Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Mehmonova Zarina Imomovna
- Annotatsiya
Foydalangan internet saytlar:
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish, referat va yozma ishlar qidirish tizimi 3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi 52 Март 2021 10-қисм Тошкент TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Mehmonova Zarina Imomovna Buxoro viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi Metodik xizmat bo‘limi, Tabiiy fanlar metodisti. Annotatsiya: ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: tabiiy fanlar, ishchi dastur, interfaol usullar, o‘qituvchi, o‘quvchi Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, dars jaray- onida interfaol usullar va videoroliklar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning fanga, mavzuga qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash hamda ularda bilim, ko‘nimalar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o‘quvchining o‘quv mazmunini o‘zlashti- rishga yo‘naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug‘ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog‘liq.Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko‘rsatish mumkin.O‘quvchi o‘qitilmaydi, uni mustaqil o‘qish, o‘rganish ishlashga o‘rgatiladi.Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o‘zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o‘rga- tiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlami darsliklardan, internet- dan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. O‘qu- vchini darsliklar bilan ishlash, o‘qish, o‘rganish, konspekt yozish, qo‘shimcha adabiyot, ma’lu- motnomalar va ensiklopediyalardan foydalanib mustaqil o‘zlashtirish ко’nikmalarini egallashga o‘rgatiladi. Guruhdagi barcha o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlari darajasida albatta o‘zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o‘quvchining o‘zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko‘nikma va malakalari bilan belgilanadi.Barcha o‘qituvchi-o‘quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o‘rganib, uni o‘z o‘quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o‘quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar. Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda: • O‘quvchining o‘zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. • O‘quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo‘Hanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi. • Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o‘zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. • O‘quvchi erkin fikr bildirish, o‘z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o‘quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o‘quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o‘quvchini o‘quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko‘taradi.O‘qituvchilarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil - darslarni tahlil qilish.“Bir soatlik yaxshi dars - buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O‘qituvchilarning darslarda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar.“Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullar, multimediya vositalariga asosan ochiq darslar namoyish etishadi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o‘rganish va tahlil qilish jarayoni shuni ko‘rsatdi-ki, o‘qituvchining shogirdlarini darsda faol qatnashishi, puxta bilishi, o‘quv- qobiliyat mahoratiga doimiy e’tibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o‘rinda alohida takidlash joizki, o‘qituvchi o‘quvchini o‘zining talab va shartlariga bo‘ysunuvchi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling