Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK TOPISHMOQLARDAN
FOYDALANISHNING TA’LIMIY AHAMIYATI
Abdurazakova Nilufar Eshonkulovna
Sirdaryo viloyati Guliston shahar
16-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998994760552
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida matematik
topishmoqlar ulardan foydalanishlarda o‘quvchilarda ziyraklik va topqirlikni tarbiyalashda
topishmoqlarni tutgan o‘rniga to‘xtalib, matematik topishmoqlardan namunalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: matematik topishmoq, she’riy masala,
Matematik topishmoqlar ham tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mahsuli bo‘lib,
u narsa va hodisalar haqida malumotlar beradi. Matematik topishmoq sodda, aniq, darak gap
shaklida ifodalashning narsalarga xarakaterli belgilari vositasi bilan anglatib, javob talab qiluvchi
gapdan iborat bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, topishmoq «so‘z obrazining kalitidir».
Hozirgi paytda ham topishmoqlar o‘zining tarbiyaviy xususiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Matematik topishmoqlar esa yoshlarning fikrlash qobilyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Ularni
ziyraklikka, sinchkovlikka, kuzatuvchanlikka, malum bir poetik fikrni izlab topishga o‘rgatadi.
Matematik topishmoqlar oddiy topishmoqlar kabi topishmoqning javobini topish uchun
aytilgan matnni yaxshi o‘ylab, nimaga ishora qilayotganini anglab olish, topishmoqning asosiy
xususiyati va belgilari qaysi narsaga qaratilganligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Topishmoqning
javobi to‘g‘ri topilsa, o‘sha paytdayoq boshqa jumboq o‘rtaga tashlanadi. Mobodo, javobini
topishda qiynaladigan bo‘lsa, u holda aytuvchiga «jonlimi», «jonsiz »deb so‘raladi. Unda ham
javob topishga qiynalsa, «qayerda bo‘ladi», «qattiqmi», «yumshoq» deb so‘raydi. Shundan
ham topa olmasa u holda topuvchi «shahar berdi». Quyida matematik topishmoqlar namunalari
keltirilgan:
Oz qo‘ysang sol deb aytadi
Ko‘p bo‘lsa,ol deb aytadi. (tarozi).
Nozik tili dildirar
Vaqt o‘tganin bildirar (sekund mili).
Do'stlaringiz bilan baham: |