Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Matematika o‘qitish metodikasi TDPU Jumayev M 2008T
2. Matematik xossalar TDPU Jumayev M 2011 T


61
Март 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA KREATIVLIKNING AHAMIYATLI 
JIHATLARI 
Po‘latova E’tibor Obidovna 
Sam DU 1-kurs magistranti 
Telefon:+998973943606
Annotatsiya: Mazkur maqolada О‘zbekistonda ta’lim tizimining mazmun mohiyati, ta’lim 
jarayonida yoshlarni kreativ fikrlashga undaydigan omillar, kreativlik shaxsni shakllantirishdagi 
o‘rni to‘g‘risida bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: «XXI asr – intelluktual asr», Talant, Qobiliyat, Geniallik, Kreativlik, Inson 
taffakkurini, Axborotlashtirilgan asr, Shaxs, Ta’lim tizimi.
Hozirgi davrda О‘zbekistonning ta’lim tizimi dunyo ta’lim tizimi makoniga kirib bormoqda. 
Bu esa о‘z navbatida juda muhim va mas’uliyatli vazifani yuqori malakali, raqobatbardosh
yuksak ma’naviyatga ega kadrlarni yetishtirishda davlat va jamiyat bir tan, bir jon bо‘lib amalga 
oshirishni talab etadi, shundagina kо‘zlangan ulug‘ maqsadga erishish mumkin bо‘ladi.Ta’limning 
davlat nazoratida bо‘lishi tabiiy xoldir. О‘zbekiston Konstitutsiyasida har bir fuqaro ta’lim olish 
xuquqiga ega deb belgilangan. Qabul qilingan davlat qonunlari oldingilaridan farqli ravishda xalq 
ta’limining Yangi qoidalari, tamoyillari, ular asosida ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakl va usullari 
bu sohada erishilgan ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqildi, davlat ta’lim standartlari yaratildi va 
ular asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilmoqda.
Hozirgi globallashuv va tezkor axborot tizimi davrida о‘quvchi yoshlarni, kreativlik fazilatlarini 
shakllantirish, ularni yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqishi hamda tevarak-atrofda bо‘ladigan 
voqea-hodisalarga befarq bо‘lmasligi, ularga nisbatan odilona munosabatda bо‘lib, tо‘g‘ri xulosa 
chiqarishi orqali mustaqil fikrga ega bо‘lishga tayyorlash bugungi kunning muammosi bо‘lib 
kelmoqda. «XXI asr – intelluktual asr» ya’ni «Aql-zakovat asri» ning yuzaga kelishlarining 
barchasi, kishilik jamiyat taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg‘or kreativ insonlar, ya’ni kreativ 
shaxs faoliyati natijasida yuzaga kelishining guvohi bо‘lamiz.
Inson о‘zini qobiliyatlari orqali namoyon qiladi. Bu qobiliyatlar uning shaxsiy xususiyatlari 
bо‘lib, unga muayyan turdagi faoliyat bilan samarali shug‘ullanishga imkon beradi. Qobiliyatlar 
muayyan tabiiy iste’dodlar negizida vujudga keladi. Iste’dod – bu asab tizimining tug‘ma, 
anatomik-fiziologik xususiyatlari bо‘lib, qobiliyatlar rivojlanishining individual-tabiiy asosini 
tashkil etadi.
Odatda qobiliyatning quyidagi turlari farqlanadi: intellektual (aqliy, fikrlashga oid), badiiy, 
tashkilotchilik, kommunikativ (muloqotga oid) va hokazo. Yuqori darajada rivojlangan turli 
qobiliyatlarning yig‘indisi iste’dodlilik deyiladi. Qobiliyat rivojlanishining muayyan darajalari 
bо‘lgan talant va geniallik haqida ham fikr yuritish mumkin. Talant – yetuk qobiliyatlar bо‘lib, 
bunda inson faoliyati mukammalligi, originalligi bilan ajralib turadi. Geniallik – qobiliyat va talant 
rivojining oliy darajasidir. Geniallik sifat jihatidan yangi, takrorlanmas ijod namunalarini yaratish, 
ijodning avval ma’lum bо‘lmagan yо‘llarini topish bilan bog‘liqdir
1
.Bugungi kunda ijodkorlik, 
yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat kreativ faoliyat deb tushuniladi.
Kreativlik sо‘zi (inglizcha “create” – yaratuvchanlik, ijodkorlik) sо‘zidan olingan bо‘lib, inson 
shaxsining ijodkorlikka bо‘lgan qobiliyati, ijodkorlik iste’dod darajasi, individning an’anaviylik 
yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bо‘lgan, prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga 
tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni о‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning 
mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlaridir
2
. Amerikalik olim D. Veksler 
“Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir 
nechta yechimlar paydo bо‘lishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa 
va hodisalar mohiyatidagi о‘ziga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi” 
3
- deb ta’rif 
beradi.
1
Nishonova S. Sharq Uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi. Ped. fan. dokt. diss.- 
T.: 1998.-B. 42.
2
Usmonboyeva M., Tо‘rayev A. Kreativ pedagogika. – Toshkent: TDPU, 2016. – B. 6.
3
Drapeau P. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – 
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – pp 16.


62

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling