Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
MAKTABLARDA PEDAGOGIKA FANLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI. 
Almardanova Sanobar Xolmamatovna
Bandixon tumani 6 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
matematika fani o‘qituvchisi.
Телефон:+9983-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Ochildiyeva Maxbuba Ergashevna
Bandixon tumani 6 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
Телефон:+9983-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Mengniyazova Nigora Kadirovna 
Bandixon tumani 6 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
rus - tili fani o‘qituvchisi
Телефон:+9983-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada. Pedagogik texnologiya asosida o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati qaratilgan. 
Kalit so‘zlar: pedagogik, texnologiya, ilmiy, ta’lim, o‘qitish texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik vosi-
talar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi tomonidan 
yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va 
vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, 
o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan darslarni 
rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim ta’lim tizimida 80 ga yaqin innovatsion 
texnologiyalar va metodlardan foydalanilmoqda .
Masalan: “Bumerang“, “Loyihalash “ “Charxpalak “ texnalogiyasi, “Klaster“ metodi , “Xu-
losalash “texnalogiyalari, “Muommoli o‘qitish texnalogiyalari”, “Beer (Yelpig‘ich ) texnalogi-
yalari”, “Muammo”, “Mini test metodi“, Skarabey texnalogiyasi, “Aqliy hujum “ “Ikki qismli 
kundalik O‘qituvchi qaysi fandan dars o‘tmasin, har doim “Qanday o‘qitish kerak“ degan savol 
turadi. Bu masalani yechimi faqatgina shu pedagogning mahoratiga bog‘liq Maqsadimiz: O‘qu-
vchilarda “Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men 
buni bilishga ,uni hayotga qo‘llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otish 
zarur.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asos-
li bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning 
asosiy mohiyati o‘quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. 
Ta’limda berilayotgan bilimlarni o‘quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik 
texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya 
jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, 
tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. 
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, 
chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. 
Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va 
hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va 
axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini 
mujassamlashtirganidir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar 
bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga 
ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni 
talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya 


26

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling