Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Jamoat va o‘zi-o‘zini boshqarish organlari
3. Jamoat va o‘zi-o‘zini boshqarish organlari Konstitutsiyamizning 56-moddasida quyidagilar yozilgan: “O`zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: kasaba uyushmalari; siyosiy partiyalar; omillarning jamiyatlari; xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari; ijodiy uyushmalar; ommaviy xarakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari, jamoat birlashlari sifatida e’tirof etiladi. Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va ximoya qiladilar. Boshqarishda faol qatnashadilar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruxlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari xaqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. Jamoat organlari jamoalarda sog‘lash, ijodiy muxit yaratishda, ishlab chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustaxkamlashda ma’muriy organlarga ko‘maklashib, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bilan xam shug‘ullanadilar. O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunining (02.09.199) 1-moddasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xaqida quyidagicha yozilgan: “Shaxarcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi maxallalarda xamma shaxarlardagi maxallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslaxatchilarini saylaydi”. O`zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir o‘z xuquqlarini ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z xududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini xal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga O`zbekiston Respublikasi qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi xukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va xokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. O`zini o‘zi boshqarish organlari xududiy printsip bo‘yicha tuziladi. Ular ish olib boradigan xududlarni fuqarolarning takliflariga ko‘ra tuman, shaxar xokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolarning yig‘ini (yig‘ilishi):
Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling