Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Amonova Dilora
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 
16-maktab ona -tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:ushbu maqolada o‘qituvchining bilim samaradorligini oshirishda yangi 
innovatsiyalarning o‘rni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:ta’lim sifati, innovatsiyalar, yangi pedagogik usullar, ta’lim sifati.
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida qayta tiklanish va yangilanish jarayonlari yuz bermoqda. 
Qayta tiklanish bugundan o‘tmishga, yangilanish bugundan kelajakka tomon intilishlar zamiridagi 
voqelik bo‘lib, o‘tmish va zamonaviy maktab o‘rtasida vorislik o‘rnatish yo‘li bilan ta’limni 
raqobatbardosh ijtimoiy institutga aylantirishni taqozo etdi. Talimni sifatli olib borishning 
omillaridan biri bu o‘qituvchining o‘z ustida ishlashidir. O‘quvchilarga hozirgi zamon talabiga 
javob beradigan darajada ta’lim berish uchun o‘qituvchining o‘zi ham bilimini oshirib borishi
kasbiy soha bilan birgalikda ijtimoiy sohalardagi yangiliklardan voqif bo‘lishi kerak. Buning uchun 
u muntazam o‘qishi yangi adabiyotlarni ular asosida topshiriqlarni avval o‘zi ishlab chiqishi zarur. 
Bundan tashqari u doimo izlanishda bo‘lishi, o‘zi ham tadqiqotlar olib borishi yaxshi samara berdi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, innovatsiya tushunchasi 
dastlab AQSHda madaniyatshunos olimlar tomonidan aniqlangan va paydo bo‘lgan. Innivatsion 
jarayon-yangilikni kiritilishi va shart-sharoitlarni, tizimini yangi sharoitlarga, ko‘rsatkichlarga 
muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlovchi o‘zgarishlar bilan ifodalanadi.
Innovatsiya-bu ma’lum bir faoliyatda shakl, metodlar, muammolarni yechishdagi yangicha 
yondashuv, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash orqali yuqori natijalarni ta’minlash. 
Bir so‘z bilan aytganda, jarayonga konseptual yondashuvdir. Ta’lim muassasasida yoki jamoada 
innovatsiya masalasi muhokama etilganda o‘quvtarbiyaviy ishlar faqat didaktik tizim sifatida 
qaralmasdan, balki ijtimoiy omil sifatida bolalarning atrof-muhitga jabl etilganligi orqali ham 
qaraladi. Ota-onalar , o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar 
orqali har bir ta’lim muassasasida tashkil topadigan ma’lum psixologik muhit yangilanib boradi . 
Bunda har bir o‘qituvchi o‘z faoliyatidagi muammolarni tushunib yetishi va ijodiy imkoniyatlarini 
rivojlantirishi lozimdir . O‘qituvchi ham ta’lim jarayonini olib borar ekan, u o‘zining innovatsion 
faoliyatida quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim:
- shaxsiy kasbiy innovatsion faoliyatida bilimdonlik, ijodkorlik, mahoratlilik, kompitentlik
intellektual salohiyatlilik, raqobatdoshlik, axborot texnologiyalari bo‘yicha malakani egallagan, 
faol, fan yangiligidan xabardor, DTS talablarini to‘la bajarishini ta’minlay oladigan fazilatlarga 
ega bo‘lishi lozim;
- ilmiy-pedagogik innovatsion faoliyat olib borish, yangi ilmiy izlanishlar asosida yangi 
ishlanmalar yaratish, ilmiy tadqiqot olib borish, ilmiy maqola, ilmiy rahbarlikni olib borish nazarda 
tutiladi;
- psixologik-pedagogik, metadologik innovatsion faoliyatni olib borish, yangi-yangiliklarni 
yaratish, topish, bazasini yaratish, tadbiq etish, tarqatish, yangiliklar ustida ish olib borish, yangi 
texnologiyalarni joriy qilish, reproduktiv, kreativ, reaksiya asosida ishyuritishni bilishi lozim. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyat yuritishi hozirgi davr talabi bo‘lib, bu faoliyat uning bilishga 
intilishi, jamoada o‘z mavqeyini ko‘rsatishi, o‘z- o‘zini tarbiyalashi, mustaqil ta’lim olishi va o‘z-
o‘zini rivojlantirishi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, bugungi kun o‘qituvchisi innovatsion 
faoliyat yuritish orqali ta’lim sifatini oshirishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘qituvchilarda 
esa, yangilikka intiluvchanlik orqali yangiliklarni izlab toppish uchun ko‘nikma va malakasi 
shakllanadi. O‘qituvchilar uzluksiz o‘z mahoratlari ustida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling