Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana09.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1467778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism

Май 2021 3-қисм
Тошкент
Ogohiyning ma’lumotlariga ko’ra ali-eli qabilasi Olloqulixon tomonidan 1830-yillar Qilich 
Niyozbiy kanali bo’ylariga joylashtirilgan. Xiva xonlarining arxiv hujjatlari dalolat berishicha, 
ali-eli qabilasining ma’lum qismi Toshhovuz viloyatlarida ham bo’lgan. 50-yillarda ali-eli qabilasi 
bu ikki tumandan: Qiziltaqir tumani va Shohmurod kanali bo’ylarida yashagan, ayrim qismlari 
esa eski joylarida qolishadi. Quzmin Qoravayev yig’gan ma’lumotlarga qaraganda, 1855-
yil Muhammad Aminxon Seraxs atrofidagi mag’lubiyati va vafotidan keyin ali-eli Atrekdan 
ko’chib, oldin yashagan joylari Abiverdga qaytib borishadi. 1869-yilda ular Xivaga qaytib 
borishga majbur bo’ladilar. Biroq takalar Xiva xonligida qisqa muddat 1779-yillarda yashaganlar. 
Ular yana 1816-yillar yangiariq tumanida bo’lganlar. Muhammad Rahimxon ularga Nayman 
kanali bo’ylarida Yangiariqdan g’arbdagi yerlarni hadya etadi. Bu yerlarda ularning qancha vaqt 
yashaganlari to’g’risida bizgacha ma’lumotlar yo’q. Takalarning ancha qismi Xorazm viloyatining 
g’arbiy qismida Uaz va Gandumqal’a etaklarida joylashganlar. Bu tumanlarda ularning qancha 
vaqt yashaganlari ma’lum emas. Bu XIX asrning 30-40-yillarida Daudan va Daryoliq hududlarini 
o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Takalar bu yerlarda oldindan ham ko’chmanchilik 
qilgan bo’lishlari mumkin. Bayoniyning hikoya qilishicha, 1848-yil turkmanlar Xonobod tumanida 
yerlarni egallaganlar, Uazda takalarning qal’asi mavjud bo’lgan. Xiva xonligi arxiv hujjatlarining 
birida takalarning 1851/1852-yillar Gandumqal’adan boshqa bir tumanga ko’chganlari ko’rsatilgan. 
Takalar Uazda 1856-yilgacha bo’lganlar, muvaffaqiyatsiz urush natijasida ular yovmutlarni yengib, 
Axalaga ko’chib ketadilar.
Jadval XIX asrda Xorazmda ancha kata sonlarda turkmanlar bo’lganligini ko’rsatadi. Bu esa 
ancha cheklangan xulosalar bersih imkoniyatini yaratadi.
Xiva xonligidagi turkmanlarning umumiy soni 30-40 ming oila ya’ni 150-200 ming odam( 
har oilada 5 odam hisoblansa) bo’lgan. Bularning ko’pchiligini yovmutlar tashkil qiladi, qora 
yilg’inlilar bialn birga boshqa yovmut qabilalarining soni barcha manbalarda ko’rsatiladi. Ko’pligi 
jihatidan 2-o’rinda chovdirlar turadi, biroq ularning sonini aniqlashda manbalar o’xshash. Son 
jihatidan 3-o’rinda hech qanday bahslarsiz imralilar turadi. Ulardan keyin go’lanlar turadi. Xiva 
xonligi aholisi qatoriga kirgan qabilalarning umumiy ahvoli bir xil bo’lmagan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling