Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Март 2021 10-қисм
Тошкент 1-4 SINF O‘QUVCHILARIGA KO‘P XONALI SONLARNI O‘TISH METODIKASI Axmedova Dilrabo Qudratilloyevna Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 18-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada matematika fanida ko‘p xonali sonlarni yangi metodlar asosida otish ochib berilgan. Kalit so‘zlar: nomerlash, natural sonlar, arifmetik amallar, yozma qo‘shish va ayirish, komponentlar. Ko‘p xonali sonlarni alohida qilib berilishiga sabab, 1000 dan katta sonlarni tushunchasiga emas, balki sinflar tushunchasiga ham tayanib hosil qilinadi, nomlanadi, yoziladi. Bu muhim tushunchani ochib berish kerak. Nomerlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor: ko‘p xonali sonlar faqat xona Masalalarni qarab chiqish tartibi quyidagicha: nomerlash, yozma qo‘shish va ayirish, yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Ishning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ko‘rsatilgan barcha masalalarni o‘rganishda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘qitishning bundan ilgarigi bosqichlarida hisoblash sistemalari, natural sonlar qatori, arifmetik amallar, ularning xossalari, amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, komponentlar o‘zgarganda natijalarning o‘zgarishiga nisbatan to‘plagan kuzatishlari va ayrim xulosalarini umumlashtirishga erishadi. Bu bilimlar ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish, og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarish uquv va malakalarini hisoblash uchun asos bo‘ladi. Bu mavzuda o‘qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat. a) predmetlarni bittalab, o‘ntalab, yuztalab, guruhlarga birlashtirib sanash;. b) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish; v) sonlarni yuzlik, o‘nlik va birliklardan hosil qilish. g) o‘ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘rinda turishini bilish; d) sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yoza olish va xona birliklarini bilish. 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak. 1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni, sonning hosil bo‘lishini, o‘zidan oldingi va keying sonlar bilan aloqadorligini bilish. 2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o‘rnini bilish. 3. Sonlarning o‘rni qiymatlarini bilgan holda o‘qish va yoza olish. 4. Taqqoslash. 5. Sonni xona yig‘inidisi ko‘rinishida yoza olish. 6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo‘shish va ayirishni bajarish. 7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish. Ko‘p xonali sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 1. Millionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o‘zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo‘lishini tushunishlari, ularning o‘nli tarkiblarini bilib olishlari kerak. 2. Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak. 3.Millionlar sinfi ichida har qanday sonni o‘qiy olishlari va yoza olishlari kerak. 4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak. 5.Har qanday sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlay olishlari (berilgan sondagi birliklarning, o‘nliklarning va h.k.); 6.Umumiy sonni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha, yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira olish. 7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oldigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo‘lishlari kerak. 1000 dan katta sonlarni nomerlashni o‘rganish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bundan oldingi barcha sonlarni o‘rganishda o‘rinli bo‘lgan predmetlarni bevosita sanashga asoslangan holda ko‘p xonali sonlarni hosil qilish, ularni og‘zaki nomerlash mumkin emas. Predmet ko‘rgazmalilikni shartli ko‘rgazmalilikka almashtirishga to‘g‘ri keladi: son cho‘tga solinadi yoki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling