Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент MILLIY BAYRAMLARIMIZNING NAZARIY ASOSLARI Xoʻjamova Yulduz Yusupovna
- “O‘zbek xalq bayramlari”
Foydanilgan adabiyotlar:
1. Bozorova M, Norpo‘latova X. “Ta’limni faollashtiruvchi mеtodlar”, Mеtodik qo‘llanma TеrmDU ilmiy kеngashida ko‘rib chiqilib nashrga tavsiya qilingan, 2010 yil 2. Ibragimov R. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish, faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Diss. T., 2001-yil 43 Март 2021 10-қисм Тошкент MILLIY BAYRAMLARIMIZNING NAZARIY ASOSLARI Xoʻjamova Yulduz Yusupovna Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 22-sonli MTT mudirasi yuxujamova@gmail.com Annotatsiya: Maqolada o‘zbek xalq milliy bayramlarining xususiyatlari hamda navro‘z bayramining urf-odatlarining ahamiyati xususida fikrlar berilgan. Kalit so‘zlari: bayramlar, milliy bayramlar, Navro‘z, sumalak, urf-odatlar. Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hosisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Insoniyat yaratilibdiki, uning turmush tarzida bayramlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Insoniyat hayotini bayramsiz, an’ana, marosim, urfodatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bayramlar jamiyatning ma’naviy go‘zalligini, xalqning yashahs tarzi, turmush sharoitini dunyoga ko‘z-ko‘z qiluvchi asosiy vositadir. Bayram hayotning eng nafis va nafosatli xislatlarini namoyish etuvchi ko‘zgudir. Filologiya fanlari doktori, professor U.Qoraboyev “O‘zbek xalq bayramlari” kitobida o‘zbek bayramlarining xususiyatlari haqida to‘laqonli fikr bildirib, “O‘zbek bayramlari mohiyatan boshqa xalqlar bayramlaridan farq qilmaydi, ular ham orzu, mehnat, kurash ifodasi, an’analar, go‘zallik ko‘zgusi, tinchlik hamjihatlik, tenglik, hayotning davomi, muhim qismidir” – deb ta’kidlaydi. Odatda, bayram deganda biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. Shu boisdan Beruniy bayramlarni hayotdagi “eng muhim kunlar” desa, Mahmud Qoshg‘ariy “shodlik va xursandchilik kuni” deb ta’riflaydi. Bayram insoniyatning bosib o‘tgan yo‘llarini chuqur anglashga, g‘alabalardan fahrlanishga, ertangi kun uchun rejalar tuzishga, kelajakka umid bog‘ilashga yordam beradi. Shu boisdan ham, bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashadi, yaxshi istaklar bildirishadi. Bayramlar istalgan paytda yoki o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Bayram ommada unga nisbatan extiyoj tug‘ilganida, muayyan bir asos, sabab paydo bo‘lganida, u maxsus uyushtirilganidagina ta’sirchan tadbirga aylanadi. Milliy bayramlarimiz ichida Navro‘z nayrami alohida ahamiyatga ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda muayyan taqiqlarga duch kelsa-da, u xalq istagi bilan qayta tiklandi va 1990-yildan boshlab, mamlakatimizning rasmiy bayramiga aylantirildi. Yurtimizga mavsumlar kelinchagi bahor fasli tashrif buyurdi. Zamin uyg‘ondi, barchamiz intiqib kutgan Navro‘z ayyomi – yashnash va yasharish pallasi kirib keldi. Ota-bobolarimiz Navro‘z kunlari mohiyatida bag‘rikenglik, olam va odamlarga mehr-muhabbat mujassamlashgan rang-barang udum-marosimlar o‘tkazishgan. Navro‘z taomlari ayniqsa, o‘ziga xos quvvatbaxsh bo‘lgan. Sumalak tayyorlash esa odat tusiga kirgan. Sumalak xalqimizning ardoqli shodiyonasi-Navro‘zning ko‘rkidir. Sumalak Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir. Mir Alisher Navoiy hazratlari ham: Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling