Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Kalit so‘zlar: Enurez, psixika, bola, tarbiya, kasallik, konfliktlar, ota-ona.
Yurtimizda qilinayotgan o‘zgarishlar, islohatlarning bari kelajagimiz egalari bo‘lmish 
bolalarning erkin rivojlanishi, taraqqiy etishi, bilim olishda muvaffaqiyatlarga erishishi eng 
asosiysi ruhiy sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalanishiga qaratildan. 
Albatta ta’lim va tarbiya borasida bolalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda eng 
avvalo oila ildamchi qadam hisoblanadi. Oilada bolaning kamoloti, ruhiy salomatligi, jismoniy 
rivojlanishi ota-onaning o‘zaro munosabatlari bilan ham belgilanadi. Ba’zi paytlarda ota-
onalar tomonidan bolalarida “Enurez” kasalligidan shikoyat qilib qolishadi. “Enurez” kasalligi 
bu - uyqu vaqtida ixtiyorsiz peshob ajratish kasalligi hisoblanadi. Ota –onalar tomonidan 
bolalarida bu kasallik uchrab qolganida shifokor oldiga borib maslahatlashib, bolani diagnostik 
tekshiruvlardan o‘tkazganlarida ko‘p hollarda bolalarda bu kasallik bilan kasallanish belgilari 
manfiy chiqishini guvohi bo‘lib qolishadi. O‘shanda ota –onalarda unda nima uchun bunday 
deb o‘zlarida savol paydo bo‘ladi. Ko‘pgina tadqiqotchilar enurez xususan nemis olimi A. M. 
Veynning ta’kidlashicha, enurez paydo bo‘lishida bolalarning ruhiy kayfiyati, bolalarda asabiylik 
holatlari, bolalar ehtiyojining qondirilish darajasi ham muhum ekanligini ta’kidlaydi. Odatda ota-
onalar bu kasallik belgilari bolalarida namoyon bo‘lganda faqat bolalarining fiziologik sabablarini 
inobatga olib psixologik tomonlarini e’tiborga olmay qo‘yishadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki 
Ruhiy omillar, oiladagi ziddiyatlar, maktabda vazifalarning og‘irlik qilishi, turar-joy o‘zgarishi 
kabi sabablar bolalarda bu kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. Oilada asabi 
buzilib turganda alamini bolasidan oladigan, tergayveradigan ota – onalarning farzandlarida 
bunday kasalliklar uchrashi tabiiy. Psixologlarning fikriga ko‘ra 5 yoshgacha bo‘lgan bolani 
qattiq nazorat ostiga olish, tergash mumkin emas. Chunki ularda hali fikrlash qobiliyati to‘liq 
rivojlanmagan bo‘ladi. Oilada ota-onalar bolani muntazam tergayverishi natijasida, kunduzi 
shunday ruhiy taranglik ta’sirida asabi buzilib yuradi. 
Natijada kechasi bolada qattiq ruhiy zo‘riqish natijasida enurez holati kuzatilishi mumkin. 
Oilada er-xotin yoki qaynona-kelin o‘rtasidagi janjallar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar 
«bola o‘ynab yuribdi, e’tibor bermaydi» deb o‘ylashadi. Aslida esa har bir gapimiz, o‘zaro 
munosabatlarimiz ham bolaga ta’sir qilishini hisobga olishimiz kerak. Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, enurezdan aziyat chekuvchilarning 40 foizida ruhiy buzilishlar 
kuzatiladi. Bola enurezdan aziyat cheksa, asabiy, do‘stlariga qo‘shilolmaydigan bo‘lib qolishi, 
fanlardan o‘zlashtirishi susayishi mumkin. Chunki u doim shuni o‘ylab siqilib yuradi. Agar 
davolanmasa, ulg‘aygan sari bolada bu kasallik qolmasa, u ko‘pchilikka qo‘shilolmaydi, 
mehmonga borishdan bosh tortadi, chunki qo‘rqadi. O‘g‘il bolalar, hatto harbiy xizmatga 
olinmaydi. Bu bola uchun juda katta ruhiy jarohat. Enurez asab tizimini shunday holatga olib 
keladiki, ayrimlar hatto uylanmaslikka qaror qilishi mumkin. Qizlarda esa turmushga chiqqach, 
oilasi buzilishi hollari kuzatiladi. Qiz bolada hayz davri boshlansa, kasallik o‘tib ketadi» deb 
hisoblaydiganlar ham bor. Aslida esa hammada ham bunday bo‘lavermasligini inobatga olish 
kerak. Ruhiy jihatdan paydo bo‘lgan enurezda yani bolaning muntazam asab buzilishlari natijasida 
yuzaga kelgan belgilarni ota –onalar farzandlarini suv sportiga bergan holda ruhiy o‘zgartirishlar 
kiritishi mumkin. Suzish bola asabini tinchlantiradi, butun organizmini chiniqtiradi. Bu sport turi 
bilan yilning issiq oylaridagina emas, balki yil davomida shug‘ullanish kerak. Shunda natijasi 
bilinadi. Bolada enurez holati kuzatilganda u o‘zida boshqacha nuqsonlar bor deb o‘zini noqulay 
his qiladi. Shunday holatlarda ota-onalar quyidagilarga diqqat qaratishi lozim.
1. Farzandingizni aybdorlik hissidan xalos eting! Farzandingizda bo‘ladigan holat uchun, 


67

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling