Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Март 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH Uljayeva Guldiyora Tolibovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tel:+998933165631 Email:GuldiyorTolibova@gmail.com Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiyalashdagi muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuriltilgan Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar Boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo‘lib, bu o‘qituvchi vao‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o‘zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo‘lib, uning negizini ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida, yangiliklardan boxabar bo‘lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko‘nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga: - darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; - bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish; - nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga: - fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; - ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish; - mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash; - zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an’anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: - fan bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirish; - o‘zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta’minlash; - o‘z - o‘zini nazorat ko‘nikmasini shakllantirish; - bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish; - o‘quvchilarni o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o‘quv – metodik yordam ko‘rsatish. Boshlang‘ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o‘qitish kata samara beradi. Buning uchun esa mashg‘ulotlarning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling