Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
Funktsional tizimosti
ob’ektlarni boshqarish usullari
Bu usullarni qo‘llash yordamida boshqariladigan ob’ekt tarkibidagi bo‘limlarning maqsadlari va ularning echimi bo‘yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi. Boshqarish funktsiyalarini bajarishda quyidagi usullar qo‘llaniladi, ya’ni: *rejalashtirish; *tashkil qilish; *nazorat qilish; *muvofiqlashtirish; *motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo‘llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: *prognozlash; *ekstrapolyatsiya; *regression taxlil; *modellashtirish; *ongga xujum; *Delfa; *omilli taxlil; *maqsadlar shajarasi va uni echish kabi metodlarni qo‘llaydilar. Tashkil qilish funktsiyasini bajarishda qo‘llaniladigan boshqaruv metodlarini ishlab chiqarishdagi mavjud munosabatlarni va xodimlarnining faoliyat motivlarini hisobga olgan xolda quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qullaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika xolatiga bog‘liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya metodlari xodimlarning mexnatga chorlaydigan barcha usullarni, ya’ni: *ish xaqi; *rag‘batlantirish tizimi; * foyda taqsimotiga qatnashish; *ma’naviy rag‘batlar; *yuqori lavozimlarga tayinlash; *mamlakatni oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi metodlarga asoslangan xolda amalga oshiriladi: *muammoni qo‘yish; *muammoni echish; *qarorni tanlash; * qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash. Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llaniladigan metodlar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga ikmon yaratadi. Bu usllar tarkibiga: *ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va taxlil qilish usullari; * muxim voqealarni qayd qilish usullari; *qiyoslash usullari; *dekompozitsiya va modellashtirish usullarga muxim o‘rin beriladi. Muammoni echish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida xam ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu erda u usullarni qo‘llashga “Nima sodir bo‘ldi” va “¡aysi sabablar ta’siri ostida bo‘ldi” degan muammoni echishga emas, balki “Muammoni qay tarzda echish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim” degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi. Qarorni tanlash bosqichida eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larni shakillantirishga e’tibor beriladi. Bu erda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to‘g‘risida boradi. Odatda bunday tanlovli optimumlashtirish deb ataladi. Optimumlashrish kriteriyalariga quyidagilar misol bo‘laoladi: *foydani, daromadni, mexnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish; *xarajatni, qo‘yimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va xokazolarni minimumlashtirish. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar qaror qabul qilinib, tasdiqlangandan so‘ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo‘nalish va yo‘llari ikir-chikirgacha aniqlab chiqiladi. Delfa usuli aksariyat xollarda qaror qabul qilish jarayoniga qatnashuvchi a’zolarni to‘plash imkoniyati bo‘lmagan xollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy apparatidan juda xam uzoqda yashayotgan, filial va bo‘limlarda ishlayotgan xodimlarni yig‘ish maqsadga muvofiq bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi. Bu uslga binoan echilishi lozim bo‘lgan muammo bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoniga qatnashuvchi gurux a’zolarining bir-biri bilan uchrashishga va fikr almashishga ruxsat etilmaydi. Delfa usulini qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1) Mummo yuzasidan batafsil tuzilgan savollarga javob berish uchun gurux qatnashchilariga bu savollar tarqatiladi; 2) guruxning xar bir a’zosi mustaqil va xufiya tarzda savollarga javob beradi; 3) javoblar markaziy apparatga yig‘iladi va ular asosida barcha taklif qilingan echimlar variantlarini o‘zida aks ettiruvchi umumlashgan xujjat tayyorlanadi; 4) tayyorlangan xujjatning nusxasi guruxning xar bir a’zosiga jo‘natiladi; 5) Xar bir qatnashuvchining umumlashgan xujjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatga yiqg‘iladi. U kirilayotgan muammo echimiga o‘zgartirish kiritishga asos bo‘lishi mumkin. Shu sababli: 6) 4 va 5 band(xarakat)lar to umumiy qarorga kelmugunga qadar takrorlanaveradi. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, buerda ayrim olingan qatnashuvchi fikrining mutaqilligi ta’minlanadi. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling