Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AKTDAN FOYDALANISHNING SAMARASI 
Zayniddinova Sabohat
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 
31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining AKT dan foydalanish madaniyatini 
shakllantirishda hamkorlikdagi faoliyat orqali, sinfdan tashqari ishlardan foydalanish yo‘llari 
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kitob, o‘qish madaniyati, kutubxona, sinfdan tashqari ishlar, hamkorlik
munozara, qiziqish, ehtiyoj, davra suhbati, suhbat.
Aytish joizki boshlang‘ich ta’limda kichik yoshdagi o‘quvchilarning diqqatlari mustahkam 
emas, ular ko‘pincha diqqatlarini bir faoliyat turidan ikkinchisiga qaratishni bilmaydilar. Biroq 
o‘quvchining o‘ziga doskada har qanday obyektni, geometrik shakllar, yozuvlarni bajarish, rangi, 
kattaligi, shaklini o‘zgartirish imkoniyati berilganda diqqati kuchayadi. Masalan, matematika 
darsida kompyuter vositalari, interfaol doskadan foydalanilishi bilan bolalarning qiziqishlari 
ortishi kuzatiladi va shu bilan birga, darsning jadalligi oshadi. Barcha o‘quvchilar dars jarayoniga 
jalb qilinadilar. Material hajmining ko‘rligi bolalarni qiynamaydi, balki faoliyat o‘yin shakli 
metodikasi bo‘yicha faol o‘qishga imkon beradi. Bu juda muhim omil, chunki olti-to‘qqiz yoshli 
bolaning faol faoliyat turi o‘yin hisoblanadi.
Interfaol doska - matematika faniga o‘qitish jarayonini ko‘rgazmali, yorqin, chaqqon qiluvchi 
juda qulay uskunadir. Ta’lim jarayonini jadallashtirish boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun 
muhim hisoblanadi. Uskunalar bilan jihozlangan kabinetda o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun ham 
ishlash qiziqarli. Hozirgi zamonaviy jamiyatda sodir bo‘layotgan axborotlashtirish jarayonlari 
ta’lim tizimini jadal takomillashtirishni, davlat, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar hamda manfaatlarini 
hisobga oluvchi ta’lim maqsadlarini aniqlashni talab qilmoqda. Shu sababli yangi ta’lim 
standartlarining rivojlantiruvchi imkoniyatlarini ta’minlash ustivor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. 
Yangi ijtimoiy talablar o‘quvchilarni umummadaniy, shaxsiy va idroklari rivojlanishi kabi ta’lim 
maqsadlarini belgilab bermoqda.
O‘quvchilarning faqatgina fanlar aniq bilim va malakalarini o‘zlashtiribgina qolmay, balki 
“o‘qishga o‘rgatish” malakasini ta’minlovchi “universal o‘quv harakatlari” to‘plamini shakllantirish 
zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi.Àxborot-kommunikatsiya texnologiyalar 
(AKT) - foydalanuvchi manfaatlari yo‘lida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, tarqatish 
va foydalanish maqsadlarida birlashtirilgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlari va dasturiy-
texnik vositalar to‘plamidan iboratdir.
Bir qator olimlarning ta’kidlashicha ta’lim sohasida qo‘llaniladigan AKT vositalaridan 
foydalanish quyidagi masalalarni amalga oshirishni o‘z maqsadi qilib qo‘yishi kerak:
1. O‘quvchilarning fikrlashlari tizimliligini ta’minlash va rivojlantirish;
2. Bilim olish, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda mustahkamlashda o‘quvchining 
idrok etish faoliyati barcha turlarini qo‘llab-quvvatlash;
3. Ta’lim jarayoni yaxlitligini saqlab qolgan holda o‘quv jarayonini individuallashtirish 
tamoyilini amalga oshirish.
AKT ta’lim vositalarini qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga ajratish mumkin:
1. Hal qilinadigan pedagogik masalalari bo‘yicha:
- tayanch tayyorgarlikni ta’minlovchi vositalar (elektron darsliklar, ta’lim tizimlari, bilimlarini 
nazorat qilish tizimlari);
- amaliy tayyorgarlik vositalari (masalalr to‘plamlari, praktikumlar, virtual konstruktorlar, 
imitatsion modellashtirish dasturlari, trenajyorlar);
- yordamchi vositalar (ensiklopediyalar, lug‘atlar, adabiyotlar, rivojlantiruvchi kompyuter 
o‘yinlari, multimediyali o‘quv mashg‘ulotlari);
- kompleks vositalar (masofali o‘quv kurslari).
2. Ta’lim jarayonini tashkil qilish funksiyalari bo‘yicha:
axborot-ta’lim (elektron kutubxonalar, elektron kitoblar, elektron davriy nashrlar, lug‘atlar, 
o‘quv kompyuter dasturlari, axborot tizimlari);


18

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling