Март 2021 10-қисм
Тошкент
Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik
belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi.
Hozirgi kunda bolalar serebral falaji davosi topilmagan kasalliklar qatoriga kiradi. Ammo, oʻz
vaqtida boshlangan davo muolajalari taʼsirida bolalar ruhiy jihatdan ham jismoniy jihatdan oʻz
tengdoshlariga yetib olishga erishish mumkin. Barcha muolajalar bola 8 yoshga kirguniga qadar
olib borilgani maqsadga muvofiqdir. Serebral falajli bolalar bilan olib boriladigan logopedik
ishlar artikulatsion koʻnikmalarni, fonematik idrok va analizni rivojlantirishga qaratilgan boʻlishi
kerak. Logoped bolaning onasini bola bilan birgalikda boʻladigan oʻyinlarga jalb qilishi lozim.
Bu jarayonda esa uning nutqi birmuncha rivojlanib boradi.
Bolalar Serebral falajida harakat doirasida kamchiliklar kuzatilsa ham bolalar ijtimoiy hayotga
moslashib ketishlarining imkoni bor. Bunda ularning ota-onasi va yaqinlarining roli katta. Bolalarda
ijtimoiy adaptatsiyani shakllantirishda reabilitolog, defektolog, logoped, psixolog va pedagoglar
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kasallikdan aziyat chekadigan bolalar maxsus bogʻchalar,
maktablarda hayotga boʻlgan moslashuvchanliklarini oshirib boradilar
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kasallikni vaqtida aniqlab, diagnostika qilish va
davolashni iloji boricha ertaroq boshlash muhimdir. Erta davolash bolalar serebral falajini
muvaffaqiyatli davolash garovidir. Bolalar serebral falajining davolash quyidagi shartlarga
asoslanishi lozim: erta boshlash, bosqichlilik, izchillilik va kompleks davolash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Poʻlatxoʻjayeva M R. Defektologiyaning klinik asoslari. – T.: 2013
2. Sodiqova Q., Aripova S., Shaxmurova G. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. – T.: 2009
3. Бернштейн Н.А. Физиология движений и активность. – М.: 1990
50
Do'stlaringiz bilan baham: |