Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Март 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR Yusupova Sayyora Xorazm viloyati Urganch tumani 15 – maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qitishda interfaol metodlar va ularning qo‘llash texnologiyasi haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Aqliy hujum, Munozara, Debat, O‘z o‘rningni top, Kichik guruhlarda ishlash, Tanqidiy fikrlash. Bugungi zamon talabi o‘z fikrini ravon va lo‘nda, go‘zal va ifodali bayon qiluvchi nutqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan o‘quvchini shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishi berilayotgan ta’lim sifatining samaradorligining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi, binobarin, erkin fikrlash barkamol shaxs sifatining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bu borada o‘quvchilarning nutqi ravon hamda tiniq fikrga ega bo‘lishlarida ona tili fanining o‘rni beqiyos. Endilikda bu masalaning yechimi sifatida darslarda o‘quvchining passiv tinglovchi bo‘lib qolmay bevosita dars jarayonida faol ishtiroki ta’minlanishi, o‘qituvchi esa ma’ruzachi emas, dars jarayoni va o‘quvchilar faoliyatini boshqaruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar nutqining ravonligini ta’minlashda ona tili darslarida grammatika grammatika uchun emas, grammatika amaliyot uchun tamoyiliga asoslanyapti. Dars jarayonlarini olib borishda har bir pedagog o‘quvchilar faolligini ta’minlashda va ularning nutqini erkin bayon qila olishlari uchun turli grammatik o‘yinlar, muhokamali topshiriqlar, testlar, rasmli topshiriqlar, rebuslar va shu kabilardan samarali foydanmog‘i lozim. O‘quvchilarni yanada darsga qiziqishini oshirish, ularning nutq boyligini o‘stirishda imkon darajasida videodarslar, audiodars hamda kompyuter texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha o‘qituvchi ta’limni tashkil etadi, nazorat qiladi. Bu borada buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning quyidagi so‘zlari fikrimizning dalili bo‘la oladi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur”. Bizning ta’lim tizimimizda ham yetakchilik qilayotgan chet el didaktikasining interfaol metodlari - Aqliy hujum, Munozara, Debat, O‘z o‘rningni top, Kichik guruhlarda ishlash, Tanqidiy fikrlash kabilarda bilish bilan birgalikda mustaqil o‘z fikrini bayon qila olish ko‘nikmalariga ahamiyat beriladi. Maktab ona tili ta’limining bosh maqsadlaridan biri o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, ona tili ta’limi jarayonida og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish eng muhim omillardan. U izchillikni, tizimlilikni talab etadi. Ayni paytda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya unsurlari keng joriy etilib, o‘zining muayyan samarasini berayotgan ekan, nutq o‘stirishda va savodxonlikni tarkib toptirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik texnologiyalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. “Rasmlar so‘zlaganda” video lug‘at-diktanti. O‘qituvchi slaydga yozilishi va aytilishi qiyin bo‘lgan narsa-buyumlarning rasmlarini joylaydi va ijtimoiy tarmoq orqali o‘quvchilarning telegramdagi guruhiga jo‘natadi. O‘quvchilar ularning nomlarini to‘g‘ri yozishga harakat qiladilar. Rasmlarga qarab o‘quvchilar barcha so‘zlarni yozib bo‘lgach, o‘qituvchi so‘zlar yozilgan lug‘atni jo‘natadi va o‘quvchilar o‘zlari yozgan so‘zlarni tekshirib oladilar hamda zarur holda xatolarini tekshiradilar. Bu usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin. “So‘zsiz suratni izohlash” metodi. O‘quvchilarga faqatgina rasmlargina mavjud bo‘lgan izohlarsiz suratlar jo‘natiladi. Ular har bir rasmlarni kuzatib, gap tuzadilar va yozadilar. Tuzgan matnlarida xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va she’riy parchalardan foydanishlari mumkinligi ta’kidlanadi. Bu orqali ularning tasavvurlari kengayadi, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Ona tili va o‘qish fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling