Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. M. E. Jumayev. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. “Fan va texnologiya”. 
Toshkent. 2004-y.
2. B. Toshmurodov. Boshlang‘ich sinflarda matematika oqitishni takomillashtirish. “O‘qituvchi” 
2000-yil. 


48
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOLALAR SEREBRAL FALAJLIKDA LOGOPEDIK MASHGʻULOTLARINING 
AHAMIYATI
Karimova Barno Abdusalamovna
Toshkent shahar Olmazor tumani
MTB tasarrufidagi 522-KTIDMTT logoped-oʻqituvchisi
Annotatsiya: maqolada bolalarda uchraydigan markaziy nerv sistemasi kasalligi ya’ni bolalar 
serebral falaji hamda uning klinik belgilari, davolash usullariga oid fikrlar berilgan. 
Kalit soʻzlari: bolalar serebral falaji, nerv sistemasi, logoped, nutq nuqsoni. 
Bolalar Serebral falaji — bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni 
yoʻnaltiruvchi yoʻllarni zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Bolalar 
Serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kuzatiladi.
Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala 
tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan 
bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan.
Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. 
Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan 
bolalarning yashab qolishi kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi.
Bolalar serebral falajligining klinik koʻrinishida harakat buzilishlari yetakchi hisoblansa, ular 
koordinatsiya buzilishlari bilan giperkinezlar, ayrim guruh mushaklarining markaziy falajligi 
bilan harakterlanadi. Harakat buzilishlari koʻpincha nutq va psixik buzilishlari, epileptikform 
tutqanoqlar bilan uygʻunlashib ketadi. Bolalar Serebral falajida harakatni buzilishi asosiy nuqson 
hisoblanib, u oʻziga xos motor anamaliyani rivojlanishini koʻrsatadi, bu esa oʻz navbatida bola 
asab-psixik funksiyasini rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Bolalar Serebral falaji klinikasida nutq buzilishi asosiy oʻrinni egallaydi. Bolalar serebral falajida 
nutq buzilishi chastotasi 80%ni tashkil etadi. Nutq buzilishlarining oʻziga xos tomonlari miyani 
qay darajada zararlanishiga qarab belgilanadi. Serebral falajga ega bolalarda ba’zi miya sohasidagi 
zararlanish bilan birga bosh miya poʻstloq qismining buzilishlarini ikkilamchi rivojlanmaganligi 
yoki kech shakllanganligi ham namoyon boʻladi. Bu miyaning ontagenetik tomondan yosh 
boʻlgan boʻlimlari boʻlib, u insondagi psixik va nutq faoliyatini shakllanishida muhim ahamiyatga 
ega. Bolalar serebral falajida nutqni kech rivojlanishiga sabab, miyaning poʻstloq boʻlimlarini 
sekin shakllanishigagina emas, balki ularda amaliy faoliyatni yetarli emasligi, atrof-muhit haqida 
bilim va tasavvurlarni yetishmasligidir. Tarbiyaning notoʻgʻri kechishi nutq rivojlanishini orqada 
qolishini murakkablashtiradi. Bu bolalar hayotining birinchi yillarida turli davolash muassasalarida 
boʻladilar, agarda u yerda pedagogik ishga yaxshi ahamiyat berilmasa bolaning nutqiy rivojlanishi 
kechikishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarning onasidan uzoqda boʻlishi salbiy emotsional holat, 
yangi muhitga oʻrgata olmaslik nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Uy sharoitida kattalar 
bolani juda avaylab hamma majburiyatni oʻz zimmalariga oladilar. Bu bolalarda faoliyat va nutqiy 
muloqotga boʻlgan talabni shakllantirmay qoʻyadi. Bolalar Serebral falajida nutq buzilishlari 
patogenezida harakat patologiyasi muhim oʻrin tutadi. Bu bolalar bilan logopedik ishni tashkil 
qilishda nutq va harakat buzilishlarini klinik va patogenetik umumiyligini tushunish ahamiyatli 
hisoblanadi. 
Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq 
giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon 
boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. Bolalar serebral 
falaji turli xil koʻrinishda va turlicha ogʻirlik darajasida kechadi. Kasallikning klinik belgilari bosh 
miya strukturasining zararlangan sohasi va chuqurlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Baʼzida bolalar 
serebral falaji belgilari bola dunyoga kelishi bilan yuzaga chiqadi. Koʻpincha kasallik bir necha oy 
oʻtgach pediatr koʻrigida bolaning jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi bilan aniqlanadi.
DSPning asosiy klinik belgisi bolalarning harakat doirasidagi yangi harakatlarni bajara olmasligi 
va yangi qobiliyatlarni oʻzlashtira olmasligidir. Serebral falaji kuzatiladigan bola boshini uzoq 
muddat tutib tura olmaydi, oʻyinchoqlar uni qiziqtirmaydi, boshini bura olmaydi, qoʻl va oyoqlarini 
erkin harakatlantira olmaydi, oʻyinchoqlarni ushlay olmaydi. Bolani qoʻlga olib oyoqlarini yerga 
tirasa oyoq kafti bilan toʻliq turmaydi, oyoqlarining uchigina yerga tegib turadi.


49

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling