zaki berilvdigan buyruqlar vositasi bilan erishiladi. Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish boshqariladigan ob’ektni (korxonani) loyixalash bosqichidan boshlanadi. So‘ngra reglammentlash, normalash ishlari bo‘ladi. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling