Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
- interfaol (elektron pochta);
- izlanish (kataloglar, izlash tizimlari).
AKT turli ta’lim vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bir necha jihatlarini ko‘rsatish 
mumkin:
1. Motivatsion jihati. AKTni qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga va ijobiy 
motivatsiyasini shakllantirishga yordam beradi, chunki o‘quvchilarning individual ta’lim 
imkoniyatlarini va ehtiyojlarini maksimal hisobga olish, o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni, shakllarini 
tanlash keng imkoniyatlari, o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini ochib berish, o‘quvchilarning 
zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
2. Mazmunli jihati. AKT imkoniyatlaridan interfaol jadvallarni, plakatlar va o‘quv fani alohida 
mavzulari va bo‘limlari bo‘yicha boshqa raqamli o‘quv resurslarini, individual testlar mini-
darslarini yaratishda foydalanilishi mumkin.
Foydalanilgan Adabiyotlar :
1. Boshlang‘ich sinflarda AkTning samarasi.Toshkent TDPU 2008
2. AKT fan sifatida Toshkent TATU 2021 Isoqov I
3. Boshlang‘ich sinf metodikasi 2011 yil


19
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH MADANIYATINI 
SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Hamroyeva Nilufar G‘ayratovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 
31-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Annotatsiya: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantirishda 
hamkorlikdagi faoliyat orqali, sinfdan tashqari ishlardan foydalanish yo‘llari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kitob, o‘qish madaniyati, kutubxona, sinfdan tashqari ishlar, hamkorlik, 
munozara, qiziqish, ehtiyoj, davra suhbati, suhbat.
Kitob - insonni e’zgulikka chorlovchi xilqat. Yashash tarzi, kasb-kori, millatidan qat’iy 
nazar, haqiqiy inson bo‘laman degan, komillik, dunyoni anglash ilinjida bo‘lgan inson borki 
kitob o‘qiydi, mutolaa orqali bilim doirasini kengaytiradi, o‘zini tarbiyalaydi. Bugungi kunda 
yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash mamlakatimizda ustuvor soha 
hisoblanadi. Darhaqiqat, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi asrlar davomida xalq donoligi bilan rivojlanib, 
sayqallanib kelmoqda. Bobolar o‘giti, otalar jasorati, onalar allasi bilan tarbiyalanayotgan sog‘lom 
bolalargina davlatimizning buguni, ertasi va kelajagidir. Yurtboshimiz SH. Mirziyoyev nazarda 
tutganlaridek, “Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. 
Bu o‘rinda,eng avvalo, yoshlar va axoli o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror 
madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib kilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini 
yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormokda”Sog‘lomlik nafaqat 
jismoniy, balki, ma’naviy, ruhiy yetuklikda ham namoyon bo‘ladi: “Ma’naviyat insonga havodek, 
suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Huddi shuningdek inson 
ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-
ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga 
hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlikma’naviyatning ma’nosi ana shunday...” Birinchi 
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat insonga suv va havodek zarur, inson 
ma’naviyatsiz insoniyligini yo‘qotadi. Ma’naviyat esa inson qalbiga kitob mutoala qilish roqali 
singadi va rivojlanib boradi. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan o‘quvchilarda kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirish muammosi ham bir qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Jumladan, 
o‘quvchilarning o‘qish texnikasini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish muammosi R.Safarova, 
T. G‘afforova, Q.Abdullayeva, Sh.Nurullayeva, A.Umarov kabi olimlar izlanishlarida namoyon 
bo‘ladi. O‘zbek kutubxonashunos-olimlaridan E.Yo‘ldoshevning bolalar kitobxonligi va maktab 
kutubxonalari hamkorligi muammosiga bevosita aloqador ilmiy izlanishlari alohida e’tiborga 
molikdir.
Maktab kutubxonasining o‘qituvchilarga kutubxona xizmati ko‘rsatishdagi faoliyati 
masalalari M.Mahmudov, D.A.G‘aniyevaning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Yuqoridagi ilmiy 
izlanishlarni hisobga olgan holda biz ko‘proq sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirishda oila va maktab hamkorligini tashkil 
etishni tavsiya etmoqchimiz. Chunki, jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari 
vaqtlarda olib boriladigan xilmaxil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. 
Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy 
foydali, badan tarbiyasog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil shaklda: 
ommaviy, to‘garak va individual shakllarda tashkil qilinadi.
Ommaviy shakllar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar 
va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf yoki maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari va 
hokazolar. To‘garaklar ma’lum bir fan yuzasidan tashkil etiladi va shu fan doirasida kitobxonlik 
o‘quvchilarning qiziqqan fanlari yuzasidan tashkil etish mumkin. Sinfdan tashqari individual 
ish: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan 
tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish 
dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini 
o‘qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi 
eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok 
etishni rivojlantirishdan iborat.
O‘quvchilarni kitobga muhabbatini shakllantrishda 


20

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling