Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


Download 1.6 Mb.
bet78/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.tdpu.uz


8- mavzu: Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi. 2 soat)
Reja:

  1. Dars tavsifi va darsni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablar.

  2. Darsning turlari va tuzilishi.

  3. Darsga qo‘yiladigan talablar.

  4. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.

  5. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.



1-topshiriq. Darsning maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari
1.Zamonaviy ta’limning asosiy turlari nimalardan iborat?
2.“Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasini mohiyati nimalardan iborat?
3.Ta’limning individual shakli afzalliklari nimalardan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?
6. Darsga qo‘yilgan didaktik talablar nimalardan iborat?
7. Darsga qo‘yilgan tarbiyaviy talablar nimalardan iborat?
8. Darsga qo‘yilgan rivojlantiruvchi talablar nimalardan iborat?
9. Yangi materiallar bilan tanishish darsining mohiyati nimalardan iborat?
10. Bilimlarni mustahkamlash darsining mohiyati nimalardan iborat?
11. Umumlashtiruvchi darsining mohiyati nimalardan iborat?
12. Nazorat darsining mohiyati nimalardan iborat?


2-topshiriq.Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i
1. Kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
... bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
2. Gapni davom ettiring.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega: ...
3. Gapni tugallang.
Darsga qo‘yiladigan didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish ...
4. Kerakli so‘zni topib qo‘ying.
O‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mashuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, ehtiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‘yiladigan ... talablarni o‘zida aks ettiradi.
5. Gapni davom ettiring.
Darsga qo‘yiladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish ...



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling