Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Kalit so‘zlar: insoflilik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, diyonatlilik, e’tiqodlilik, 
tug‘ishganlarga nisbatan mehr-oqibatlilik, ilm olishga qiziqish, tabiatga nisbatan oqilona 
munosabatni shakllantirish, milliy qadriyatlar, madaniy meros, xalq og‘zaki ijodi namunalarini 
o‘zlashtirish, badiiy tafakkurni boyitish.
Ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha ta’lim jarayonining bosh vazifasi bog‘cha 
tarbiyalanuvchilarni har tomonlama tarbiyalashdan iborat bo‘lib, bunga ta’limning interfaol 
usullaridan unumli foydalanibgina erishish mumkin. Ta’lim jarayoni bir-birini davom ettirish
to‘ldirish, takomillashtirish bilan bog‘liq. Inson butun umri davomida ta’lim oladi, o‘rganadi, 
izlanadi va xulosa qiladi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining dars 
ishlanmalarida dars mobaynida tinglovchilarni faollashtirish usullari, vositalari aniq ko‘rsatilmog‘i 
lozim. Darsning maqsadi, asosan, tinglovchilarni mantiqiy fikrlashga undash, o‘z fikrini mustaqil 
bayon etish, umumiy qabul qilingan tartibga rioya qilish, mavzu asosida yakuniy mulohaza yuritish, 
tegishli tavsiyalar tuzishga qaratilmogi kerak. Demak, biz har bir mashg‘ulot o‘tish barobarida o‘z 
oldimizga bir qancha vazifalarni qo‘yishimiz lozim bo‘ladi. Bunda xalq pedagogikasi bolalarda 
odob-axloq ko‘nikmalarini shakllantirish, ular qalbida insoflilik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, 
kamtarlik, diyonatlilik, e’tiqodlilik, tug‘ishganlarga nisbatan mehr-oqibatlilik, ilm olishga 
qiziqish, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirish, milliy qadriyatlar, madaniy meros, 
xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘zlashtirish, badiiy tafakkurni boyitish, bola shaxsida ijobiy 
fazilatlarni tarkib toptirish kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi. Shuningdek xalq pedagogikasi 
maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ongida yangicha dunyoqarash 
va milliylikni mujassamlashtirish, milliy istiqlol g‘oyasi, madaniy-ma’rifiy tushunchalar haqida ilk 
ma’lumot berish, oila mahalla va pedagogic jamoa hamkorligida bola shaxsida axloqiy sifatlarni 
tarkib toptirish, talim-tarbiya jarayonida pedagogik talablar hamohangligiga erishish, milliy urf-
odatlardan oqilona foydalangan holda bola tarbiyasiga yondashish kabi ilg‘or g‘oyalarni olg‘a 
suradi.
Tarbiya jarayonida har bir pedagog xalq pedagogikasining mazmunini to‘liq anglamog‘I 
kerak va undan oqilona foydalanmog‘i shart. Xalq pedagogikasining mazmuni xalq pedagogikasi 
zaminida uyda o‘zini tutish, ota-onasining aytganiga quloq solish, akaukalariga nisbatan 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, mehnat qilish va ilm olishga qiziqish, bo‘sh vaqtini 
bekor o‘tkazmaslik, tozalikka rioya qilish, kattalar oldida odob saqlash, hayvon, o‘simliklarni 
parvarishlash, bog‘lar barpo qilish, atrofdagilar bilan muomala me’yorini bilish, ularga rioya 
qilish, topishmoq, maqol, tez aytish, ovutmachoqlarni bilish va o‘rinli ishlata olishga o‘rgatish 
kabilarni o‘z ichiga oladi. Bunda xalq pedagogikasining mohiyati alohida o‘rin tutib, u xulqida 
o‘zbekona xislatlarni tarkib toptirish, rivojlantirish, mustahkamlash, faollashtirish, bola shaxsida 
vatanparvarlik, odoblilik, xushmuomalalilik, sabrlilik, orastalik, tejamkorlik kabi hislatlarni 
shakllantirish, buyuk ajdodlarning ma’naviy meroslarini e’zozlaydigan, qiziqib o‘rganadigan qilib 
tarbiyalash, milliy bayramlarni bilish, ularda ishtirok etishdan zavqlanishga erishishnita’minlaydi. 
Xalq pedagogikasi an’analari, uning mazmuni, maqsad, vazifalari va mohiyati bilan tanishtirish 
orqali pedagoglarda bola tarbiyasiga sharqona yondashuvni takomillashtirishga erishiladi. Bundan 
tashqari, pedagoglar maktabgacha ta’lim muassasalardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga ota-onalar, 
mahalla, jamoatchilikni keng jalb etish yo‘llari bilan tanishadilar. O‘zaro hamkorlikning usul-
uslublarini hayotga tatbiq etadilar.
“Bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar 
xususida yosh kitobxon tushunchasi darajasida ma’lumot beradigan sho‘x va o‘ynoqi, tarbiyaviy 
ahamiyat kasb etadigan asarlarni tushunish qon-qonimizga singib ketgan. Shu sababli ham shoir-u 


14

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling