Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент INTERFAOL TA’LIM METODLARI ASOSIDA INFORMATIKA DARSLARINI LOYIHALASH VA REJALASHTIRISH AMALIYOTI
- Anotatsiya
Har tuning Qadr o‘lubon,
Kar kuning o‘lsun Navruz. Deb bu sanani inson hayotining eng chiroyli kunlariga nisbat berib, alohida yod etganlar. Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan keyin boshqa qadriyatlar qatori Navro‘z bayrami ham o‘zining asl maqomini tikladi; bayramlardan biri sifatida keng nishonlanmoqda. Bayram – har bir fuqaro va butun jamiyat hayotini aks ettiruvchi o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir. Bayram – bu voqelik bilan san’atni uyg‘unlashtiruvchi, u yoki bu real hayotiy voqeani badiiy bezab ko‘rsatuvchi o‘ziga xos antiqa hodisa hisoblanadi. Navro‘z bayramida tashqari “Qovun sayli”, “Gul sayli”, “Suv sayli” “Olma sayli” “Qum sayli” “Lola sayli” “Qushlar bayrami” bizning milliy bayramlarimiz hisoblanadi. Osmonimiz musaffo, tonglar faraxbaxsh, kundan-kunga harorati, nurlarini mo‘l sochayotgan quyoshga bag‘rini ochgan diyorimiz yaxshillikka, gullarga to‘lmoqda. Yurtimiz tinch, osoyishta, barcha sohada taraqqiyoti bardavom bo‘lsin. 44 Март 2021 10-қисм Тошкент INTERFAOL TA’LIM METODLARI ASOSIDA INFORMATIKA DARSLARINI LOYIHALASH VA REJALASHTIRISH AMALIYOTI Ismoilova Gulruh Rajab qizi Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Tel:+998936645658 Email:GuliruxIsmoil85@mail.com Anotatsiya : Informaika va axborot texnologiyalar darsida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish usullari haqida so‘z yuritilgan . Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish maqsadida bu sohada yangi, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga samarali joriy etishni ta’minlash dolzarb vazifalardandir. Barkamol insonni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi. Bunday natijaga erishish o‘quv jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashni taqozo etadi. Quyida informatika fanida foydalanishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar va grafik organayzerlardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz. Metodlar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida to‘xtalamiz. O‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, kelajakda raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradigan tavsiyalar beramiz. Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchi o‘qituvchilar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan metodlarni xuddi shu tartibda o‘tkazishlari shart emas. Har qaysi o‘qituvchi bu metodlar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o‘zlarining darslarini o‘qitish texnologiyalarini yaratishlari, berilgan metodlarni to‘liq yoki ularning ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling